Fuqarolarning shikoyatlaridan so‘ng Recruit consulting work xususiy bandlik agentligi litsenziyasining amal qilishi vaqtincha to‘xtaldi. Agentlik 10 kun muddatda fuqarolar oldida majburiyatini bajarishi lozim.
Tomsk oblastida yuz bergan yong‘inda vafot etgan o‘n birinchi jasad shaxsi o‘rnatildi. Birlamchi tahlil ma’lumotiga ko‘ra, u O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.
Dam olish kunlari havoning sovuq bo‘lishi kutilmoqda, ayrim joylarda yog‘ingarchiliklar bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi 0…+5, kechasi — −5…0 darajagacha pasayadi.
Boks bo‘yicha Olimpiada litsenziyasini beruvchi musobaqa xavfli virus tarqalishi tufayli Xitoydan boshqa mamlakatda o‘tkazilishi mumkin. Turnir martga ko‘chirildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis a’zolariga an’anaviy murojaatnomani o‘qib eshittirdi. «Gazeta.uz» davlat rahbari bildirgan fikr va vazifalarni qisqacha mazmunda bayon etadi.
Prezident parlamentga murojaatida tadbirkorlarni ko‘p qiynaydigan soha — litsenziyalash va ruxsatnomalar berish tartiblarini jiddiy o‘zgartirilishi ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va inflyatsiyani jilovlash — iqtisodiy islohotlar jarayonidagi bosh vazifa ekanini aytdi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish uchun joriy yilda byudjetdan qariyb 2 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi."Raqamli O‘zbekiston — 2030″ dasturini ishlab chiqish ikki oyda yakunlanishi zarur.
Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida virtual va Xalq qabulxonalariga yiliga 1 milliondan ziyod murojaat kelib tushayotgani, xalq bilan muloqotni yangi bosqichga olib chiqishni talab etishini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev parlamentga yo‘llayotgan murojaatnomasida O‘zbekistonda o‘tgan yili iqtisodiy o‘sish 5,6 foizni tashkil etganini bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasida islohotlar natijasida xalq uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berish kerakligini aytdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yilga Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili, deb nom berishni taklif qildi.
O‘zbekiston Transparency International xalqaro tashkilotining korrupsiyani qabul qilish reytingida 5 pog‘ona yuqorilab, 153-o‘rinni egalladi.
2018-yil oktyabridan boshlab O‘zbekiston 3323 nafar o‘z fuqarosi — Rossiyaning chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markazlaridagi mehnat muhojirlarining vatanga qaytishiga yordam berdi.
Vazirlar Mahkamasi yangi Humo Air aviakompaniyani tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Kompaniya muassisi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bo‘ladi.
O‘zbekiston janubidagi Afg‘onistonda 12 ming AQSH harbiy askarlari faoliyat olib boradi. Prezident Ashraf G‘ani ularning 1/3 qismi istalgan paytda Afg‘onistonni tark etishi mumkinligini aytmoqda.
Prezident Abdulla Aripovni 2016 yili davlat xizmatiga qaytishi ijtimoiy adolatni tiklash uchun xizmat qilganini ta’kidladi. Shavkat Mirziyoyev u haqda fikr bildirib, ko‘p tuhmatlarga duchor bo‘lgani, ammo hech qachon sinmaganini aytdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi Xitoydagi koronavirus bo‘yicha epidemik vaziyatdan xavotirlanishga asos yo‘qligini ta’kidladi. Mutasaddilar koronavirusga qarshi profilaktik ishlar rejasini ma’lum qildi.
TIVning xabar berishicha, Uxanda 30 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari bo‘lishi mumkin. Xitoydagi elchixona ular bilan bog‘lanish uchun ijtimoiy tarmoqlarda guruh ochdi.
Barcha yirik korxonalarning har yili majburiy audit tekshiruvidan o‘tishi belgilandi. Kapital bozorni rivojlantirish agentligi ushbu o‘zgarishdan ko‘zlanayotgan maqsadni ochiqladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting