O‘zbekistonning Hindiston va Bangladeshdagi favqulodda va muxtor elchisi Farhod Arziyev tashqi ishlar vaziriga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi.
Bokkoni va Harvard universitetlari bitiruvchisi Omonullo Nasriddinxo‘jayev moliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bunga qadar u prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev 19 yil muddatga qamaldi, sobiq bosh prokuror Otabek Murodovga esa 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar “Mahalla tizimi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida"gi qonun loyihasini tasdiqlashdi. 22-mart mahalla tizimi xodimlari kuni etib belgilanishi mumkin.
Harbiy xizmatchilar, chegarachilar va milliy gvardiyachilar Jizzax viloyatidagi «Forish» tog‘ poligonida mashg‘ulotlar o‘tkazdi.
Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidenti va uning rafiqasiga nimalar sovg‘a qilgani va ularning narxlari ma’lum bo‘ldi.
Qonunchilikka fuqaroning tasviriga bo‘lgan huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi me’yorni kiritish rejalashtirilmoqda. Fuqaroning ruxsatisiz uni tasvirga olishni taqiqlash (ayrim istisnolar bilan) taklif qilinmoqda.
Hukumatda iqtisodiy blok mas’ullari o‘zgardi. Jamshid Qo‘chqorov moliya, iqtisodiyot va kambag‘allik bilan kurashish bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va sanoat vaziri etib tayinlandi. Timur Ishmetov yangi moliya vaziri bo‘ldi.
Xususiy maktablar uchun o‘quvchilarning tashqi qiyofasi va kiyimlariga talablarni joriy etish, jumladan sochlarni bo‘yash, makiyaj va pirsingni, hijob va soqolni taqiqlash taklif qilinmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya bilan hamkorlikda kimyo sohasida ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi.
2018−2019 yillarda 23 mingdan ortiq holatlarda fuqarolar 3900 gektar yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olishgan, 6000 gektar ekin yerlarida noqonuniy imoratlar qurib olingan. Endi 23 mingta oila boshpanasiz qoladimi — Adliya vazirligi mas’ul xodimi Shahnoza Soatova tahlilida.
O‘zbekistonda 356 ming talabaning 68 ming nafarida yotoqxonaga ehtiyoj bor. Ushbu muammoni hal qilish uchun 400 o‘rinli 170 ta yotoqxona qurilishiga qariyb 315 mln dollar ajratilishi lozim.
Inkassatsiya xizmatlari uchun haqning buyurtmachi tomonidan to‘lanishi, yer ajratish haqidagi hujjatlarning hokimliklar saytlarida e’lon qilib borilishi, ayrim hududlarda kadastr pasporti yangi namunasining joriy etilishi va boshqalar — 1 martdan kuchga kiradigan o‘zgarishlar.
Hukumat ipoteka krediti shartlarini yengillashtirdi, shuningdek, alohida toifaga mansub aholi uchun byudjetdan subsidiya ajratmoqda. Joriy yilda 17 mingdan ortiq uy-joy qurilishi boshlanadi, shunda 13 mingdan ortiq oila imtiyozli taklif bilan sharoitini yaxshilab olishi mumkin.
O‘zbekistonlik dzyudochilar Muhammadkarim Xurramov va Davlat Bobonov Germaniyada o‘tkazilgan Katta dubulg‘a turnirida birinchi marotaba oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.
Yana bir xususiy bandlik agentligining 61 fuqarodan 45 mln so‘mdan olib, chet elga ishga yubormagani aniqlandi.
Xo‘jaobod tuman tibbiyot birlashmasida 2018−2019 yillarda bemorlar to‘lagan pullarni talon-taroj qilgan mansabdor va moddiy javobgar shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
26−27 fevral kunlari O‘zbekistonda yomg‘ir va qor yog‘ib, ayrim joylarda yog‘inlar kuchli bo‘lishi kutilmoqda. Shamol tezligi soniyasiga 23−28 metrgacha kuchayadi.
Human xususiy bandlik agentligi faliyatidan aziyat chekkan fuqarolarning katta qismi o‘z pullarini qaytarib oldi. Bosh vazir zararni Mehnat vazirligining byudjetdan tashqari jamg‘armasi hisobidan qoplashga topshiriq bergan edi.
81 tup daraxt kesib tashlangani sababli Yakkasaroy tuman hokimi o‘rinbosari va Building And Supplies ta’sischisiga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Aybdorlardan qariyb 2 mlrd so‘mlik zarar undirildi. IIB boshlig‘i va tuman prokurori xayfsan oldi. Daraxtlar kesilgan joyda 150 tup daraxt ekilib, bolalar maydonchasi va sayr hududi barpo etilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting