910 kishi koronavirus qurboni bo‘ldi, ulardan ikkitasi Xitoydan tashqarida. JSST kasallik tarqalishi bir muncha sekinlashganini qayd etdi.
Hafta davomida yomg‘irli va salqin ob-havo hukmronlik qilishi kutilmoqda. 11−13 fevral kunlari kunduzgi harorat +5…+10 darajaga pasayib, kechalari qirov tushishi mumkin.
Arabistonlik sarmoyadorlar Sirdaryoda energetika kollejini tashkil etish, yangi bug‘-gaz qurilmasini qurish hamda Navoiy viloyatida shamol elekrostansiyasini ochish ustida ish olib bormoqda.
Parijdagi «Katta dubulg‘a» turnirida o‘zbekistonlik dzyudochilar Sharofiddin Boltaboyev va Hikmatilloh To‘rayev kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
«Eng yaxshi aktyor» nominatsiyasida «Joker» filmidagi ijrosi uchun Xoakin Feniks «Oskar» mukofotiga sazovor bo‘ldi. 10 fevral kuni 2020 yilda mukofotga loyiq topilgan nominatsiya g‘oliblari e’lon qilindi.
Tailandda harbiy xizmatchining savdo markaziga hujumi oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi va 57 kishi jarohat oldi. Ommaviy qotil maxsus operatsiya vaqtida yo‘q qilindi.
15 fevraldan Toshkent-Omsk yo‘nalishi bo‘yicha avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Chipta narxi 450 ming so‘mni tashkil etadi.
Ravshan Ermatov jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari, Elbek Shukurov vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.
2018 yilda «Dori-Darmon» dorixonalar tarmog‘i uch yil muddatga 150 mlrd so‘m miqdorida 2 foizli byudjetdan ssuda olgan edi. Kompaniya ssuda muddatini uzaytirishni so‘radi.
Qozog‘iston janubidagi Masanchi qishlog‘ida sodir bo‘lgan ommaviy janjal natijasida 8 kishi vafot etdi, 40 kishi jarohatlandi va 47 kishi hibsga olindi. Prezident topshirig‘i bilan hukumat komissiyasi tuzildi.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov davlat tomonidan himoyachi tayinlash tartibi o‘zgarishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, amaldagi tartib samarali natija bermayapti.
Toshkentning Sergeli tumanida 117- yo‘nalishda qatnovchi Isuzu avtobusi ag‘darilib ketdi — uni ikkinchi darajali yo‘ldan chiqib kelgan Captiva turtib yubordi.
Toshkent IIBBda 16 nafar ayol rahbar lavozimlariga tayinlandi. Ular orasida tergov va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limlari boshliqlari, IIB boshliqlari o‘rinbosarlari bor.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Xitoydan kelgan fuqarolar joylashgan muassasa sharoitlari bilan tanishtirdi. Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Uxandan uchib kelgan va karantinga olingan o‘zbekistonliklar qoniqarsiz sharoitda yashayotgani iddao qilingandi.
Adliya vaziri qamoqxonalarda qiynoqlarga qarshi kurashni ma’muriy boshqaruvdagi islohotlarsiz o‘tkazishga chaqirdi. Uning fikricha, har qanday tizimda boshqaruvni o‘zgartirmay islohot qilish mumkin.
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududida ob-havo ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichlardan 10−12 daraja yuqori bo‘ladi. Ayrim joylarda bir oz yomg‘ir yog‘ib o‘tishi mumkin.
Namanganda 22 yoshli shaxs poliklinikada bo‘lim mudirini kaltaklab, yuz va burun qismiga jarohat yetkazdi. Bu yil boshidan buyon OAVga ma’lum bo‘lgan to‘rtinchi shu kabi hodisadir.
Banklar 2019-yilda qariyb 8 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratdi. Kreditlarning asosiy qismi — 83 foizdan oshig‘i — imtiyozli asosda taqdim etilgan.
Neft-gaz, elektr energiyasining barqaror ta’minotida xalqimiz, tadbirkorlarimiz talabini to‘la qanoatlantira olmayapmiz, dedi prezident. U joriy yilda tabiiy gaz va suyuq uglevodorodlar qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Navoiy viloyatida bir qator tuman IIB boshliqlari va xodimlarni lavozimidan chetlashtirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting