Arxiv

Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni prezident saylovidagi g‘alabasi bilan qutladi
27 yanvar 2025, 12:54

Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni prezident saylovidagi g‘alabasi bilan qutladi

Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni bo‘lib o‘tgan prezident saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi. O‘zbekiston prezidenti saylov natijalari Belarus xalqi amaldagi prezidentga yuksak ishonch bildirayotgani va islohotlarni keng qo‘llab-quvvatlayotgani tasdig‘i ekanini ta’kidladi.

JSTga a’zolikning yakuniy maqsadi iqtisodiyot boshqaruvini samaraliroq tizimga o‘tkazishdir — Saida Mirziyoyeva
27 yanvar 2025, 12:46

JSTga a’zolikning yakuniy maqsadi iqtisodiyot boshqaruvini samaraliroq tizimga o‘tkazishdir — Saida Mirziyoyeva

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva JSTga a’zo bo‘lishdan yakuniy maqsad xalq farovonligini ta’minlash, munosib ish o‘rinlarini yaratish va iqtisodiyot boshqaruvini samaraliroq tizimga o‘tkazish ekanini ta’kidladi. U tashkilotga a’zo bo‘lish uchun harakat 2025-yilda ham katta sur’atda davom ettirilishini aytdi.

Aleksandr Lukashenko prezidentlik saylovida g‘olib bo‘ldi — Belarus MSK
27 yanvar 2025, 12:30

Aleksandr Lukashenko prezidentlik saylovida g‘olib bo‘ldi — Belarus MSK

Belarus Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1994-yildan beri hokimiyat tepasida turgan Aleksandr Lukashenko prezidentlik saylovlarida 86,82% ovoz to‘plagan. Bu uning yettinchi muddati bo‘ladi. YeI rasmiylari saylovlarni soxta deb atadi va ular “erkin va adolatli” bo‘lmaganini aytdi.

Farg‘onada Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilib, fuqarodan 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi
27 yanvar 2025, 11:49

Farg‘onada Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilib, fuqarodan 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Farg‘onaning Qo‘qon shahrida fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishini aytib, undan 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.

Toshkent metrosida 2024-yilda yo‘lovchilar oqimini 57 foizga oshdi
27 yanvar 2025, 11:34

Toshkent metrosida 2024-yilda yo‘lovchilar oqimini 57 foizga oshdi

2024-yilda Toshkent metrosi 270,3 million yo‘lovchini tashidi, 2023-yilgiga qaraganda 98,3 million kishiga ko‘p.

Reallikni so‘roqqa tutadigan roman - Gonkur mukofotini olgan “Anomaliya” kitobi o‘zbek tilida chop etildi
27 yanvar 2025, 11:00

Reallikni so‘roqqa tutadigan roman - Gonkur mukofotini olgan “Anomaliya” kitobi o‘zbek tilida chop etildi

“Anomaliya” - fransuz yozuvchisi Erve Le Tellening detektiv va psixologik drama elementlarini birlashtirgan fantastik romani.

Andijondagi don korxonalariga manipulyatsiya harakatlari uchun jarima qo‘llandi
27 yanvar 2025, 10:47

Andijondagi don korxonalariga manipulyatsiya harakatlari uchun jarima qo‘llandi

Raqobat qo‘mitasi Andijon viloyatidagi 3 ta don korxonasiga manipulyatsiya harakatlari uchun moliyaviy jarima qo‘lladi. Ularga qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Buxoro davlat texnika universiteti tashkil etiladi
27 yanvar 2025, 10:05

Buxoro davlat texnika universiteti tashkil etiladi

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti negizida Buxoro davlat texnika universiteti tashkil etiladi.

Surxondaryoda Damas urib yuborgan 8 yoshli bola vafot etdi
27 yanvar 2025, 09:42

Surxondaryoda Damas urib yuborgan 8 yoshli bola vafot etdi

Termiz tumanida Damas yo‘lni kesib o‘tayotgan 1-sinf o‘quvchisini urib yubordi. Oqibatda 8 yoshli bola shifoxonada vafot etdi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton — Mozori Sharif temiryo‘l liniyasidan foydalanish bo‘yicha shartnomani uzaytirdi
27 yanvar 2025, 09:25

O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton — Mozori Sharif temiryo‘l liniyasidan foydalanish bo‘yicha shartnomani uzaytirdi

O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton — Mozori Sharif temiryo‘lining keyingi ekspluatatsiyasi bo‘yicha shartnomani uzaytirdi. Liniyaga xizmat ko‘rsatish “O‘zbekiston temir yo‘llari” shu’ba korxonasi hisoblangan “Sogdiana trans” MCHJda saqlanib qoladi.

Nima uchun norentabel sovet sanatoriyalaridan voz kechmaslik kerak va ularning daromadliligini qanday oshirish mumkin?
27 yanvar 2025, 09:21

Nima uchun norentabel sovet sanatoriyalaridan voz kechmaslik kerak va ularning daromadliligini qanday oshirish mumkin?

Sanatoriyalarda dam olish — sobiq sovet mamlakatlarida xordiq chiqarishning eng keng tarqalgan shakli cifatida hali ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. O‘zbekiston sanatoriyalarining o‘ziga xosligi nimada va ularga qanday qilib yangi hayot baxsh etish mumkin — ATLAS hududiy rivojlantirish byurosining maqolasi shu haqda.

Toshkentdagi Do‘stlik bog‘i qanday bo‘ladi? Investor bilan ochiq suhbat
27 yanvar 2025, 09:00

Toshkentdagi Do‘stlik bog‘i qanday bo‘ladi? Investor bilan ochiq suhbat

O‘zbekiston prezidentiga Do‘stlik bog‘ining CM International kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyasi taqdim etildi. “Gazeta.uz” Do‘stlik bog‘i investori — BMP Smart Decision kompaniyasi bilan sud jarayonlari, muloqotda yo‘l qo‘yilgan xatolar, daraxtlarning kesilishi va yangi loyiha haqida suhbatlashdi.

Toshkentdagi ofis egalari nima uchun ijarachi topa olmayapti va buni qanday hal qilish mumkin? Tadqiqot
27 yanvar 2025, 08:33

Toshkentdagi ofis egalari nima uchun ijarachi topa olmayapti va buni qanday hal qilish mumkin? Tadqiqot

2024-yilda Toshkentda ofis binolari ko‘paydi, biroq ularning katta qismi bo‘sh turibdi. Ko‘chmas mulk egalari qanday qilib tezroq ijarachi topishi va kelajakda taklif qanday o‘zgarishi mumkin? CMWP Uzbekistan konsalting kompaniyasining yillik hisoboti sharhi — shu haqda.

O‘zbekistonda 27−31-yanvar va 1−2-fevral kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
27 yanvar 2025, 08:00

O‘zbekistonda 27−31-yanvar va 1−2-fevral kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekistonda hafta davomida sovuq havo hukm suradi, ammo bu qahraton qish, degani emas. Dushanba va dam olish kunlari kunduzi iliqroq bo‘lsa-da, chorshanba-juma kunlari harorat sezilarli pasayadi. Hafta o‘rtasida joylarda u qadar ko‘p bo‘lmagan, asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchiliklar kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov Amirsoyda norasmiy uchrashuv o‘tkazdi
26 yanvar 2025, 13:01

Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov Amirsoyda norasmiy uchrashuv o‘tkazdi

Shanba kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari Toshkent viloyatidagi Amirsoy kurort majmuasida norasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Japarov va Mirziyoyev dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi, shuningdek, kurort-rekreatsiya markazlarini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ilgari surishga kelishib oldi.

Farg‘onada o‘zini 3-qavatdan tashlagan talaba qiz vafot etdi
26 yanvar 2025, 12:30

Farg‘onada o‘zini 3-qavatdan tashlagan talaba qiz vafot etdi

Dekabrda Qo‘qon davlat pedagogika institutining 20 yoshli talabasi o‘zini 3-qavatdan tashlab og‘ir jarohat olgan. Biroq qiz tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramasdan 5-yanvar kuni vafot etgan. Prokuratura holat shaxsiy muammolar sababli sodir bo‘lganini aniqlagan va jinoyat ishi ochish rad etilgan.

Toshkentdagi bog‘chada tarbiyachi yordamchisi kaltaklagan bolaning oyog‘i sindi
26 yanvar 2025, 11:12 1

Toshkentdagi bog‘chada tarbiyachi yordamchisi kaltaklagan bolaning oyog‘i sindi

Sergeli tumanidagi xususiy bog‘chada tarbiyachi yordamchisi go‘yoki xarxasha qilayotgan bolani kaltakladi. So‘ngra uni ko‘tarib boshqa xonaga olib chiqayotganida bolaning oyog‘i sindi. Hozirda tarbiyalanuvchi shifoxonada, holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Sobiq deputat Qobul Dusov ozodlikni cheklash shartlarini buzgani uchun koloniyaga o‘tkazildi
26 yanvar 2025, 09:18

Sobiq deputat Qobul Dusov ozodlikni cheklash shartlarini buzgani uchun koloniyaga o‘tkazildi

Bo‘stonliq shahar kengashining sobiq deputati, bloger Qobul Dusovning ozodlikni cheklash jazosi manzil-koloniyadagi qamoq jazosiga almashtirildi. Ma’lum qilinishicha, u taqiq va ogohlantirishga qaramay, internetdan faol foydalanishda davom etgan.

Husanovning debyuti: “Manchester Siti” “Chelsi”ni mag‘lub etdi (foto, statistika, intervyu)
26 yanvar 2025, 02:31

Husanovning debyuti: “Manchester Siti” “Chelsi”ni mag‘lub etdi (foto, statistika, intervyu)

Angliya Premer-ligasining 23-turida “Manchester Siti” “Chelsi”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Yaqinda “Siti” tarkibiga qo‘shilgan o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, o‘zining debyut o‘yinini o‘tkazdi. “U juda yosh, u hali o‘rganadi”, — dedi Pep Gvardiola Husanov haqida.

Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi
25 yanvar 2025, 17:26

Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi

O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan sud tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Senat esa Oliy sudning 5 ta sudyasini lavozimidan ozod etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting