Avstraliya o‘tgan yil noyabr oyidan buyon kuzatilayotgan o‘rmon yong‘inlariga barham berish uchun 1,4 milliard dollar ajratmoqchi. Ofat natijasida vafot etganlar soni 24 kishiga yetdi.
Volgabo‘yi hududidan kirgan sovuq va nam havo oqimi sababli O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi.
Gulnora Karimova va boshqa shaxslarga qarshi tovlamachilik, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilish va chet el davlatlarda jinoiy daromadlarini legallashtirish kabi jinoyatlar bo‘yicha jinoiy ish tergovi yakunlandi va sudga taqdim etildi.
Hukumat qarori bilan Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi tasdiqlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbari, muftiy Usmonxon Alimovni 70 yoshga to‘lgani bilan tabriklab, unga «El-yurt hurmati» ordenini topshirdi.
Navoiy viloyatida Nexia NKMK ishchilarini olib ketayotgan «Isuzu» avtobusi bilan to‘qnashdi. Haydovchi va avtomobil yo‘lovchilaridan biri halok bo‘ldi, yana sakkiz kishi kasalxonaga yotqizilgan.
Saylov yakunlari bo‘yicha O‘zLiDeP Qonunchilik palatasidagi ko‘pchilik o‘rinlarni saqlab qoldi. Keyingi o‘rinlarni «Milliy tiklanish», «Adolat», XDP va Ekopartiya egalladi.
Parataekvondo bo‘yicha O‘zbekiston tarixidagi birinchi Olimpiada litsenziyasini atlet Guljanoy Naimova qo‘lga kiritdi.
Kelgusida mansabdor shaxslarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlari va ular bilan bog‘liq sud jarayonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq bo‘ladi, deya ma’lum qildi bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova.
Germaniyadagi fermer xo‘jaliklaridan birida malaka oshirayotgan O‘zbekiston fuqarosi balandlikdan qulab tushib, vafot etdi.
O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodovning navbatdagi jangi Braziliyada Antonio Karlos Juniorga qarshi o‘tkaziladi.
Mudofaa vazirligi tomonidan 5 kilometrdan ortiqroq masofaga yugurish bo‘yicha «Vatanparvarlik aksiyasi» kichik marafoni o‘tkazildi.
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida bemorning tog‘asi tajovuziga uchragan shifokor ko‘rish qobiliyatini to‘liq yo‘qotdi.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov vazirlikdagi boshqarma boshliqlari kamida 15−16 million so‘m oylik maosh olishayotganini bildirdi. Vazirlik ushbu ma’lumotni yanada oydinlashtirdi.
Ertaga O‘zbekistonning 25 ta saylov okrugida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar uchun takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.
Amsterdam Qirollik teatrida chiqish qilayotgan o‘zbekistonlik akrobatlar Kristina Vorobyova va Rustem Osmanov 10 metr balandlikdan qulab tushishdi.
Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari bilan turli xil sharoitlarda o‘t ochish istehkomlarini o‘zgartirgan holatda paydo bo‘luvchi va harakatlanuvchi nishonlarga o‘q uzish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Farg‘ona shahridagi madaniyat va istirohat bog‘ida Booster Max attraksioni buzilishi natijasida bir ayol vafot etdi. Inshoot 2019 yil dekabr oyida o‘rnatilgan.
Abdufatto Nuritdinov (bloger Otabek Nuritdinov)ga nisbatan 2019 yil 30 dekabrdagi tayinlangan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi o‘zgartirishsiz qoldirildi.
Mingbuloq tumani hokimi Nurshod Xudoyberdiyev feremerlar topshiriqni vaqtida bajarmagani uchun ularni haqoratlaganini tan oldi. Bu holat boshqa takrorlanmasligini bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting