Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida uchta maktabning direktor o‘rinbosari va tuman XTB qorovuli ketayotgan mashina avariyaga uchradi, ikki kishi halok bo‘ldi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kelgusi yil fevralida Rossiyaga tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda.
MSK Farg‘ona viloyati hokimining uning topshiriqlarini bajarganlargina saylovda deputat bo‘lishi to‘g‘risidagi so‘zlarini asossiz deb atadi.
Laziz Qudratov investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
O‘zbekistonda ro‘mol o‘rashga hech kim hech qachon qarshi bo‘lmaydi, dedi prezident. Avvalroq Farg‘ona viloyati hokimi ro‘mol o‘ragan jurnalist va boshqa ayollarga qarshi fikrlar bildirgan edi.
Andijondagi xususiy maktabda 75 o‘quvchi va 7 o‘qituvchi ovqatdan zaharlandi.
Markaziy bank import bo‘yicha hisob-kitoblar uchun konvertatsiyaga cheklovlar kiritilgani to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi: banklar valyutani cheklovlarsiz sotmoqda, biroq…
«Barkamol avlod» bolalar markazlari negizida tashkil etilayotgan «Barkamol avlod» bolalar maktablarida «STEAM — ta’lim» joriy etiladi.
Madaniyat vazirligi madaniyat, a san’at dargohlarini nogironligi bo‘lgan shaxslar, bog‘cha bolalari va pensionerlar uchun yanada qulaylashtirishni rejalashtirmoqda.
Senatning Reglament va odob komissiyasi rahbari taklifi bilan Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev uch oylik sinov muddati bilan birga qat’iy ogohlantirildi.
O‘zbekistonda kuzatilayotgan salqin ob-havo hafta oxiriga qadar saqlab qolinadi. Oktyabrning birinchi kuni markaziy va sharqiy hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Prezident O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida ta’lim sohasining asosiy vazifasi bolalarni kelajakka tayyorlash ekanini ta’kidladi.
Farg‘ona viloyati hokimiyati hokim Shuhrat G‘aniyevning soqol va ro‘mol haqidagi so‘zlariga qarshi bildirilgan fikrlardan xulosa chiqarganini ma’lum qildi. Senatda ushbu masala yuzasidan odob komissiyasi yig‘ilishi o‘tkaziladi.
Bekoboddagi bolalar ommaviy ovqatdan zaharlangan maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Ovqat tayyorlash bloki va guruhlarda sanitariya qoidalariga rioya qilinmagani aniqlandi.
O‘zbekistonlik ixtirochilar Robototexnika xalqaro chempionatida tibbiyot sohasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan Smart doc box uskunasini yasab, birinchi medallarni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik kurashchi Mahmud Murodov UFC’dagi ilk jangida italiyalik Alessio Di Kirikoni mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘zbekiston va AQSH besh yil davomida xalq ta’limi islohotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 50 mln dollargacha miqdorda grant ajratilishi to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi.
Turkiyadagi zilzilada jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolarining mavjudligi haqida kelib tushmadi, deya xabar qildi TIV.
Toshkent prokuraturasi poytaxt hokimi nomiga taqdimnoma kiritganidan so‘ng Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari lavozimidan chetlashtirildi.
Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting