Arxiv

O‘zbekiston va Ozarbayjon 500 mln dollarlik investitsiya fondini ishga tushiradi
1 avgust 2022, 21:44

O‘zbekiston va Ozarbayjon 500 mln dollarlik investitsiya fondini ishga tushiradi

O‘zbekiston va Ozarbayjon qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish uchun investitsiya fondini ishga tushiradi. Bir hafta ichida uni yaratish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqiladi, deya ma’lum qildi bosh vazir o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev.

Laylo Hasanova Bolgariyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida eng yaxshi taekvondochi deb topildi.
1 avgust 2022, 21:13

Laylo Hasanova Bolgariyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida eng yaxshi taekvondochi deb topildi.

Bolgariyada taekvondo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida musobaqa tashkilotchilari o‘zbekistonlik Laylo Hasanovani eng yaxshi taekvondochi qiz, deb e’tirof etdi. U jahon chempioni bo‘ldi, yana 9 nafar sportchi terma jamoa hisobiga 1 kumush va 8 bronza medalini yozdirib qo‘ydi.

Afg‘oniston 2022 yilda elektr energiyasi uchun to‘lovlarni tizimli ravishda amalga oshirmoqda — O‘zbekiston Energetika vazirligi
1 avgust 2022, 21:08

Afg‘oniston 2022 yilda elektr energiyasi uchun to‘lovlarni tizimli ravishda amalga oshirmoqda — O‘zbekiston Energetika vazirligi

Afg‘onistonning 2021 yil uchun O‘zbekistondan elektr energiyasi bo‘yicha qarzi yo‘q. O‘tgan yil yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun to‘lov to‘liq amalga oshirilgan, 2022 yil uchun yetkazib berish bo‘yicha hisob-kitoblar tizimli asosda amalga oshirilmoqda, deb xabar qildi Energetika vazirligi.

Iqlim o‘zgarishi: faktlar, asoslar va dalillar
1 avgust 2022, 20:00

Iqlim o‘zgarishi: faktlar, asoslar va dalillar

Iqlim o‘zgarishi muammosi yildan-yilga dolzarblashib bormoqda. Nima sababga ko‘ra iqlim bunchalik injiq bo‘lib qoldi? Bu holatni o‘zgartirish uchun biz nima qilishimiz lozim? Bizni kelajakda nimalar kutmoqda? «Gazeta.uz» ushbu maqolada barchamizni qiynayotgan savollarga javob beradi.

Chorvoqdagi «Piramidalar» dam olish maskani 208 mlrd so‘mga sotildi
1 avgust 2022, 19:37

Chorvoqdagi «Piramidalar» dam olish maskani 208 mlrd so‘mga sotildi

Chorvoq suv omborining chap qirg‘og‘ida joylashgan «Chorvok oromgohi» («Piramidalar») dam olish maskani 208 mlrd so‘mga sotildi. Tenderda VIP Logistics g‘olib bo‘ldi.

Samarqandda ikki ayol nima sababdan kaltaklandi?
1 avgust 2022, 18:05

Samarqandda ikki ayol nima sababdan kaltaklandi?

Tarmoqlarda Samarqandda erkaklar ikki ayolni kaltaklagani aks etgan video tarqalgandi. Bunga ayollar boshqa bir ayol bilan janjallashib qolgani va erkaklarning mashinalariga shikast yetkazgani sabab bo‘lgani aytilmoqda. Videodagi bolakay esa ayolning farzandi emasligi ma’lum bo‘ldi. Tomonlarning fikri.

Twitter va boshqa ijtimoiy tarmoqlar blokdan chiqarildi
1 avgust 2022, 17:07

Twitter va boshqa ijtimoiy tarmoqlar blokdan chiqarildi

AKT vazirligi O‘zbekistonda o‘tgan yilning yozidan beri blokda bo‘lgan Twitter, «Vkontakte» tarmoqlari hamda WeChat messenjeridan foydalanish bo‘yicha cheklov olib tashlanganini ma’lum qildi. TikTok platformasiga kirish esa hozircha tiklanmadi.

O‘zbekistonning sakkizta viloyatida sel kelish xavfi e’lon qilindi
1 avgust 2022, 16:18

O‘zbekistonning sakkizta viloyatida sel kelish xavfi e’lon qilindi

2−5 avgust kunlari sakkizta viloyatning tog‘li hududlarida yomg‘ir va do‘l yog‘ishi oqibatida sel-suv toshqinlari yuz berishi xavfi e’lon qilindi. O‘zgidromet aholi va haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.

NKMK $1,2 mlrdlik xalqaro kreditni jalb qildi
1 avgust 2022, 15:52

NKMK $1,2 mlrdlik xalqaro kreditni jalb qildi

JPMorgan Chase, Citi, Societe Generale i Credit Suisse`dan iborat xorijiy banklar konsorsiumi Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga investitsiya dasturini amalga oshirish uchun 1,2 mlrd dollar kredit ajratdi.

O‘zbekiston ilk bor stenddan o‘q otish bo‘yicha OCH g‘olibligini qo‘lga kiritdi
1 avgust 2022, 15:33

O‘zbekiston ilk bor stenddan o‘q otish bo‘yicha OCH g‘olibligini qo‘lga kiritdi

Shohruh Sadirov Olma-ota shahrida bo‘lib o‘tgan stenddan o‘q otish bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekiston uchun ushbu sport turi bo‘yicha qit’a chempionatidagi ilk bosh sovrin hisoblanadi.

Avgustda qanday ob-havo kuzatiladi?
1 avgust 2022, 15:15

Avgustda qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda avgust oyida havo harorati iyulga qaraganda 1,5−2,5 daraja salqinroq bo‘ladi. Bu yilgi avgust nisbatan qulay harorat bilan boshlanadi va oy oxiriga qadar ustunlik qiladi. Biroq, juda issiq ob-havo kuzatilishi ehtimoldan holi emas, deb xabar qildi O‘zgidromet.

IT-mutaxassislar uchun sovrini $1 mlnlik prezident tanlovi o‘tkaziladi
1 avgust 2022, 12:51

IT-mutaxassislar uchun sovrini $1 mlnlik prezident tanlovi o‘tkaziladi

Inha universiteti talabasi Yasmina Ablayeva Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatda har yili IT-muxatassislar uchun prezident tanlovini o‘tkazish taklifini bildirdi. Davlat rahbari buning uchun $1 mlnlik ajratilishini ma’lum qildi. «Biz bu pulni topib, tanlovni e’lon qilishga harakat qilamiz», — dedi prezident.

Hafta davomida havo isib ketmaydi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi
1 avgust 2022, 11:54

Hafta davomida havo isib ketmaydi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi

Avgust oyi quruq va biroz issiq ob-havo bilan boshlanadi, harorat +39 darajagacha ko‘tariladi. Ayrim hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li va tog‘ oldi hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi kutilmoqda. Shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayadi.

O‘zbekiston, Turkiya va Ozarbayjon ilk bor uch tomonlama muzokara o‘tkazadi
1 avgust 2022, 11:15

O‘zbekiston, Turkiya va Ozarbayjon ilk bor uch tomonlama muzokara o‘tkazadi

Toshkentda ilk bor O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon tashqi ishlar, savdo va transport vazirlari uch tomonlama muzokara o‘tkazadi. «Bu mutlaqo yangi mexanizm», — dedi O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Navoiyda 3,2 mlrd so‘mlik 30 dona mayning qurilmasi o‘g‘rilab ketildi
1 avgust 2022, 11:04 1

Navoiyda 3,2 mlrd so‘mlik 30 dona mayning qurilmasi o‘g‘rilab ketildi

Navoiy viloyatida qiymati 3 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 30 dona AntMiner T19 mayning qurilmasini o‘g‘rilagan ikki shaxs qo‘lga olindi. Hozirgacha 13 ta qurilma topilgan.

Andijon va Jizzax viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
1 avgust 2022, 10:08

Andijon va Jizzax viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Dilshadbek Karimov Andijon viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga, Akmal Savurbayev Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. O‘tkirbek Raxmanov esa Zafarobod tumaniga hokim bo‘ldi.

Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha umumxalq muhokamasi yakunlandi
1 avgust 2022, 09:50

Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha umumxalq muhokamasi yakunlandi

O‘zbekiston Konstitutsiyasini o‘zgartirish bo‘yicha fuqarolarning takliflarini qabul qilish muddati o‘z yakuniga yetdi. Konstitutsiyaviy komissiya 117 mingdan ortiq taklif yuborilganini ma’lum qildi. Deputatlar loyihani takomiliga yetkazadi. Bu jarayon qanchalik ochiq bo‘lishi esa hozircha noma’lum.

1 avgustdan nimalar o‘zgaradi?
1 avgust 2022, 00:35

1 avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Mobil-ID tizimi, Ochiqlik indeksi yuritiladigan davlat organ va tashkilotlari, nogironligi bo‘lgan shaxslarga 15 mln so‘mgacha subsidiya berilishi, kinoteatrlar uchun ishga tushgan maxsus axborot tizimi, «O‘ztransgaz» kompaniyasining huquqiy vorisiga aylangan «UzGasTrade» — 1 avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Toshkentda yuk avtomobili bilan to‘qnashib ketgan Matiz haydovchisi vafot etdi
31 iyul 2022, 14:56

Toshkentda yuk avtomobili bilan to‘qnashib ketgan Matiz haydovchisi vafot etdi

Toshkentning Bektemir tumanida Matiz va Howo yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.

Toshkent viloyatida 2 gektar yerni $500 mingga sotishga uringanlikda gumon qilingan shaxs ushlandi
31 iyul 2022, 13:24

Toshkent viloyatida 2 gektar yerni $500 mingga sotishga uringanlikda gumon qilingan shaxs ushlandi

Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida fuqaro boshqa fuqaroga qarashli issiqxona uchun ajratilgan 2 gektar yer maydonini ishlab chiqarish sexi qurmoqchi bo‘lgan shaxsga 500 ming dollarga sotishga uringanlikda ayblanmoqda. U so‘ralgan puldan 50 ming dollarini olgan vaqtida DXX tomonidan qo‘lga olindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting