Bosh prokuratura tuzilmasida Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini rivojlantirish sohasida qonunchilik ustidan nazorat boshqarmasi tashkil etildi.
Bruklinda (Nyu-York) furgon urib yuborishi oqibatida o‘zbekistonlik uch yoshli bola hayotdan ko‘z yumdi.
Markaziy bank kiberjinoyatchilikka qarshi kurash laboratoriyasini ochdi. Ushbu yo‘nalilda Rossiya MBning Axborot xavfsizligi departamenti — FinCERT bilan hamkorlik qiladi.
Prezident qaroriga muvofiq XTV tuzilmasida fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti tashkil etildi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov narkotrafik va terrorizmga qarshi kurash uchun Markaziy Osiyo davlatlari va ularning hamkorlari o‘rtasida tezkor axborot almashinuvini kuchaytirish lozimligini ma’lum qildi.
Senat qayta tiklanuvchi manbalardan energiya ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilariga imtiyozlar berishni ko‘zda tutgan qonunni ma’qulladi.
«Yerga nisbatan xususiy mulkchiliksiz bozor iqtisodiyoti to‘liq bo‘lmaydi». Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunga izoh berdi.
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov tungi vaqtlarda ishlovchi restoran, kafe va boshqa ko‘ngilochar maskanlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha «minimal» talablarni ma’lum qildi.
Abdulaziz Kamilov Markaziy Osiyoda giyohvand moddalari aylanmasi bo‘yicha xavotirli tendensiyalarni sanab o‘tib, mintaqa mamlakatlarida chegara va bojxona nazoratini kuchaytirishga chaqirdi.
Toshkentdagi «Chinni bozor» bekatida 147-avtobus urib yuborgan ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi.
O‘zbekistonda aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini himoya qilishga javobgar vazirlik tuziladi.
Senat raisi nogironlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, nogironlikni belgilashda qator qiyinchiliklar va sun’iy to‘siqlar yuzaga kelayotganini bildirdi.
Kuchuk bolasini qiynagan bolalarning ota-onalari ma’muriy javobgarlikka tortildi, bolalar esa profilaktik hisobga kiritildi.
Advokat Yunusobod tumanining sobiq hokimi v. b. Baxtiyor Abdusattorovning oqlanishini so‘radi. Himoyachi nima uchun sudlanuvchining aybsiz deb topish kerakligini asoslab, tergov organlari yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni sanab o‘tdi.
Senat «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi qonunini tasdiqladi.
Manchesterda o‘tkaziladigan taekvondo WTF bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi ma’lum bo‘ldi.
Senatorlar «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini muhokama qilib, ma’qulladilar.
Yangiyo‘l shahrida yashovchi T.X. mast holda oilaviy janjal tufayli qizi S.U.ga pichoq bilan jarohat yetkazgani oqibatida qo‘lga olindi.
Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev ovqatdan zaharlanish bilan bog‘liq muammolar haqida fikr bildirdi.
«Sirdaryo» chegara bojxona postida sport sumkalariga yashirilgan 530 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan mahsulotlar to‘xtatib qolindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting