Hukumat qarori bilan Ko‘chma va qatnash tusidagi ishlar bilan bog‘liq ustamalar to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
«MIB xodimlari: bayram kunlari, hatto mehnat ta’tilida ham ishlamoqdamiz» mazmunidagi xabar yuzasidan MIBning Samarqand boshqarmasi bayonot berdi.
Prezident tomonidan imzolangan qonunga ko‘ra, atom energiyasidan foydalanish ob’ektlari davlat mulki yoki prezident tomonidan belgilanadigan yuridik shaxslar mulki hisoblanadi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev «O‘zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to‘g‘risida"gi qonuni o‘z kuchini yo‘qotganiga munosabat bildirdi.
Tabiiy-iqlim va maishiy sharoitlari og‘ir va noqulay bo‘lgan joylarda ishlovchi xodimlar mehnatiga haq to‘lashga tuman koeffitsiyentlarini belgilash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Xonoboddan Mo‘ynoq sari yayov yo‘lga chiqqan Sohib Rajabov 70 kun deganda Buxoro shahriga yetib keldi. U yo‘l-yo‘lakay ko‘pchilik iliq qarshi olayotganini bildirdi.
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘ldi.
Toshkentdagi «Qo‘yliq», «Aviasozlar» va «Chorsu» bozorlarida litsenziyalanmagan, kontrafakt disklar savdosiga chek qo‘yildi.
Sirdaryoda sinov tariqasida paxta terimchilari uchun chodirlar shaharchasi qurildi. Viloyatda jami 90 ta shunday shaharcha ochiladi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda ochilgan birinchi prezident maktabiga tashrif buyurdi. Unga 7000 nafar nomzoddan 144 nafari saralab olindi.
Turkiyaning Adana viloyati savdo palatasi boshqaruv kengashi vitse prezidenti Yuksel Bayram boshchiligidagi delegatsiyasi Xorazm viloyatiga tashrif buyurib, viloyatda amalga oshiriladigan investitsion loyihalarni muhokama qildi.
Namanganda farzandining oyoli nuqsonli tug‘ilgani sababli o‘zining va birga yotgan ayolning chaqalog‘ini 2-qavatdan otib yuborib, o‘limiga sababchi bo‘lgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ukrainalik triatlet Viktor Zemsev triatlon bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi.
Atrof tabiiy muhit monitoringi doirasida davlat organlari endilikda kollektor-drenaj suvlarining sifat tarkibi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, atrof-tabiiy muhitning sanitariya-gigiyenik holatini ham nazorat qiladi.
1 oktyabrdan yaqin qarindoshlar o‘rtasida notarial tasdiqlangan avtoishonchnoma bekor qilinadi. 2020 yil 1 yanvardan davlat notarial idoralari asosida xususiy notarial idoralarni tashkil etish boshlanadi.
Hujumchi Bobur Abduxoliqovning xet-trigi o‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekiston olimpiya termasiga Eron yoshlar termasi ustidan g‘alaba keltirdi.
2019 yilgi paxta hosilini mashina va qo‘lda terish uchun narxlar belgilandi.
Tojikistonda Rog‘un GESning ikkinchi agregati ishga tushirildi. Marosimda mamlakat prezidenti Emomali Rahmon ishtirok etdi.
Vazirlar Mahkamasi huzurida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tashkil etildi.
«O‘zto‘qimasanoat» uyushmasi raisi Ilhom Haydarov 9−13 sentyabr kunlari o‘tkaziladigan «Global to‘qimachilik kunlari Toshkent 2019» ko‘rgazmasi haqida ma’lumot berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting