Hukumat qarori bilan bitiruvchilar jamg‘armasi tashkil etildi hamda jamg‘arma nizomi tasdiqlandi.
Shahrisabzda endi tug‘ilgan chaqaloqni 10 million so‘mga sotib, bu haqda tilxat bergan fuqaro qo‘lga olindi.
Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin.
Valyuta savdosi bilan shug‘ullangan xivalik fuqaro 200 AQSH dollarini noqonuniy ravishda sotib olayotganida qo‘lga olindi.
Toshkent hokimiyati Tumaris qandolatchilik fabrikasidan yer uchastkasi olib qo‘yilgani uchun 2,7 mlrd so‘m tovon puli to‘laydi.
Prezident 2028-yilgacha qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqladi. Ushbu muddatgacha 100 foiz aholi qamrab olinib, qayta ishlash 60 foizga yetkaziladi.
Fransiyaning Airbus korporatsiyasi O‘zbekistonga 34 ta vertolyot yetkazib berish maqsadi to‘g‘risidagi maktubni imzoladi.
Nodir Namozov Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Adliya vazirligi Davlat test markazidan test markazidan o‘tgan yillarda ta’lim muassasalarini tamomlagan abituriyentlardan to‘lov unidirish taklifini qayta ko‘rib chiqishni talab qildi.
1 maydan Humo kartalarini chiqarish boshlanadi. Hozirda MB va boshqa banklar xodimlari milliy to‘lov tizmi infratuzilmalarini sinovdan o‘tkazmoqda.
O‘zbekistonda birinchi chorakda qotilliklar 26,9 foizga qisqardi, deya xabar qildi Bosh prokuratura.
Yekaterinburgdagi yong‘in va gazdan zaharlanish natijasida to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi.
Propiska bekor qilinsa, Toshkentda maoshlar pasayib ketadimi? Bu qaror aholi daromadlarining o‘sishiga olib keladi, stereotiplar va mahalliychilikka zarba beradi hamda jamiyatga boshqa naflar keltiradi, deb yozadi iqtisodchilar Behzod Hoshimov va Nuriddin Ikromov.
Farg‘onada bir fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atish, qamatish bilan tahdid qilib, 500 dollar pora olgan 2 nafar ichki ishlar xodimi ushlandi.
O‘zbekistonda 2023-yildan elektr energiyasi tariflarini eng kamida uch yilga muzlatish rejalashtirilmoqda. Tariflarni shakllantirish prinsiplari belgilandi.
O‘zbekiston va Belarus poytaxtlarning savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorligi to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi. Toshkent va Minsk birodarlashgan shaharlar maqomiga ega bo‘lishi mumkin.
Toshkentda ochilgan birinchi inklyuziv maktabgacha ta’lim muassasasida umumta’lim guruhlari hamda ruhiy rivojlanishda ortda qolgan bolalar uchun guruhlar tashkil etiladi.
Hukumat qarori bilan DSP ishlab chiqaruvchilar olib kiriladigan xom ashyo va asbob-uskunalar uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etilishi belgilandi.
Suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni shakllantirish, deklaratsiya qilish va belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Zomin tumanida 136 million 700 ming yevrolik sement zavodi, 12 million dollarlik temir-beton mahsulotlari tayyorlanadigan zavod qurilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting