Arxiv

“Men yopiq qo‘rg‘onda yashadim qo‘rqib…”. “Abdulla Oripov” filmi haqida
23 mart 2024, 10:09

“Men yopiq qo‘rg‘onda yashadim qo‘rqib…”. “Abdulla Oripov” filmi haqida

Bir yil avval O‘zbekiston madhiyasi muallifi, xalq shoiri Abdulla Oripov hayoti haqidagi badiiy film premerasi bo‘lib o‘tgan edi. San’atshunos jurnalist Iqbol Qo‘shshayevaning yozishicha, film “o‘zbek kinosi hali ham postkolonial tafakkurdan ozod bo‘lgisi kelmayotganini, bunday istakning o‘zi yo‘qligini ko‘rsatgan”.

IShID-K Moskvadagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, AQSh buni tasdiqlaydi — NYT
23 mart 2024, 05:10

IShID-K Moskvadagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, AQSh buni tasdiqlaydi — NYT

IShID-Xuroson (IShID-K) Moskva yaqinidagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deb yozmoqda The New York Times. Bu ma’lumotni AQSh razvedka xizmatlari tasdiqladi. Ular Rossiyani mart oyi boshida ehtimoliy hujum haqida ogohlantirgan, bir necha kun oldin esa Vladimir Putin buni “shantaj” deb atagandi.

Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga gullar qo‘yib ketilmoqda
23 mart 2024, 04:49

Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga gullar qo‘yib ketilmoqda

Moskva viloyatida terakt sodir etilgani haqidagi xabarlardan so‘ng Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga gullar keltirila boshlandi.

Moskvadagi teraktda jabrlangan O‘zbekiston fuqarolari haqida ma’lumot kelib tushmadi — elchixona
23 mart 2024, 01:17

Moskvadagi teraktda jabrlangan O‘zbekiston fuqarolari haqida ma’lumot kelib tushmadi — elchixona

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Moskva viloyatidagi “Krokus siti holl” binosida ro‘y bergan portlash va otishmada jabrlangan O‘zbekiston fuqarolari haqida ma’lumot kelib tushmaganini ma’lum qildi. Diplomatik missiya huquq-tartibot idoralari bilan aloqada, deyiladi xabarda.

Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi terakt munosabati bilan Vladimir Putinga ta’ziya yo‘lladi
23 mart 2024, 01:04

Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi terakt munosabati bilan Vladimir Putinga ta’ziya yo‘lladi

O‘zbekiston prezidenti Moskvadagi terakt munosabati bilan Rossiya prezidentiga ta’ziya yo‘lladi. Maktubda mamlakat tinch aholiga qarshi terrorchilik harakatini keskin qoralashi qayd etildi.

O‘zbekiston TIV Moskvadagi teraktni qoraladi
23 mart 2024, 00:56

O‘zbekiston TIV Moskvadagi teraktni qoraladi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Moskvadagi teraktni qoraladi. “Terrorizmni oqlab bo‘lmaydi, biz begunoh fuqarolarga nisbatan qilingan zo‘ravonlikni bir ovozdan rad etishga chaqiramiz”, — deyiladi bayonotda.

Uzbekistan Airways Moskvadagi yo‘lovchilardan aeroportlarga vaqtliroq kelishni so‘radi
23 mart 2024, 00:42

Uzbekistan Airways Moskvadagi yo‘lovchilardan aeroportlarga vaqtliroq kelishni so‘radi

Uzbekistan Airways Domodedovo va Vnukovo xalqaro aeroportlaridan parvoz qiladigan yo‘lovchilarni Moskva aeroportlariga belgilangan vaqtdan oldinroq kelishlarini so‘radi. Hozircha parvozlar jadvalida o‘zgarishlar bo‘lgani yo‘q.

Moskvadagi konsert zalida terakt sodir etildi, o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
23 mart 2024, 00:29

Moskvadagi konsert zalida terakt sodir etildi, o‘nlab odamlar halok bo‘ldi

Moskvadagi “Krokus siti holl” konsert zalida qurollangan shaxslar odamlarga qarata o‘t ochdi, kamida 40 kishi halok bo‘lgani, 100 dan ortiq kishi jarohatlangani xabar qilindi. Shuningdek, binoda bir necha portlash va yong‘in sodir bo‘ldi.

Surxondaryoda sel toshqini sabab yuzdan ortiq uyni suv bosdi (video)
22 mart 2024, 13:54

Surxondaryoda sel toshqini sabab yuzdan ortiq uyni suv bosdi (video)

Payshanba kuni Surxondaryo viloyatining turli hududlari jumladan, Qumqo‘rg‘on tumanida kuchli yomg‘ir sabab sel-suv toshqinlari bo‘ldi. Yuzlab xonadon va turar joylarga suv kirdi. Viloyat hokimligi toshqin oqibatlarini bartaraf etmoqda. Tabiiy ofat oqibatida jarohat olganlar yo‘q, deyiladi xabarda.

Bir guruh mahalla tizimi xodimlari mukofotlandi
22 mart 2024, 13:07

Bir guruh mahalla tizimi xodimlari mukofotlandi

Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev bir guruh soha vakillarini orden va medallar bilan mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi.

Qozog‘istonning O‘zbekiston bilan chegarasida odamlar va mashinalar to‘planganiga izoh berildi
22 mart 2024, 12:49

Qozog‘istonning O‘zbekiston bilan chegarasida odamlar va mashinalar to‘planganiga izoh berildi

Navro‘z bayrami hamda Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidagi bir nechta o‘tish punktlaridagi rekonstruksiya munosabati bilan odamlar to‘planib, avtomobillar tirbandligi kuzatilmoqda, deya izoh bermoqda Qozog‘iston chegara xizmati.

“Futbolchilarim o‘z imkoniyatidan ham yuqori o‘yin ko‘rsatdi”. Srechko Katanets — Gonkong ustidan g‘alaba haqida
22 mart 2024, 12:01

“Futbolchilarim o‘z imkoniyatidan ham yuqori o‘yin ko‘rsatdi”. Srechko Katanets — Gonkong ustidan g‘alaba haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanetsning fikricha, uning futbolchilari JCH-2026 saralash o‘yinlarida Gonkongga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Futbolchi Eldor Shomurodov maydonning sifatsizligini qayd etib, OFKdan hamma uchun yagona talabni belgilashni so‘radi.

JCH-2026 saralash bosqichi: O‘zbekiston Gonkongni mag‘lub etdi (video)
22 mart 2024, 11:10

JCH-2026 saralash bosqichi: O‘zbekiston Gonkongni mag‘lub etdi (video)

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Jahon chempionati-2026 saralash bosqichining 3-tur uchrashuvida Gonkong terma jamoasini mag‘lub etdi (video, foto). Jamoa 7 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Tojikistonda bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi
22 mart 2024, 09:09

Tojikistonda bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi

Juma kuni ertalab Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila Toshkent shahri, Sirdaryo (2 ball) va vodiy viloyatlarida ham sezildi (2−3 ball).

Mardlik va jasorat o‘yini. Ko‘pkari haqida Xolida Musulmon fotohikoyasi
21 mart 2024, 19:17

Mardlik va jasorat o‘yini. Ko‘pkari haqida Xolida Musulmon fotohikoyasi

Qishloqlarda ko‘klamning kirib kelishi an’anaviy o‘yinlar bilan nishonlanadi. Ko‘pkari — shulardan biri. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Xolida Musulmon Jizzaxda ko‘pkariga borib, erkaklar nega uloq chopishi, g‘oliblarga qanday sovg‘alar berilishi va nega unda ayollar qatnashmasligi haqida hikoya tayyorladi.

Foto: O‘zbekistonda 1990−2004-yillarda Navro‘z bayrami qanday nishonlangan?
21 mart 2024, 16:14

Foto: O‘zbekistonda 1990−2004-yillarda Navro‘z bayrami qanday nishonlangan?

Toshkent Fotosuratlar uyida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z” nomli ko‘rgazma ochildi. Unda Navro‘z bayramiga oid Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan va O‘zA taqdim etgan 120 dan ortiq fotosuratlar namoyishga qo‘yilgan. Ko‘rgazma 28-martgacha davom etadi.

Dubayning qayerida musulmon olami madaniyati bilan tanishish mumkin?
21 mart 2024, 15:00

Dubayning qayerida musulmon olami madaniyati bilan tanishish mumkin?

Musulmonlar Ramazon oyini Dubayda qanday o‘tkazishlari, qanday diqqatga sazovor joylarga borgan va qanday taomlarni tatib ko‘rgan ma’qulligi haqida amirlikning Iqtisodiyot va turizm departamenti gapirib berdi.

Shavkat Mirziyoyev xalqni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
21 mart 2024, 14:29

Shavkat Mirziyoyev xalqni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

Prezident Navro‘z bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida mamlakatdagi o‘zgarishlar, inson sha’ni va qadr-qimmati, tabiatga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgani, shuningdek, O‘zbekistonni tadbirkorlik uchun eng qulay va jozibador davlatlardan biriga aylantirish borasidagi rejalarni alohida ta’kidlab o‘tdi.

Mahallalar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Mahalla ligasi” o‘tkaziladi
21 mart 2024, 14:16

Mahallalar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Mahalla ligasi” o‘tkaziladi

Prezident mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirishga doir qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, turli yoshdagi ayol va erkaklarning “mahalla terma jamoalari” tashkil etilib, ular o‘rtasida “Mahalla ligasi” o‘tkaziladi. Unda o‘zini ko‘rsatgan yoshlar futbol maktabi va akademiyalariga yo‘naltiriladi.

Kriptobirja va kriptodo‘konlar uchun yig‘imlar oshirildi
21 mart 2024, 10:45

Kriptobirja va kriptodo‘konlar uchun yig‘imlar oshirildi

O‘zbekistonda kriptobirja va kriptodo‘konlar uchun yig‘imlar mos ravishda 1,8 va 9 baravarga oshirildi. ILMA xabarida aytilishicha, ularning faoliyati yetarli darajada rentabel va o‘zgarishlar ularning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting