Minxajidin Xodjimatov Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining yangi rahbari etib tayinlandi.
Toshkentda YPX inspektori xizmat avtomobilida o‘tish yo‘lidan 30 metr uzoqlikda yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Piyoda tan jarohatlari oldi.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining huquqbuzarliklar oldini olish yo‘nalishidagi vazifalari, ularning majburiyat va vakolatlari belgilanmoqda.
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Sayfutdinov Anvar Nazarovich Yakkasaroy tumani hokimi etib tayinlandi.
«Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» qonun imzolandi.
Yakkasaroy tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan Baxtiyor Shomurodov Sergeli tumani hokimi etib tayinlandi.
2020 yilning oxirigacha Qashqadaryo viloyatida ikkita yangi mikroGESni quriladi. Ikki inshoot xarajatlari 1 million 460 ming AQSH dollarini tashkil qiladi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
O‘zbekiston va amerikalik harbiy uchuvchilar Harbiy-havo kuchlariga tegishli harbiy aerodromda hamkorlikdagi treninglar va parvozlarni amalga oshirdi.
Firdavs Abduxolikov «O‘zbekkino» Milliy agentligining bosh direktori etib tayinlandi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini amaldagi 20 foizdan 15 foizgacha tushirish rejalashtirilmoqda. Bu Davlat budjetiga tushumlarni taxminan yiliga 10 trln so‘mga kamaytirishi hisob-kitob qilinmoqda.
Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Hindistonda Osiyo Kubogida yettita medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzurida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tashkil etiladi. U reklama bozorini tartibga soladi va tovarlar xaridi ustidan nazorat o‘rnatadi.
Xitoy va Gongkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun O‘zbekiston xalqaro aeroportlari orqali 7 kungacha vizasiz rejim joriy etildi.
Toshkentning «Humo» jamoasi Oliy xokkey ligasi chempionatidagi debyut uchrashuvida Rossiyaning «Ryazan» klubini mag‘lubiyatga uchratdi.
Talabalar 400 ming so‘m miqdorida stipendiya oladi. Kelgusida jamoatchilikning fikri hisobga olingan holda uning hajmi o‘zgarishi mumkin.
Qonunchilik palatasi Toshkentning Sergeli tumani hokimi Nozim Husanov nomzodini bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga ma’qulladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistonda o‘rta biznes toifasini joriy etish, QQS stavkasini kamaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Samarqandda yuz bergan «Neksiya 3» va «Matiz» o‘rtasidagi YTHda «Matiz»dagi yo‘lovchi ayol old oynadan uchib chiqib ketgan va voqea joyida vafot etgan.
O‘zbekistonlik professional MMA jangchisi Muslimbek Omonov tunda yuz bergan mushtlashuvda pichoqlangani sababli vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting