Arxiv

O‘zbekistonda yashash joyi bo‘yicha doimiy ro‘yxatdan o‘tish soddalashtiriladi
25 yanvar 2025, 15:29

O‘zbekistonda yashash joyi bo‘yicha doimiy ro‘yxatdan o‘tish soddalashtiriladi

O‘zbekistonda doimiy ro‘yxatdan o‘tkazish soddalashtiriladi, ma’lum yoshdagilar uchun pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik bekor qilinadi, xorijlik va fuqaroligi yo‘q kishilarning ro‘yxatdan o‘tishi uchun Ye-xabar berish tizimi ishga tushiriladi. Senat shular ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.

Milliy gvardiyaga voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolati berilmoqda
25 yanvar 2025, 13:03

Milliy gvardiyaga voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolati berilmoqda

Milliy gvardiyaning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlari va katta inspektor-psixologlariga maktab o‘quvchilari bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolati berilmoqda. Tegishli qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Surxondaryo hokimi ayrim mansabdorlarni mukofotlash uchun 661 mln so‘m ajratdi. Keyinroq farmoyish bekor qilindi
25 yanvar 2025, 11:10 2

Surxondaryo hokimi ayrim mansabdorlarni mukofotlash uchun 661 mln so‘m ajratdi. Keyinroq farmoyish bekor qilindi

Surxondaryo viloyati hokimi o‘zining o‘rinbosarlari hamda shahar va tuman hokimlarini mukofotlash uchun 661 million so‘m ajratdi. Farmoyish jamoatchilik e’tirozlaridan so‘ng bekor qilindi. Mablag‘lar “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga yo‘naltirilishi aytildi.

O‘zbekistonda mikromoliya banklari tashkil qilinishi mumkin
25 yanvar 2025, 09:58

O‘zbekistonda mikromoliya banklari tashkil qilinishi mumkin

Senat O‘zbekistonda mikromoliya banki instituti joriy etish ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi. Qonun bilan mikromoliya tashkilotlarini mikromoliya banklariga, mikromoliya banklarini esa tijorat banklariga aylanishiga asos yaratilmoqda.

AQSh okrug sudyasi Trampning mamlakatda tug‘ilish orqali fuqarolik olishni taqiqlash farmonini to‘xtatib qo‘ydi
25 yanvar 2025, 02:18

AQSh okrug sudyasi Trampning mamlakatda tug‘ilish orqali fuqarolik olishni taqiqlash farmonini to‘xtatib qo‘ydi

Sietl sudyasi Donald Trampning mamlakatda tug‘ilish orqali AQSh fuqaroligini olish huquqini cheklash haqidagi farmonini to‘xtatib qo‘ydi. U farmonni “konstitutsiyaga yaqqol zid” deb atadi. Prezident qarorga qarshi chiqishini aytdi.

24-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
24 yanvar 2025, 23:44

24-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Senat ma’qullagan IIB xodimlari videosini tarqatishga doir qonun, avtomobilda drift qilganlik uchun javobgarlik, nemis standartlariga o‘tkaziladigan tibbiyot texnikumlari, xorijda ishlayotgan 1,3 mln o‘zbekistonlik va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Qoraqalpog‘istonda zapravka 2,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
24 yanvar 2025, 23:35

Qoraqalpog‘istonda zapravka 2,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumanidagi gaz to‘ldirish shohobchasi elektron hisoblagichga tashqi ta’sir o‘tkazib, 2,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekiston aholisi 37,5 milliondan oshdi
24 yanvar 2025, 23:26

O‘zbekiston aholisi 37,5 milliondan oshdi

O‘zbekiston aholisi bir yil davomida 2 foizga o‘sib, 37,5 million kishidan oshdi. O‘tgan yili tug‘ilish darajasi 2017-yildan beri birinchi marta — 3,7 foizga kamaydi. 2024-yilda oxirgi 10 yildagi eng kam nikoh holati ham qayd etildi.

Toshkent viloyatida eri tomonidan kaltaklangan ayol vafot etdi
24 yanvar 2025, 21:32 1

Toshkent viloyatida eri tomonidan kaltaklangan ayol vafot etdi

Oqqo‘rg‘on tumanida 23 yoshli ayol 37 yoshli turmush o‘rtog‘i tomonidan ayovsiz kaltaklanganidan so‘ng komaga tushib, vafot etdi. Ayrim xabarlarga ko‘ra, kaltaklashda erning onasi va boshqa qarindoshi ham ishtirok etgan bo‘lishi mumkin.

Hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha biotexnik tadbirlar o‘tkazish tartibi belgilandi
24 yanvar 2025, 20:56

Hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha biotexnik tadbirlar o‘tkazish tartibi belgilandi

Hukumat hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha biotexnik tadbirlarni o‘tkazish tartibini tasdiqladi. Tegishli nizom biotexnik tadbirlar o‘tkazish usullari va maqsadi, hududlari va talablari, shuningdek, natijalarini monitoring qilishni nazarda tutadi.

O‘zbekistonda yangi binolar bosqichma-bosqich “yashil” energiyaga o‘tadi
24 yanvar 2025, 19:53 2

O‘zbekistonda yangi binolar bosqichma-bosqich “yashil” energiyaga o‘tadi

Prezident hududlardagi yangi ko‘p qavatli uylarni bosqichma-bosqich “yashil” energiyaga o‘tkazish muhimligini ta’kidladi. Quriladigan uy-joyni energiya bilan ta’minlash uchun quyosh elektr stansiyalari bilan shartnoma tuzgan quruvchilar foyda solig‘idan ozod qilinadi, kredit stavkasi arzon bo‘ladi.

️Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi tashkil etiladi
24 yanvar 2025, 19:38

️Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi tashkil etiladi

V️azirlar mahkamasi qo‘mitasi huzurida Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi tashkil etiladi. Sohada davlat siyosatini yuritish va tartibga solish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish, atom energiyasi xavfsizligi bo‘yicha ekspertizalar o‘tkazish tashkilot faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘ladi.

O‘zmilliybank “yashil” moliyalashtirish sohasidagi yutuqlari uchun YeTTB mukofoti bilan taqdirlandi
24 yanvar 2025, 19:00

O‘zmilliybank “yashil” moliyalashtirish sohasidagi yutuqlari uchun YeTTB mukofoti bilan taqdirlandi

21-yanvar kuni O‘zmilliybank AJ Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) O‘zbekistonda “yashil” moliyalashni rivojlantirishdagi yutuq va taraqqiyotga bag‘ishlangan tadbirida ishtirok etdi.

O‘zbekistonda yangi xonadonlarni elektr plitalari bilan jihozlash rejalashtirilmoqda
24 yanvar 2025, 18:13

O‘zbekistonda yangi xonadonlarni elektr plitalari bilan jihozlash rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 2025-yilda 135 ming xonadonli ko‘p qavatli uylarni markazlashgan holda isitiladigan, ovqat pishirish esa elektr plitasi orqali bo‘ladigan qilib qurish rejalashtirilgan, deyiladi prezident yig‘ilishida. Deputat elektr energiyasidan yagona issiqlik manbai sifatida foydalanishni qo‘llab-quvvatladi.

Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
24 yanvar 2025, 18:00

Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Ulug‘bek Rahimov Andijon viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Senat omonatlarning kafolatlangan miqdorini 200 mln so‘mgacha etib belgilash to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
24 yanvar 2025, 17:42

Senat omonatlarning kafolatlangan miqdorini 200 mln so‘mgacha etib belgilash to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

O‘zbekistonda bir bankdagi bir omonatchi uchun kafolat chegarasi 200 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanib, omonatlarni to‘liq kafolatlashdan voz kechilmoqda. To‘liq kafolat avval ochilgan depozitlar uchun saqlanib qoladi.

Ikki hududdagi politexnikumlar huzurida injenerlik maktablari tashkil etiladi
24 yanvar 2025, 17:24

Ikki hududdagi politexnikumlar huzurida injenerlik maktablari tashkil etiladi

Prezident qaroriga ko‘ra, Jizzax viloyatidagi 1-son politexnikumi hamda Toshkent viloyatidagi Ohangaron shahar politexnikumi huzurida injenerlik maktablari tashkil etiladi.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilandi
24 yanvar 2025, 16:53

Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi. Bunday tashkilotlar xodimlari bir yildan besh yilgacha bo‘lgan muddatda sinovdan o‘tadi.

Elektr tariflari quvvatlarni ko‘tarish va transformatorlarni yangilash uchun oshirilyapti — HET vakili
24 yanvar 2025, 15:56

Elektr tariflari quvvatlarni ko‘tarish va transformatorlarni yangilash uchun oshirilyapti — HET vakili

O‘zbekistonda 1-apreldan elektr energiyasi uchun tariflar o‘sadi. Xususan, maishiy iste’molchilar uchun belgilangan ijtimoiy norma doirasidagi 450 so‘mlik tarif 600 so‘m bo‘ladi. Tariflar bundan avval 2024-yil 1-mayida oshirilgandi. “Hududiy elektr tarmoqlari” vakili buning sabablarini qisqacha tushuntirdi.

2024-yilda O‘zbekistonda 2200 dan ortiq odam YTHda halok bo‘ldi
24 yanvar 2025, 15:50

2024-yilda O‘zbekistonda 2200 dan ortiq odam YTHda halok bo‘ldi

O‘zbekistonda 2024-yilda 9364 ta YTH rasmiy ravishda ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularda 8901 kishi jarohatlangan va 2203 kishi halok bo‘lgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting