Xalq deputatlari Oqdaryo tuman kengashi deputati To‘lqin Homidov tumandagi 29-maktab yoniga o‘rnatilgan radar YHX xodimlari tomonidan olib ketilganiga norozilik bildirdi.
Xalq ta’limi vazirligi Samarqand va Namangan viloyatlarida umumta’lim maktablari o‘qituvchilarini majburiy mehnatga jalb etilganligi haqidagi xabarlarni o‘rganmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.
Yevroittifoq «Jasliq» koloniyasining yopilishini olqishlab, penitensiar tizimda ham islohotlar bo‘lishini kutayotganini ma’lum qildi.
15 avgustdan Toshkent jamoat transportida yo‘l haqi 1400 so‘mga qadar oshiriladi.
Sof oltin-valyuta zaxiralari iyul oyida 27,7 mlrd dollarga yetdi.
Moskva viloyatida o‘tkazilayotgan Xalqaro armiya o‘yinlarining «Tank biatloni» yo‘nalishi bo‘yicha yarim final bahslari O‘zbekiston terma jamoasi eng yaxshi natijani qayd etib, finalga yo‘l oldi.
Hokimiyatlarga tadbirkorlik sub’ektlarini majburiy mehnat, homiylik va jamoat tadbirlariga jalb qilish taqiqlandi.
Komil Allamjonov OAV, blogerlar va ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlar moderatorlari nafaqat o‘z ma’lumotlari, balki ular ostidagi soxta akkauntlar yoki trollar qoldirgan fikrlar uchun ham javobgar ekanini ma’lum qildi.
Qozog‘istonda sud 2018 yil yanvarida «Samara — Chimkent» trassasidagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lgan avtobus egasini uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.
Prezident o‘z farmoni bilan rahbarlarga xususiy mulk daxlsizligi to‘g‘risidagi Konstitutsiya normalarini so‘zsiz ijro etish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yukladi. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tashkil etilmoqda.
Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslarga mo‘ljallab qurilayotgan uylar amalda ular uchun jismonan noqulay bo‘lib chiqmoqda. Dilmurod Yusupov ushbu muammoga e’tibor qaratdi.
Prezident qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Hujjat 2020 yil 1 martdan kuchga kiradi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev Yangiyo‘l tumanida qurilgan namunaviy uylar bo‘yicha e’tirozlar o‘z tasdig‘ini topganini ma’lum qildi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Olmaliq shahrida o‘tkazilgan yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha tender savdolarida qonun talablari buzilganini aniqladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Qo‘shrabotda shifokorning sababsiz haqoratlanib, kaltaklangani yuzasidan bayonot berdi.
2020-yil 1-yanvardan O‘zbekiston yana 20 ta davlat fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy etmoqda.
Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning tinchlik jarayonidagi ishtirokini olqishlashi, biroq «Tolibon» rasmiylarining Toshkentda rasmiy qabul qilinganini «tinch muzokaralarga ko‘maklashish» sifatida ko‘rmasligini ma’lum qildi.
Qirg‘izistonning sobiq prezideti Almazbek Atambayev qotillik, ommaviy tartibsizliklarni tashkil etish va boshqa qator og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda.
Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki O‘zbekiston bilan hamkorlikda Afg‘onistonda transport infratuzilmalari va energetika sohalarida loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting