Farg‘onada 6 mingdan ortiq xonadonga issiqlik ta’minoti bo‘yicha 4 mlrd 173 mln so‘mdan ortiq qarzdorlik asossiz hisoblangani aniqlandi. Raqobat qo‘mitasi o‘rganishlari natijasida ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun hisoblangan mablag‘lar bekor qilindi.
Parkent tumanidagi yo‘l qurilishi davomida ming yillik tarixga ega qabr qoldiqlari topildi. Qolaversa, bu yerdan dafn buyumlari, temir qilich, bronza uzuk, sopol idish hamda muhr chiqdi. Hozirda ular laboratoriyaga yuborilgan va hududda arxeologik qazishma ishlari davom etmoqda.
Toshkent shahridagi metro bekatlariga yaqin 27 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti belgilandi. Grafik metropolitenda yo‘lovchi oqimini to‘g‘ri taqsimlash, talabalarning o‘z vaqtida darslarga yetib borishi uchun qulaylik yaratish maqsadida tuzilgan.
Keysuke Minami O‘zbekistonning Yaponiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi. U Yaponiyada O‘zbekistonning turizm salohiyati va brendini keng targ‘ib qilish, sayyohlik loyihalarini amalga oshirish, yetakchi OAVda mamlakat salohiyati haqida ko‘rsatuvlar tayyorlash va maqolalarni chop etishga ko‘maklashadi.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida Parij Olimpiadasida yurak xurujiga uchragani va ingliz shifokorlar unga yordam bergani haqida gapirdi. U tayvanlik bokschi va sportchilarga beriladigan mukofot pullari haqida ham fikr bildirdi.
Raqobat qo‘mitasi hududlarda dori vositalarining belgilangan referent narxlaridan oshirib sotilgan holatlarni aniqladi. Dorixonalar salkam 50 mingta holatda iste’molchilardan 5,4 mlrd so‘mga yaqin asossiz daromad olgan. Pullar fuqarolar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.
Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlarining birinchi kunidan so‘ng O‘zbekiston 2 ta medal bilan 18-o‘rinda bormoqda. Ikkinchi kunda esa mamlakatdan 19 nafar vakil sportning 6 ta turi bo‘yicha ishtirokini boshlaydi. Sportchilar ro‘yxati va o‘yinlar taqvimi.
Iqlim o‘zgarishi milliy markazi O‘zbekiston shaharlarining “yashil” reytingini taqdim etdi. Mamlakat shaharlari ekologik tozalik ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholanadi va natijalar Green Cities platformasiga kiritiladi. 14 ta ma’muriy markaz orasida Namangan yetakchilikni qo‘lga kiritdi, Toshkent 12-o‘rinni egalladi.
Gruziya Konstitutsiyaviy sudi mamlakatda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan “xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi qonunga qarshi da’volarni ko‘rib chiqishni boshladi. Da’vogarlar Gruziya prezidenti, nodavlat tashkilotlar, muxolifat deputatlari va mediatashkilotlar hisoblanadi.
O‘zbekistonlik parataekvondochi Ziyodaxon Isoqova Parij Paralimpiadasi finalida perulik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medalga ega chiqdi.
O‘zbekistonlik parasuzuvchi Muslima Odilova Parij Paralimpiadasida bronza medalni qo‘lga kiritdi. U faoliyatida ikkinchi bor Paralimpiya o‘yinlari shohsupasiga ko‘tarilmoqda. Uning medali O‘zbekiston delegatsiyasi uchun turnirdagi birinchisi bo‘ldi.
Namibiya hukumati 700 dan ortiq yovvoyi hayvon, jumladan, fil, begemot va zebralarni o‘ldirish rejasini tasdiqladi. Ularning go‘shti mamlakatda yuz bergan so‘nggi 100 yildagi eng yomon qurg‘oqchilik fonida oziq-ovqat tanqisligiga duchor bo‘lgan jamoalarga tarqatiladi.
Raqobat qo‘mitasining “O‘zbekneftgaz"ga nisbatan ochgan ishi, Qozog‘istonga O‘zbekiston orqali o‘tadigan tojik elektri, Parijda Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi, onkologiya markazini borib ko‘rgan prezident va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Toshkent shahrida rekonstruksiya qilinib, kengaytirilgan Temur Malik ko‘chasi bo‘ylab yangi yo‘l o‘tkazgich foydalanishga topshirildi. Prezident ko‘chaga tashrif buyurib, “yangi yo‘l va inshootlar Mustaqillik bayramiga tuhfa” ekanini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Jamoat xavfsizligi universitetini borib ko‘rdi. Bu yerda bir nechta o‘quv muassasalarini birlashtirgan harbiy ta’lim tizimi yaratilgan. Prezident ofitserlar bilan suhbatlashib, o‘quv dasturini bugungi xavf-xatarlarga moslashtirib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Qozog‘iston avtotransportda benzin va dizel olib chiqishga 2022-yil iyul oyida joriy etilgan taqiqni yana uzaytiradi, shuningdek, mamlakat ichidagi yaxshi hosil tufayli olma importi cheklanadi. Yil boshidan buyon O‘zbekiston Qozog‘iston bozoriga 2,8 mln dollardan ortiq olma yetkazib berdi.
O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yoqubboyev Abu-Dabidagi ochiq turnirda biror mag‘lubiyatsiz g‘olib chiqdi. U 30 ming dollar mukofot puli oldi. Shamsiddin Vohidov ham xuddi shuncha ochko jamg‘ardi, ammo uchinchi o‘rinni egalladi. Ladies guruhida Afruza Hamdamova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Qozog‘iston Tojikistonning Rog‘un GESidan elektr energiyasini O‘zbekiston orqali import qilmoqchi. O‘zbekiston ham avval shu stansiyadan elektr xarid qilishni ko‘rib chiqqandi. Tojikiston GES qurilishini yakunlashga tashqi moliyalashtirish olish uchun energiya yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzishi kerak.
Prezident Toshkent tibbiyot akademiyasi yonida qurilgan Respublika onkologiya markazining yangi majmuasini borib ko‘rdi. Loyiha Janubiy Koreya tajribasi asosida ishlab chiqilgan. Qurilish ishlariga 1,2 trillion so‘m ajratilgan.
O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov AQShda o‘tkazilgan Sinkfild kubogi nufuzli turnirida 3−4-o‘rinlarni egallab, 40 ming dollar mukofot puliga ega bo‘ldi. Oxirgi turda u 27 ta harakatda Yan Nepomnyashiydan ustun keldi. Alireza Firuzja birinchi, Fabiano Karuana ikkinchi o‘rinni egalladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting