Osiyo kubogi guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Eron — Iroq o‘yinini Ravshan Ermatov boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar boshqaradi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Rossiyaning «Metrovagonmash» AJ bilan yerosti metrosi uchun beshta sostav xarid qilish to‘g‘risidagi memorandumga erishdi.
Pasportlar o‘rniga ID-kartalarni joriy etish 2021-yilga qoldirildi. Ularni Toshkentda noyabrdan joriy etish rejalashtirilgan edi.
Olot tumani hokimi o‘zi kaltaklagan fermerdan kechirim so‘radi. Buxoro viloyati hokimi tomonlarni yarashtirib qo‘ydi.
SSV Germaniyaning OPASCA German Oncology Solutions GmbH tashkiloti bilan 50 million yevro qiymatidagi klinika qurishga kelishib oldi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligida sovrindor bo‘lgan sportchilar hamda ularning murabbiylarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
«Barkamol avlod» markazida bolalarga robot va dasturlarni ishlab chiqishni o‘rganish imkonini beruvchi RoboCraft kurslarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mahmud Istamov va Xudoyor Meliyev prezident qaroriga binoan Adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Jakartada o‘tkazilgan velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatida 7 ta medalni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik sportchilar Toshkent aeroportida kutib olindi.
Qamchiq dovonida qor ko‘chkisi xavfi borligi sababli avtomobil qatnovi vaqtinchalik to‘xtatildi.
Poytaxtning magistral kanallariga tutash hududlarda «Book cafye» va «Open air» kinoteatrlari tashkil etiladigan bo‘ldi.
Prezident matbuot xizmati tashriflari sanalarini ma’lum qildi — Shavkat Mirziyoyev 17−18 yanvarda Hindistonga, 20−22 yanvarda Germaniyaga boradi.
O‘zbekistonga olib kirilgan va mamlakatda ishlab chiqarilgan mobil uskunalarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi nizom loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Ichki ishlar tizimida xizmat qilgan 174 nafar xodim jinoyatga qo‘l urgani uchun javobgarlikka tortildi.
Zarafshon milliy tabiat bog‘ida sayyohlar davomiy va qisqa muddatli dam olishi mumkin bo‘lgan kurort hudud tashkil etiladi.
Toshkentdagi nemis tilini chuqurlashtirgan holda o‘qitish bo‘yicha 60-sonli ixtisoslashgan maktabga nemis shoiri va mutafakkiri Iogann Volfgang fon Gyote nomi berildi.
Hafta o‘rtasi iliq va quruq bo‘ladi, biroq dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin.
O‘zbekistonda to‘rt oy o‘tib yana Facebook, YouTube va VK ochilishni boshladi. Bunga qadar bir necha soat internetga ulanishda muammolar bo‘ldi.
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zA muxbiri bilan suhbatda jinoyatlar soni kamayganini bildirdi.
«Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting