Toshkent hokimligi Chilonzor ko‘chasi loyihasini qayta ko‘rib chiqib, yo‘laklar sonini 6 tadan 4 taga qisqartirish, ortib qolgan joyni yashil hududga aylantirishga qaror qildi. «Gazeta.uz» shoshmaslik, mutaxassislarni jalb qilish va aholini tinglashni taklif qiladi.
2021-yilda Xalqaro biologiya olimpiadasida oltin, 2022-yilda bronza medallarini qo‘lga kiritgan Aziza Abduvaliyeva “Gazeta.uz” bilan suhbatda “xalqaro olimpiada — bolaga o‘zini ko‘rsatish uchun maydon” ekanini aytdi. Shuningdek, biologiyani o‘rganishdagi muammolar, olimpiadadagi ishtiroki haqida so‘zlab berdi.
Shaxmat Olimpiadasida o‘zbekistonliklar Germaniya terma jamoasini mag‘lub etishdi. Milliy terma jamoa turnir yakunlanishiga uch tur qolganda 3-o‘rinni egallab turibdi. Navbatdagi o‘yinda o‘zbekistonliklar musobaqa peshqadami — Armaniston bilan kuch sinashadi. Ayollar terma jamoasi Shimoliy Makedoniyani mag‘lub etdi.
Toshkentda ko‘chani kengaytirish va «obodonlashtirish» bo‘yicha qabul qilingan navbatdagi qaror natijasida 100 ga yaqin ko‘p yillik daraxtga zarar yetkazildi. Jamoatchilik noroziligidan so‘ng loyiha qayta ko‘rib chiqildi, ammo ba’zi daraxtlar qurib qolishi mumkin.
O‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi tashkil etilganiga bir yil to‘ldi. Assotsiatsiya raisi Oybek Norinbayev ushbu tashkilot oldida turgan asosiy vazifalar, milliy sport turlari va xalq o‘yinlarining jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati, shuningdek, tashkilot oldida turgan muhim vazifalar haqida ma’lumot berdi.
Toshkent xalqaro aeroporti va vokzal oldidagi maydonni rekonstruksiya qilish ishlari 2023-yil oxirigacha yakunlanadi. O‘tkazuvchanlik ikki martaga ortadi. Aeroport taksi operatorini tanladi, tariflar kelishilgan holda belgilanadi. Avtoturargoh avtomatlashtiriladi, onlayn joy tanlash va to‘lash imkoni yaratiladi.
Hukumat qarori bilan 1-yanvardan advokatlik faoliyati maxsus elektron tizim orqali litsenziyalanadi. Talabgor yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yillik, advokatlik tuzilmasida esa 3 oylik tajribaga ega bo‘lishi kerak. Malaka imtihonidan muvaffaqqiyatli o‘tganlarga cheklanmagan muddatga litsenziya beriladi.
Toshkentda Tesla Model X va Cobalt avtomobillari to‘qnashdi. Buning oqibatida elektromobil qatnov qismidan chiqib ketdi. Jabrlanganlar yo‘q.
Yil boshidan buyon o‘qishga kiritish bilan bog‘liq 127 ta jinoyat fosh etildi, shundan 34 tasi o‘qishni xorijdan O‘zbekistonga ko‘chirish bilan bog‘liq. Hududlar kesimida eng ko‘p jinoyat Andijon, Farg‘ona va Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda. 200 nafar huquqbuzardan 31 nafari ta’lim sohasida ishlashi ma’lum bo‘ldi.
Kiberxavfsizlik ta’minlangan vazirlik va idoralarning Top-10 taligi e’lon qilindi. Reytingda Adliya vazirligi (97.3 ball), Markaziy bank (97 ball), Statistika qo‘mitasi (95.2 ball) va Bojxona qo‘mitasi (95.1 ball) yuqori o‘rinlarni egalladi.
Shaftolili «Svetayevskiy» pirogi, shaftolili yozgi pirog, shaftoli bilan tayyorlangan qovunli va malinali smuzilar, shaftolili muzqaymoq, shaftoli va tvorogli xamirdan qilingan pirog, shaftolili limonad va boshqalar — Zira.uz turli xil shirin shaftolili shirinliklar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Shaxmat olimpiadasining yettinchi turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Peru ustidan g‘alaba qozonib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jamoa hali turnirda mag‘lub bo‘lmagan beshta davlatdan biri bo‘lib turibdi. Ayollar terma jamoasi esa Serbiyaga imkoniyatni boy berdi.
O‘zbekiston TIV Londondagi Ozarbayjon elchixonasiga uyushtirilgan hujumni qat’iy qoraladi. Hujumchilar Ozarbayjon bayrog‘ini yirtib tashlagan va binoga arabcha yozuvlar yozib qo‘ygan. Sakkiz kishi hibsga olingan.
Bolgariyada bo‘lib o‘tayotgan taekvondo WT bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik Marjona Xudoyqulova hamda Nazarali Nazarov kumush, Gulshanoy Ismoilova esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Issiq dam kunlari, soliq maslahatiga oid yangi qonun, Navoiyda ochiladigan Xalqaro shaxmat maktabi, deputatlar oldida hisobot beradigan IIB boshliqlari, Nukusdagi holat haqidagi «Gazeta.uz» maqolasini «yolg‘on» degan deputat, asorat bilan tug‘ilayotgan chaqaloqlar va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.
Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida to‘xtatilgan Damas avtomobilida 18 nafar yo‘lovchi — kattalar va bolalar olib ketilayotgani aniqlandi.
Qirg‘izistonda deputat hukumatdan O‘sh aeroportida taksichilar ustidan shikoyat qilayotgan o‘zbekistonlik yo‘lovchilarning tranziti uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni so‘radi. «O‘zbekiston fuqarolari O‘sh orqali o‘zlariga xush kelganidan uchib o‘tayotgani yo‘q. Shunda chipta 150 dollarga arzonroq bo‘ladi», — deydi u.
Prezident qaroriga ko‘ra, Navoiydagi “To‘dako‘l” dam olish bazasida Xalqaro shaxmat maktabi tashkil etiladi. Qolaversa, 2023-yildan boshlab har yili mukofoti 50 ming dollarlik “Women's Chess Championship” xalqaro turniri hamda “Uzbekistan Chess Open” xalqaro turniri o‘tkaziladi.
Toshkentning Abdulla Qodiriy ko‘chasida Lacetti avtomobili haydovchisi bir insonni urib yubordi. Piyoda voqea joyida vafot etgan.
Davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilishga oid tizim va qonun loyihasi allaqachon tayyor, dedi Antikorrupsiya agentligi rahbari. U keyinroq qonun loyihasi xalqaro tashkilotlar e’tirozi tufayli takomillashtirilayotganini aytdi. Prezident farmoniga muvofiq, tizim 1 yanvardayoq ishga tushishi kerak edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting