Arxiv

Toshkent hokimligida ko‘chalardan biriga Otaturk nomini berish masalasi yana muhokama qilinmoqda
6 fevral 2025, 15:51

Toshkent hokimligida ko‘chalardan biriga Otaturk nomini berish masalasi yana muhokama qilinmoqda

Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov va Turkiya elchisi Olgan Bekar poytaxt ko‘chalaridan biriga Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomini berish, turk maktabini kengaytirish va turk bog‘i barpo etish masalalarini muhokama qildi. Otaturk ko‘chasini qayta tiklash rejalari 2022-yilda boshlangandi.

Samarqandda yana haydovchi YPX xodimini mashinasida sudrab ketdi
6 fevral 2025, 15:38

Samarqandda yana haydovchi YPX xodimini mashinasida sudrab ketdi

Oqdaryo tumanida Cobalt haydovchisi YPX xodimini mashina eshigida sudrab ketdi. Haydovchi qo‘lga olindi va jinoiy ish ochildi. “YPX xodimidan qochib, oxiri qamoqqacha yetib keldim”, — dedi u.

“Bizda xohish bor, sizlarda — texnologiya”. Prezident Malayziya ishbilarmonlarini O‘zbekistonga sarmoya kiritishga taklif qildi
6 fevral 2025, 15:05

“Bizda xohish bor, sizlarda — texnologiya”. Prezident Malayziya ishbilarmonlarini O‘zbekistonga sarmoya kiritishga taklif qildi

Toshkent viloyatida malayziyalik tadbirkorlar uchun barcha imtiyozlarga ega maxsus iqtisodiy zona tashkil etildi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti. Ularni O‘zbekistonga sarmoya kiritishga taklif qilib, har bir loyiha bo‘yicha alohida hukumat qarori chiqarilishini ta’kidladi.

Bosh prokuratura 13 yoshli qizga jinsiy aloqa qilishni taklif qilgan erkakka chiqarilgan sud qaroriga protest kiritdi
6 fevral 2025, 14:50

Bosh prokuratura 13 yoshli qizga jinsiy aloqa qilishni taklif qilgan erkakka chiqarilgan sud qaroriga protest kiritdi

Bosh prokuratura Andijon viloyatidagi birinchi va apellyatsiya instansiyasi sudlarining erkakning 13 yoshli qo‘shnisi bilan jinsiy aloqa qilish niyatini ma’muriy huquqbuzarlik deb topgan qarorlariga protest kiritdi. Erkak sud qarori bilan 5 sutkaga qamalgandi.

Bu yilgi yanvar eng sovuq oy sifatidagi nomini oqlamadi — O‘zgidromet
6 fevral 2025, 14:28

Bu yilgi yanvar eng sovuq oy sifatidagi nomini oqlamadi — O‘zgidromet

2025-yilning yanvari qish mavsumining eng sovuq oyi sifatida o‘z nomini oqlay olmadi va nisbatan iliq keldi, deya ma’lum qildi O‘zgidromet. Eng sovuq kechalarda harorat -14 darajagacha pasaydi. Respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik, xususan, qor me’yordan kam bo‘ldi.

Malayziyaning Meraque kompaniyasi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi uchun dronlar ishlab chiqarishi mumkin
6 fevral 2025, 13:57

Malayziyaning Meraque kompaniyasi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi uchun dronlar ishlab chiqarishi mumkin

Malayziyaning Meraque kompaniyasi Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida dron va qishloq xo‘jaligining aqlli texnologiyalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Kompaniya loyihaga 4,5 mln dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston va Somali o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi
6 fevral 2025, 12:16

O‘zbekiston va Somali o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

Somali O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 157-davlatga aylandi. Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Somalining doimiy vakili Abukar Dahir Usmon imzoladi.

Qo‘qonda umumiy qiymati qariyb 1,9 mlrd so‘m bo‘lgan qalbaki dori vositalari aniqlandi
6 fevral 2025, 10:32

Qo‘qonda umumiy qiymati qariyb 1,9 mlrd so‘m bo‘lgan qalbaki dori vositalari aniqlandi

Qo‘qon shahrida yashirin sexda qalbaki dori vositalarini ishlab chiqargan shaxslar qo‘lga olindi. Ulardan umumiy qiymati qariyb 1,9 mlrd bo‘lgan dori va qadoqlar musodara qilindi. Gumonlanuvchilarga nisbatan jinoiy ish ochildi.

Qoraqalpog‘istondagi bog‘chada tarbiyachilar bolalarni kaltakladi
6 fevral 2025, 10:31

Qoraqalpog‘istondagi bog‘chada tarbiyachilar bolalarni kaltakladi

Nukus shahridagi xususiy bog‘chada tarbiyachi va uning yordamchisi bolalarni kaltakladi. Qoraqalpog‘iston prokuraturasiga ko‘ra, holat noyabrda bo‘lgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Turkiyada 50 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan zilzilaga 2 yil to‘ldi. Nimalar o‘zgardi?
6 fevral 2025, 09:57

Turkiyada 50 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan zilzilaga 2 yil to‘ldi. Nimalar o‘zgardi?

2023-yil 6-fevral: bu sanada Turkiya kuchli zilzilalardan larzaga keldi va ofat 53,5 ming kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Hodisa 14 millionga yaqin inson hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatdi. “Gazeta.uz” kun munosabati bilan fojiani yodga oladi, oradan ikki yil o‘tgach, nimalar o‘zgarganiga nazar soladi.

Isroil ham BMT Inson huquqlari kengashidan chiqadi
6 fevral 2025, 00:56

Isroil ham BMT Inson huquqlari kengashidan chiqadi

Isroil BMTning Inson huquqlari kengashidan chiqishini e’lon qildi. Mamlakat TIV rahbari tashkilot “Yaqin Sharqdagi yagona demokratiya — Isroilni qoralashini” ta’kidladi. Avvalroq Tramp AQShning kengash bilan aloqalari to‘xtatilganini ma’lum qilgandi.

5-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
5 fevral 2025, 21:52

5-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Quruvchilarni elektron platforma orqali tekshirish imkoniyati, faoliyati qonuniylashtirilgan 60 ming tadbirkor, Petronas vakillari bilan uchrashgan prezident, geografik ko‘rsatkichga aylangan Samarqand noni va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

2024-yilda aholining real daromadlari oshdi, biroq hududlararo farq ortdi
5 fevral 2025, 21:32

2024-yilda aholining real daromadlari oshdi, biroq hududlararo farq ortdi

2024-yilda aholining real daromadlari 8,1% o‘sdi, bu 2023-yildagi ko‘rsatkichdan sezilarli darajada yuqori. Shu bilan birga, eng boy uchta va eng kambag‘al uchta hudud o‘rtasidagi aholi jon boshiga daromadlar farqi 2,4 baravargacha oshdi. Uchta viloyatda real daromadlar sezilmas darajada o‘sdi.

Ulushdorlar quruvchini elektron platforma orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
5 fevral 2025, 20:50

Ulushdorlar quruvchini elektron platforma orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda 1-iyuldan uy-joy qurilishi bo‘yicha elektron platforma ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Unda quruvchilar loyihasi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilishi kerak. Xaridor platformada quruvchining reytingi, avvalgi ishlari, muddatlarga amal qilishi va boshqa ma’lumotlarni tekshirishi mumkin bo‘ladi.

SI, raqamlashtirish, “aqlli” shaharlar: O‘zbekiston va Malayziya hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
5 fevral 2025, 20:14

SI, raqamlashtirish, “aqlli” shaharlar: O‘zbekiston va Malayziya hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi

O‘zbekiston prezidentining Malayziyaga tashrifi chog‘ida ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat sohalarida hamkorlik bo‘yicha bitimlar imzolandi. Tashqi ishlar vazirining ta’kidlashicha, sun’iy intellekt, raqamlashtirish, “yashil” energetika, “aqlli” shaharlar iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘ladi.

O‘zbekistonda bir yilda 600 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilindi
5 fevral 2025, 19:47

O‘zbekistonda bir yilda 600 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilindi

Bosh prokuratura departamentining 2024-yildagi tadbirlarida elektr va gazdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 1200 dan ortiq holat aniqlandi. Ularda jami 600 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Shuningdek, tamaki aylanmasi 9 foizgacha qisqarishi natijasida aksiz solig‘i tushumi 31 foizga oshdi.

AQSh pochta xizmati 12 soatlik tanaffusdan so‘ng Xitoy va Gonkongdan pochta jo‘natmalarini qabul qilishni tikladi
5 fevral 2025, 19:38

AQSh pochta xizmati 12 soatlik tanaffusdan so‘ng Xitoy va Gonkongdan pochta jo‘natmalarini qabul qilishni tikladi

AQSh pochta xizmati (USPS) Xitoy va Gonkongdan pochta jo‘natmalarini qabul qilishni to‘satdan to‘xtatib qo‘ygach, 12 soatdan so‘ng qayta tikladi. Avvalroq Donald Tramp AQShga arzon narxdagi posilkalarni soliq to‘lamasdan jo‘natish qoidasini bekor qiluvchi farmonni imzolagandi.

45 ming qurbon va 390 ming yarador: Zelenskiy Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlarini baholadi
5 fevral 2025, 19:28

45 ming qurbon va 390 ming yarador: Zelenskiy Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlarini baholadi

2022-yil fevraldan buyon ukrainalik 45 100 nafar harbiy halok bo‘ldi, 390 ming nafari yaralandi, deb xabar berdi Zelenskiy. Prezident Rossiyaning yo‘qotishlariga ham to‘xtalib, taxminan 350 ming harbiy halok bo‘lganini aytdi.

Shavkat Mirziyoyev Malayziyada Petronas bosh qarorgohida bo‘ldi
5 fevral 2025, 19:02

Shavkat Mirziyoyev Malayziyada Petronas bosh qarorgohida bo‘ldi

O‘zbekiston prezidenti Malayziya bosh vaziri bilan birgalikda Petronas korporatsiyasining bosh qarorgohi Twin Towers binosiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari, xususan, geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini o‘zlashtirishni ustuvor vazifa sifatida qayd etdi.

2024-yilda 60 mingdan ortiq norasmiy tadbirkor qonuniylashtirildi
5 fevral 2025, 18:40

2024-yilda 60 mingdan ortiq norasmiy tadbirkor qonuniylashtirildi

O‘zbekistonda 2024-yilda ro‘yxatdan o‘tmay ishlayotgan 60 mingdan ortiq tadbirkor faoliyati qonuniylashtirildi. 12,2 ming tadbirkorga huquqiy yordam berildi, profilaktika sababli 15,3 mlrd so‘m soliq ixtiyoriy to‘landi. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash bo‘yicha 1625 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 800 mlrd so‘m undirildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting