May oyining ilk kunlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, biroq hafta oxiriga borib kam bulutli iliq ob-havo o‘rnatiladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan urush faxriylariga yordam ko‘rsatib, qabristonlarni obodonlashtirish va yodgorliklarni yangilashda ishtirok etdi.
Hukumat davlat ulushi bo‘lgan kompaniyalar kuzatuv kengashlari tarkibiga kiruvchi amaldorlarga haq to‘lashga cheklov o‘rnatdi.
Endilikda oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishda 086-U-shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma talab qilinmaydi. Turk tilini chet tili sifatida o‘qigan abituriyentlar ham mazkur tildan ko‘p balli baho tizimi bo‘yicha imtihon topshiradi.
Minsk traktor zavodi Belarusni ozod qilishda qatnashgan 100 yoshli o‘zbekistonlik urush faxriysiga traktor sovg‘a qildi.
Toshkent viloyati vaksina saqlash omborida 64 ming bola uchun 12 turdagi infeksion kasalliklarga qarshi vakinalar saqlanadi. 2020-yil oxirigacha yana 20 ta ombor quriladi.
Xalq ta’limi vazirligi o‘quv dasturlari va standartlarini qayta ko‘rib chiqish uchun AQSHdan professor jalb qildi.
Vestminster universiteti xodimini avtomobilida urib yuborib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan Bosh prokuraturaning sobiq haydovchisiga 2 yil sinov muddati bilan shartli 4 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, investor Muhammadbobur Xodjayev va quruvchi Aziz Zokirov jurnalistlar oldida xususiy qurilishlar sifatida rasmiylashtirilgan ko‘p qavatli uylar, ularning sifati, hokimiyatga nisbatan ayblovlar, korrupsiya va boshqa muammolarni muhokama qildi (+video).
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent viloyatida avtobus avariyasida 27 kishi jarohat olganini ma’lum qildi. Tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng ularning aksariyatiga ruxsat berilgan.
Samarqandda viloyat IIBning yangi tashkil etilgan xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi hamda «Situatsion markaz» uchun bunyod etilgan bino foydalanishga topshirildi.
«Urganch — Moskva» yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistondan uchib ketayotgan fuqaro o‘zga shaxsga tegishli 3000 AQSH dollarini olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs fosh etildi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan yetishtirilgan boshoqli don ekinlari hosildorligi va yalpi hosilini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
«Metallurg» — «Qo‘qon-1912» uchrashuvini boshqargan Ahrol Risqullayev penalti belgilashda xato qilgani uchun superliga o‘yinlaridan chetlatildi.
«Faxrabad» poligonida O‘zbekiston hamda Tojikiston mudofaa idoralarining razvedka bo‘linmalari harbiy xizmatchilari ishtirokida qo‘shma trening o‘tkazildi.
Toshkent viloyatida shinasi yorilib ketishi natijasida 50 yo‘lovchi, jumladan 37 nafar maktab o‘quvchisi bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi, 7 kishi jarohatlandi.
Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
O‘zbekiston boks bo‘yicha Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi, erkaklar terma jamoasi esa musobaqaning eng yaxshi jamoasi bo‘ldi.
«Bir mahalla — bir mahsulot» tamoyili bo‘yicha ixtisoslashish bir mahallada faqat bir mahsulot ishlab chiqarilib, boshqasini taqiqlash degani emas, deya ma’lum qildi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting