Arxiv

Transport sohasi rahbarlari vazifasini bajaruvchi bo‘ldi
31 yanvar 2020, 11:51

Transport sohasi rahbarlari vazifasini bajaruvchi bo‘ldi

Hukumat qarori bilan transport sohasi rahbarlari vazifasini bajaruvchi bo‘ldi. Bu ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga qaratilgan. Uzbekistan Airways boshqaruvchisi v. b. Baxtiyor Xakimovning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasi ko‘rib chiqiladi.

Ulug‘bek Qosimxo‘jayev lavozimidan ozod qilindi
31 yanvar 2020, 10:43

Ulug‘bek Qosimxo‘jayev lavozimidan ozod qilindi

Davlat turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari v. b. lavozimida ishlagan Ulug‘bek Qosimxo‘jayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan vazifasidan ozod qilindi.

JSST xalqaro miqyosdagi favqulodda holat e’lon qildi
31 yanvar 2020, 10:21

JSST xalqaro miqyosdagi favqulodda holat e’lon qildi

Jenevadagi shoshilinch yig‘ilishda JSST 2019 n-CoV koronavirusi tarqalishi bilan bog‘liq xalqaro miqyosdagi favqulodda holat e’lon qildi.

Murodjon Ahmadaliyev ikki yo‘nalishda jahon chempioni bo‘ldi
31 yanvar 2020, 09:52

Murodjon Ahmadaliyev ikki yo‘nalishda jahon chempioni bo‘ldi

WBA va IBF yo‘nalishlari chempionligi uchun o‘tkazilgan jangda Murodjon Ahmadaliyev amerikalik Daniel Romanni ochkolar hisobiga mag‘lub etdi.

Vazir Xitoydan keluvchilarning kirishini vaqtinchalik cheklashni taklif qildi
30 yanvar 2020, 23:04

Vazir Xitoydan keluvchilarning kirishini vaqtinchalik cheklashni taklif qildi

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirus sababli Xitoy va boshqa xorijiy davlatlar fuqarolarining ushbu mamlakatdan kirib kelishini vaqtinchalik cheklashni taklif qildi.

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari iste’foga chiqdi
30 yanvar 2020, 16:56

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari iste’foga chiqdi

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Chiroqchi IIBda bir kishini kaltaklaganidan keyin iste’foga chiqdi.

«Yangi Angren» IESda energoblok o‘chirildi
30 yanvar 2020, 16:14

«Yangi Angren» IESda energoblok o‘chirildi

«Yangi Angren» IESning 4-energobloki nosozlik yuzaga kelishi natijasida to‘xtatildi. Ayrim hududlarda elektr ta’minotida ma’lum vaqt oralig‘ida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Chorvachilik uchun davlat tomonidan subsidiyalar ajratiladi
30 yanvar 2020, 15:40

Chorvachilik uchun davlat tomonidan subsidiyalar ajratiladi

2020−2022 yillarda chorvachilik, baliqchilik va parrandachilik mahsulotlarini yetishtirish va import qilishga davlat tomonidan subsidiyalar ajratiladi.

Yevropa parlamenti Brexit bitimini ma’qulladi
30 yanvar 2020, 15:26

Yevropa parlamenti Brexit bitimini ma’qulladi

Yevroparlament ko‘pchilik ovoz bilan Brexit bitimini ma’qulladi. Kelishuvni 621 deputat qo‘llab-quvvatladi, 49 nafari qarshi chiqdi, 13 nafari esa betaraf qoldi.

IIBda odam o‘limi hodisasi Bosh prokuror nazorati ostiga olingan
30 yanvar 2020, 15:04

IIBda odam o‘limi hodisasi Bosh prokuror nazorati ostiga olingan

Chiroqchi IIB xodimlarining gumondorni o‘lgunicha kaltaklanishi va jinoyatni yopishga urinishi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha tergov harakatlari bosh prokuror nazoratiga olindi, deya xabar qildi Senat.

«Qamalib qolsam bir oyga bormay o‘lib ketsam ­kerak», deb o‘ylardim — Said-Abdulaziz Yusupov
30 yanvar 2020, 10:14

«Qamalib qolsam bir oyga bormay o‘lib ketsam ­kerak», deb o‘ylardim — Said-Abdulaziz Yusupov

Jurnalist va OAVni rivojlantirish jamg‘armasining sobiq rahbari Said-Abdulaziz Yusupov qamalgandan keyingi kechinmalari to‘g‘risida maqola yozdi. Maqola JIEBB muassisligidagi gazetada e’lon qilindi.

Sud maktab direktorlariga tayinlangan ma’muriy jazoni bekor qildi
30 yanvar 2020, 10:01

Sud maktab direktorlariga tayinlangan ma’muriy jazoni bekor qildi

Xo‘jayli tuman ma’muriy sudi paxta terimi vaqtida majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganlikda ayblanib jarimaga tortilgan to‘rtta maktab direktorlariga tayinlangan jazoni bekor qildi.

Xitoyning koronavirus tarqalgan hududida 72 nafar o‘zbekistonlik talaba bor — Senat
30 yanvar 2020, 09:49

Xitoyning koronavirus tarqalgan hududida 72 nafar o‘zbekistonlik talaba bor — Senat

Senat Xitoyning koronavirus tarqalgan murakkab epidemik vaziyat hukm surayotgan hududida 72 nafar o‘zbekistonlik talaba borligini ma’lum qildi.

Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva AOKAdagi lavozimlarini tark etdi
29 yanvar 2020, 20:02

Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva AOKAdagi lavozimlarini tark etdi

AOKA direktori v. b. Komil Allamjonov va direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva nodavlat sektorda ishlash maqsadida o‘z lavozimlarini tark etdi. Dilshod Saidjanov AOKA direktori v. b. etib tayinlandi.

Chexiyada 16 mln yevrolik davlat buyurtmasi bo‘lgan sayt bepulga qilib berildi
29 yanvar 2020, 19:10

Chexiyada 16 mln yevrolik davlat buyurtmasi bo‘lgan sayt bepulga qilib berildi

Chexiyalik dasturchilar transport vaziri 16 million yevro sarflashni istagan saytni dam olish kunlari bepulga tayyorlab berishdi.

Abdulla Aripov koronavirus bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi
29 yanvar 2020, 17:41

Abdulla Aripov koronavirus bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Bosh vazir Abdulla Aripov koronavirusning oldini olish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Chegarada sanitariya-karantin punktlari faoliyat ko‘rsatmoqda, tibbiy muassasalarda zaxira o‘rinlari va dori-darmonlar tayyorlab qo‘yildi.

Tashqi ishlar vazirligi Xitoyga safarlardan saqlanishni tavsiya qildi
29 yanvar 2020, 17:19

Tashqi ishlar vazirligi Xitoyga safarlardan saqlanishni tavsiya qildi

Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolariga yangi turdagi koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq murakkab vaziyat tufayli Xitoyga har qanday sayohatlardan saqlanishni tavsiya qildi.

Farg‘onada bemor qiz va uning onasi hamshirani kaltaklab, burnini sindirdi
29 yanvar 2020, 16:05

Farg‘onada bemor qiz va uning onasi hamshirani kaltaklab, burnini sindirdi

Farg‘onada bemor qiz va uning onasi tibbiyot xodimlariga tajovuz qilib, bir hamshiraning burnini sindirdi.

2021 yildan don uchun davlat buyurtmasi kamaytiriladi
29 yanvar 2020, 15:28

2021 yildan don uchun davlat buyurtmasi kamaytiriladi

G‘alla xaridida davlat buyurtmasidan davlat zaxirasidan foydalanishga o‘tish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, prezident qarori bilan Qishloq xo‘jaligiga yuklatilgan vazifa va vakolatlar qayta ko‘rib chiqiladi.

AQSH va Yaponiya o‘z fuqarolarini Uxandan evakuatsiya qilishni boshladi
29 yanvar 2020, 15:12

AQSH va Yaponiya o‘z fuqarolarini Uxandan evakuatsiya qilishni boshladi

AQSH va Yaponiya rasmiylari o‘z fuqarolarini Uxandan evakuatsiya qilishni boshladi. Xitoy TIV o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishda qattiq turib oladigan davlatlarga yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting