YeTTB Tallimarjon IES uchun quvvati 900 MVt bo‘lgan gaz turbinalarini o‘rnatish uchun 240 mln dollargacha miqdorda kredit ajratmoqda.
Loyiha boshqaruvi milliy agentligining davlat xaridlari va litsenziyalash bo‘yicha vakolatlari boshqa davlat idoralariga o‘tkazildi.
Markaziy Osiyo va Hindiston tashqi ishlar vazirlari Afg‘onistonda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
O‘zbekiston velopoygachilari Jakartadagi Osiyo chempionatida yetti medalni qo‘lga kiritdi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Yangiqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tadbirda ikki fuqaroning noqonuniy tovarlarlar saqlayotgani aniqlandi.
Hukumat qarori bilan «O‘zagroservis» AJ xodimlari ham Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkinligi belgilandi.
O‘zbekiston futbolchilari 2019-yilgi Osiyo Kubogida Turkmaniston darvozasiga javobsiz to‘rtta gol kiritdi. Eldor Shomurodov dubl qayd etdi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi va vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi.
Bosh prokuratura Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 23 yoshli yigitning o‘z joniga qasd qilishiga tuman hokimiyatidagi yig‘ilishning aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi.
55 nafar O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘iston hududida Toshkentdan Krasnoyarskka yo‘l olgan nosoz avtobusdan evakuatsiya qilindi.
Toshkentda ilk marotaba «Alpomish» dostoni to‘liq jonli ijro etiladi. Doston kechalari 5 kun davom etadi.
Buvayda tumanida axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan shaxs yeri zaxiraga qaytarilgan fermerni chuv tushirdi.
Prezident farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilgacha urbanizatsiyani rivojlantirish Konsepsiyasi ishlab chiqiladi.
13,6 million so‘mlik televizorlar uchun bojxona to‘lovini amalga oshirmay olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxsning rejasi fosh etildi.
Prezident farmoni bilan yuridik shaxslar bino va inshootlari, sanoat infratuzilmasi ob’ektlari joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga ega bo‘ldi.
Yangi tashkil etilgan Iqtisodiyot va sanoat vazirligi rahbariyati — Botir Xodjayev, Ravshan G‘ulomov, Umidjon Salimov, Sohib Saifnazarov va Botir Usmonov.
Prezident farmoniga ko‘ra Iqtisodiyot vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi etib qayta tashkil etildi.
Shavkat Mirziyoyevning Erkinjon Turdimovni Samarqand viloyati hokimi etib tasdiqlash bo‘yicha tavsiyasi Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Toshkentda Hindiston bilan hamkorlikda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki tashkil etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting