Yaponiya janubi-g‘arbida “Shanshan” tayfuni kuzatildi, 200 mingdan ortiq xonadon elektr ta’minotisiz qoldi. Toyota va boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar zavodlarda ishni to‘xtatdi, yuzlab reyslar bekor qilindi. Hukumat mamlakat bo‘ylab 5,2 milliondan ortiq aholini evakuatsiya qilish topshirig‘ini berdi.
IT Park University tez o‘zgaruvchan IT dunyosida talabgir bo‘lish uchun qay tarzda ixtisoslikni tanlash va ko‘nikmalarni rivojlantirish haqida so‘zlab berdi.
Turkiyaning Ushoq shahrida 2020-yildan beri tutqunlikda ushlab turilgan qashqadaryolik ayol qutqarildi. Uni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha ishlar boshlangan. Ayolni tutqunlikda saqlagan turk fuqarosiga jinoyat ishi ochildi.
O‘zbekistonda endilikda yo‘l harakati qoidalari buzilishi bilan bog‘liq chiqarilgan qaror va xabarnomalar bo‘yicha my.gov.uz portali orqali shikoyat yo‘llash mumkin.
Raqobat qo‘mitasi “O‘zbekneftgaz”ning 4,8 mlrd so‘mga yaqin savdolarida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi buzilganiga oid alomatlarni aniqlandi. AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.
Onix turar joy majmuasi foydali to‘lov dasturi bo‘yicha tayyor kadastrli kottejlarni sotib olish uchun moslashuvchan sharoitlarni taklif etadi.
Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarining birinchi kunida o‘zbekistonlik 5 sportchi para suzish bahslarida qatnashadi. Parataekvondochi Ziyodaxon Isoqova (-47 kg) ishtirokini chorak finaldan boshlaydi.
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov prezidentga viloyat va tumanlardagi sanoat bilan “korxonabay” ishlash boshlangani, ularga aylanma mablag‘, elektr va gaz ta’minoti, soliq masalalari bo‘yicha ko‘maklashilayotgani haqida hisobot berdi. Prezident korxonalarga mas’ullarni biriktirish bo‘yicha topshiriq berdi.
Maxsus prokuror Jek Smit Donald Trampning 2020-yilgi saylov natijalarini bekor qilishga urinishi bo‘yicha yangi ayblov xulosasini sudga berdi. Hujjat Oliy sudning AQSh sobiq prezidentlarining qisman jinoiy immunitetga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi qarorini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqildi.
Fransiyaning Parij shahrida yozgi Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Fotojurnalist Husniddin Ato jarayondan olingan suratlarni “Gazeta.uz” bilan bo‘lishdi.
Endi “Xavfsiz Wi-Fi” va Samsung Internet vositalari foydalanuvchi qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, maxfiylikni ta’minlaydi.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi o‘rmon xo‘jaligida yong‘in chiqib, 1,5 gektar maydonda quruq o‘t va shox-shabba yondi. Uni o‘chiirishga 3 ta ekipaj, 30 nafar qutqaruvchi va xo‘jalikning 20 nafar xodimi jalb qilindi.
O‘zbekiston davlat OTMlaridagi super kontrakt miqdorlari tasdiqlandi. Tabaqalashtirilgan kontraktni to‘plagan ballari qabul chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan talabalar to‘lagan holda o‘qishga kirishi mumkin.
Alisher Abdusalomov O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi bo‘ldi. U bunga qadar Oliy Majlis Senati raisi kotibiyatiga rahbarlik qilgan.
Endilikda o‘qotar bo‘lmagan qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod qilinadi. Ilgari bunday norma mavjud bo‘lmagan.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘smatovga “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni va muddatidan oldin podpolkovnik harbiy unvoni berildi.
Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga qabul natijalari e’lon qilinmoqda. Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali tekshirishi mumkin.
Mustaqillik bayramida xavfsizlik uchun javobgar 30 ming xodim, “Tolibon"ning aviatexnikalar O‘zbekistonda qolishiga e’tirozi, festival o‘tkazish yo‘lni asfalt qilishdan muhimroqligini aytgan vazir, olimpiyachilarga mukofot topshirgan prezident va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
MMTV rahbari Hilola Umarova o‘qituvchilarning maoshi qachon 1000 dollarga yetishi haqidagi savolga javob berdi. Hozirda 6000 dan ortiq o‘qituvchi (1,1%) bonuslar bilan qo‘shganda shunday maosh oladi. Vazir o‘rinbosari Temurjon Komilov barcha o‘qituvchilar bir vaqtda 1000 dollar olishining iloji yo‘qligini aytdi.
Shavkat Mirziyoyev Parij olimpiadasi ishtirokchilari bilan uchrashuvda Financial Times kolumnisti Saymon Kuperning “Olimpiya medallari jadvali bizga nimalar haqida hikoya qiladi?” nomli maqolasidan iqtibos keltirdi. “Gazeta.uz” ushbu maqolaning tarjimasini havola etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting