Yosh robototexniklar o‘rtasida o‘tkazilgan RoboCUP televizion musobaqasi g‘oliblari Xitoyning Asian Science Camp oromgohiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Oltita shahar va bitta shaharcha respublika bo‘ysunuviga o‘tkazildi, ularni rivojlantirish Vazirlar Mahkamasidagi yangi bo‘limga yuklatildi.
Toshkentliklar O‘zbekiston viloyatlarida bo‘lib turgan vaqtda hisobga qo‘yishga majbur emasligi ma’lum qilindi.
QHTBT portalida yangi tahrirdagi «Reklama to‘g‘risida"gi Qonun loyihasi joylashtirilgan.
Buxoroda kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan Bohouddin Naqshband xalqaro xotira turnirining g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Toshkent aeroporti bojxonachilari tomonidan 109 million so‘mga teng bo‘lgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari fosh etildi.
Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinni Rossiya kuni bilan tabrikladi.
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov yangi o‘quv yilida kutilganidek maktab formasi majburiy bo‘lmasligini ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev 13−14 iyun kunlari Bishkekdagi SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi yig‘ilishi, 15 iyunda esa Dushanbeda Osiyoda Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash anjumanida ishtirok etadi.
Yarim himoyachi Eldor Shomurodov Suriyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida dubl qayd etib, O‘zbekiston termasiga g‘alaba olib keldi.
Rossiya ichki ishlar vaziri «Meduza» jurnalisti Ivan Golunovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi to‘xtatilganini e’lon qildi.
Xorijga chiqish pasportini berish uskunalar yetishmasligi sababli kechikmoqda. IIV chet elga ketish istagida bo‘lganlar bunchalik ko‘p bo‘lishini kutmaganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston prezidenti hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki rahbari investitsiya loyihalarini va kreditlarni o‘zlashtirishni tezlashtirish, bankning mamlakatdagi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi ko‘magini kengaytirishni muhokama qildi.
Toshkent IIBB fuqarolar xavfsizligi uchun ko‘p qavatli uylar hovlilariga mashinalar kirishini taqiqlash bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
Hukumat qarori bilan Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
«S.Najimov» chegara bojxona posti xodimlari 4,5 mm kalibrli nomli pnevmatik o‘qlar, 6 dona gaz balonchiklar va bir dona pistoletni olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaroni to‘xtatdilar.
YeXHT kuzatuvchilar missiyasi Qozog‘istondagi prezidentlik saylovida ko‘plab qonunbuzarliklar haqida xabar berdi.
Prezident qarori asosida Milliy kutubxona qoshida 186 ta tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari tashkil etiladi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga qo‘yish tartibi yuzasidan «Yuksalish» umummilliy harakati o‘rganishlar natijalarini taqdim etdi.
Toshkentda daraxt qulashi bilan bog‘liq 150 ta murojaatlarga javob berildi hamda 17 ta voqea joylariga tegishli kuch va vositalari yo‘naltirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting