Toshkent, Samarqand va Jizzaxda elektr energiyasi uchun ko‘p miqdorli qarzdorlikni o‘chirib berishni va’da qilgan hududiy elektr ta’minoti korxonalari xodimlari qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoiy ish ochilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov o‘z vazifasiga vijdonan yondoshmagan va imomlik maqomiga munosib bo‘lmagan 4 nafar tuman bosh imomi ishdan oldi. Shuningdek, 1 nafariga «hayfsan» intizomiy jazosi berildi.
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi vatandoshlarga O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan shaxslar boshqa davlat fuqarosi sifatida e’tirof etilmasligini eslatdi. Ularning xorijiy davlatlar hududidagi harbiy harakatlarda ishtirok etishi jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Toshkent shahrining Olmazor tumanida yo‘l harakati qoidalariga amal qilmagani uchun fuqaroga 63 ta ma’muriy jarima rasmiylashtirilgan. MIB uning Cobalt mashinasini xatlab olgach, fuqaro 50 mln so‘mni to‘lashga majbur bo‘ldi.
Jizzax viloyatida salonida 5 nafar shaxs bo‘lgan Cobalt traktor tirkamasiga urildi. Haydovchi va uch nafar yo‘lovchi jarohat olgan, bir nafar yo‘lovchi vafot etgan.
Qo‘qon shahridagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in chiqdi. Uni bartaraf etish uchun 13 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilindi. Jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q, taxminan 300 kv.m maydonning tom qismi zararlangan.
22 sentabr soat 07:00 dan Toshkentdagi Maxtumquli ko‘chasi Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasidan «Yangi O‘zbekiston» bog‘igacha (11,5 km) «Velosiped kuni» aksiyasi munosabati bilan yopiladi.
Rossiyadagi o‘zbekistonliklarning namoyishlarda qatnashmaslikka chaqirilayotgani, Alisher Usmonovning Germaniyadagi villalarida o‘tkazilgan tintuv, Yangihayot tumanida yangi shaharcha, YeI va Janubiy Koreyadan poyezd xarid qiladigan O‘zbekiston, pora olgan ikki advokat va boshqalar — «Gazeta.uz»da kun dayjesti.
FAO rahbari Suy Dunyu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan SHHT sammitida ilgari surilgan 2023 yilda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro anjuman o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xorijdagi vatandoshlarni chet el davlatlar qurolli kuchlari safiga qo‘shilmaslik va jangovar harakatlarda qatnashmaslikka chaqirib, buning uchun jinoiy javobgarlikdan ogohlantirdi. Avvalroq Rossiyada Qurolli Kuchlarda xizmat qilgan xorijliklarga fuqarolik berish osonlashtirilgandi.
Toshkentda yotoqxona muammosiga duch kelgan talabalar uchun Tashkent Index savdo majmuasida 10 ming o‘rinli yotoqxona tashkil etilishi aytilgandi. Hozirda talabalar yotoqxonalarga ko‘chishni boshlagan va bu yerda hayot qaynamoqda. «Gazeta.uz» muxbirlari Mirolim Isajonov va Madina A’zam reportaj tayyorladi.
Qozog‘istonda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 20 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. «Bu saylovlar butun siyosiy tizimni tubdan «qayta yuklash»ga olib keladigan saylov siklini boshlab beradi», — dedi prezident Qasim-Jomart Tokayev.
Germaniyada rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovga aloqadorligi aytilayotgan 24 ta obyektda tintuvlar o‘tkazildi, deb yozadi OAV. Milliarder Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini buzganlikda gumonlanmoqda.
Namanganda aholi xonadonlariga taqab metan «zapravka» qurilmoqda. Qurilish zarur hujjatlar rasmiylashtirilmasdan boshlangan. Kun.uz nashrining ma’lum qilishicha, qurilish tepasida Namangandagi ko‘plab AGTKSlar egasi, viloyat hokimining qudasi turgan bo‘lishi mumkin. Maqola muallifi trollar hujumiga uchradi.
Forbes Russia tomonidan e’lon qilingan O‘zbekistondagi eng ishonchli 10 ta bank reytingida NBU, Ipoteka bank, Sanoat qurilish bank peshqadam bo‘lishdi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» 34 ta elektropoyezd, 6 ta dizel poyezdi va 100 dan ortiq yangi yo‘lovchi vagonlarni xarid qilishni rejalashtirmoqda. Tashkilot bu borada Alstom, Siemens, Ssoda va Hyundai kabi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi.
Shavkat Mirziyoyev 21 sentabr kuni kimyo sanoatida erishilgan asosiy ko‘rsatkichlar va rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Unda Kimyo zavodlarida ilg‘or tajriba va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ulardagi davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolaridan ruxsat berilmagan ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikni so‘radi. Avvalroq «Vesna» harakati 21 sentabr kuni e’lon qilingan qisman safarbarlikka qarshi norozilik namoyishi qilishga chaqirgandi.
Toshkentning Yangihayot hamda Bektemir tumanlarining jami 1400 gektar maydonida yangi shaharcha bunyod etiladi, dedi Yangihayot hokimi Hayot Inog‘omov. Hozirda uning master rejasi ishlab chiqilmoqda. «Toshkent markaziga chiqmay, shu yerda ishlab, shu yerda yashasa bo‘ladi», — dedi hokim.
O‘zbekistondagi ilk tungi marafon 17−18 sentabr kunlari Buxoro shahrida bo‘lib o‘tdi. Ushbu marafonning boshqalaridan farqi unda bolalar ham faol ishtirok etdi, ular Kids Run 300 va Kids Run 600 masofalarini bosib o‘tishdi. «Gazeta.uz» eng qiziqarli onlar aks etgan marafondan fotoreportajni taqdim etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting