Arxiv

Yunusoboddagi do‘konlarda yong‘in sodir bo‘ldi (video)
10 avgust 2024, 15:15

Yunusoboddagi do‘konlarda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Toshkent shahridagi do‘konlarning birida yong‘in yuz berdi. FVBning ma’lum qilishicha, yong‘in 21 daqiqada o‘chirilgan.

TezJet aviakompaniyasi Bishkekdan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
10 avgust 2024, 14:29

TezJet aviakompaniyasi Bishkekdan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

3-sentabrdan Qirg‘izistonning TezJet aviakompaniyasi Bishkek-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar haftasiga to‘rt marta — seshanba, chorshanba, juma va shanba kunlari rejalashtirilgan.

Samarqandda ham haydovchilar uchun imtihon markazi ish boshladi
10 avgust 2024, 13:28

Samarqandda ham haydovchilar uchun imtihon markazi ish boshladi

Samarqand viloyatida haydovchilik guvohnomasi uchun fuqarolardan imtihon oluvchi markaz ishga tushdi. Ochilish marosimida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va YHXXning yangi boshlig‘i Sherzod Ibragimov qatnashdi.

Andijonda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanganlar 5 va 3 yilga qamaldi
10 avgust 2024, 11:53

Andijonda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanganlar 5 va 3 yilga qamaldi

Andijon viloyatida umumiy qiymati 1,6 mlrd so‘mlik dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan ikki shaxsga hukm o‘qildi. Ulardan biri 5 yilga, ikkinchi esa 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Parij-2024 taqvimi: 10-avgust kuni uch sportchimiz oltin medal uchun bellashadi
10 avgust 2024, 11:13

Parij-2024 taqvimi: 10-avgust kuni uch sportchimiz oltin medal uchun bellashadi

Olimpiya o‘yinlarining 15-kunida O‘zbekistonning 10 nafar atleti sportning 7 turi: boks, kurash, badiiy gimnastika, taekvondo, og‘ir atletika, zamonaviy beshkurash va yengil atletika bo‘yicha chiqish qiladi. Yana ikki bokschi va erkin kurashchimiz oltin medal uchun final bahslarini o‘tkazadi.

Bokschi Lazizbek Mullojonov Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi
10 avgust 2024, 02:05

Bokschi Lazizbek Mullojonov Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullojonov finalda kelib chiqishi kubalik bo‘lgan ozarbayjonlik raqibini mag‘lub etib, Olimpiya o‘yinlaridagi ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi. Beshinchi “oltin” O‘zbekiston uchun barcha Olimpiadalar rekordi bo‘ldi. Jamoa medallar jadvalida 14-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Taekvondochi Ozoda Sobirjonova jangning so‘nggi soniyalarida Olimpiada bronza medalini qo‘ldan boy berdi
10 avgust 2024, 01:07

Taekvondochi Ozoda Sobirjonova jangning so‘nggi soniyalarida Olimpiada bronza medalini qo‘ldan boy berdi

O‘zbekistonlik 21 yoshli taekvondochi Ozoda Sobirjonova Olimpiada bronza medali uchun kechgan bahsda so‘nggi uch soniyagacha oldinda borganiga qaramay, yakunda belgiyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi.

Bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Olimpiya chempioni (video)
10 avgust 2024, 00:57

Bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Olimpiya chempioni (video)

O‘zbekistonlik bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev meksikalik raqibini mag‘lub etib, Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Erkin kurashchi G‘ulomjon Abdullayev Olimpiadaning bronza medaliga ega chiqdi
9 avgust 2024, 23:23

Erkin kurashchi G‘ulomjon Abdullayev Olimpiadaning bronza medaliga ega chiqdi

O‘zbekistonlik erkin kurashchi G‘ulomjon Abdullayev qirg‘izistonlik raqibini mag‘lub etib, Olimpiadaning bronza medalini qo‘lga kiritdi.

9-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
9 avgust 2024, 23:02

9-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Ostonada bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlari sammiti va unda ilgari surilgan takliflar, O‘zbekistonga tashrifini bekor qilgan Yaponiya bosh vaziri, Olimpiada chempionlarini tabriklagan prezident va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Qoraqalpog‘istondagi mahallalar qariyb 10 mlrd so‘mlik noqonuniy tenderlar o‘tkazgani aniqlandi
9 avgust 2024, 22:42

Qoraqalpog‘istondagi mahallalar qariyb 10 mlrd so‘mlik noqonuniy tenderlar o‘tkazgani aniqlandi

Qoraqalpog‘istonda mahallalar 48 ta holatda qariyb 10 mlrd so‘mlik tenderlarni qonun talablariga nomuvofiq o‘tkazgan, deb topdi Raqobat qo‘mitasi. Xarid natijalari yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, tegishli choralar ko‘rildi.

Prezident telefon orqali Ulug‘bek Rashitov va Hasanboy Do‘smatovni Olimpiadadagi g‘alabasi bilan tabrikladi
9 avgust 2024, 21:17

Prezident telefon orqali Ulug‘bek Rashitov va Hasanboy Do‘smatovni Olimpiadadagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Prezident Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritib, ikki karra chempion bo‘lgan taekvondochi Ulug‘bek Rashitov va bokschi Hasanboy Do‘smatovni telefon orqali tabrikladi. Shavkat Mirziyoyev Rashitov jarohatiga qaramay g‘alaba qozongani va Do‘smatovning jangini “nafas olmay” kuzatganini ta’kidladi.

Qozog‘iston IIV sobiq rahbariga yanvar namoyishlari bo‘yicha shartli qamoq jazosi berildi
9 avgust 2024, 20:54

Qozog‘iston IIV sobiq rahbariga yanvar namoyishlari bo‘yicha shartli qamoq jazosi berildi

Qozog‘iston sobiq ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev 2022-yil yanvaridagi namoyishlar bo‘yicha o‘z vakolatini suiiste’mol qilganlikda aybdor deb topildi va besh yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud uning pushaymonligi va muqaddam sudlanmaganini inobatga oldi.

“Strategik maqsad — Markaziy Osiyo davlatlarining energiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish” — Turkmaniston prezidenti
9 avgust 2024, 20:01

“Strategik maqsad — Markaziy Osiyo davlatlarining energiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish” — Turkmaniston prezidenti

Turkmaniston yetakchisi Serdar Berdimuhamedov MO davlatlari rahbarlari sammitidagi nutqida besh davlat mintaqani global energiya bozoridagi salbiy ssenariylardan himoya qila oladigan tizim va kutilmagan holatlarda milliy energiya tizimlari uchun xavfsizlik zaxirasini yaratishi kerakligini ta’kidladi.

“Markaziy Osiyo kelajagi bo‘yicha umumiy pozitsiyani shakllantirish zarur” — Tojikiston prezidenti
9 avgust 2024, 19:40

“Markaziy Osiyo kelajagi bo‘yicha umumiy pozitsiyani shakllantirish zarur” — Tojikiston prezidenti

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon MO davlatlari sammitida “global tahdid va xavflarning kuchayishi fonida” xavfsizlik sohasida hamkorlikning yangi shakllarini ishlab chiqish, shuningdek, huquq-tartibot idoralari o‘rtasida yaqin hamkorlik mexanizmlarini yaratishni taklif qildi.

O‘zbekcha YouTube — 2024-yil iyulida: Behzod Hoshimov va “Anjanliklar keldi”, 1000 ta kitob va “Kino ko‘rdim”
9 avgust 2024, 19:35

O‘zbekcha YouTube — 2024-yil iyulida: Behzod Hoshimov va “Anjanliklar keldi”, 1000 ta kitob va “Kino ko‘rdim”

“Gazeta.uz” tahririyati YouTube’dagi o‘zbekistonlik mualliflar tomonidan tayyorlanayotgan kontentning oyma-oy sarhisobini berishda davom etadi. Iyul oyidagi ro‘yxatdan avvalgi sarhisoblarda bo‘lmagan yangi loyihalar o‘rin oldi, ba’zilarida esa o‘zgarish kuzatildi.

MO davlatlari rahbarlari 2040-yilgacha mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish konsepsiyasini imzoladi
9 avgust 2024, 19:21

MO davlatlari rahbarlari 2040-yilgacha mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish konsepsiyasini imzoladi

Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari va delegatsiyalar a’zolari qator hujjatlarni, jumladan, “Markaziy Osiyo — 2040” mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish konsepsiyasi va mintaqa davlatlarida transport-logistika markazlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Qirg‘iziston MOda suv-energetik hamkorlik mexanizmini yaratish tarafdori
9 avgust 2024, 19:12

Qirg‘iziston MOda suv-energetik hamkorlik mexanizmini yaratish tarafdori

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov MO davlatlari rahbarlari sammitida mintaqada suv-energetika sohasidagi hamkorlikning iqtisodiy mexanizmini joriy etish, shuningdek, MO davlatlari orqali yangi multimodal yo‘nalishlar va transport yo‘laklarini yaratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif qildi.

O‘rta sinf nima va uning ehtiyojlariga qanday javob berish kerak?
9 avgust 2024, 19:11

O‘rta sinf nima va uning ehtiyojlariga qanday javob berish kerak?

O‘rta sinf tushunchasi “boylar boyiyveradi, kambag‘allar kambag‘allashaveradi” degan eskirgan qoidani barbod qiladi. O‘rta sinf nima, O‘zbekistonda u qancha daromad oladi, kimlar uning vakiliga aylanishi mumkin hamda biznes va davlat unga qanday taklif yaratishi kerak — tahlilchi Denis Sokolov maqolasida.

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo bo‘yicha milliy ID kartalarni o‘zaro tan olishni taklif qildi. Boshqa takliflar
9 avgust 2024, 17:58

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo bo‘yicha milliy ID kartalarni o‘zaro tan olishni taklif qildi. Boshqa takliflar

Markaziy Osiyo ta’lim va akademik almashuv dasturini qabul qilish, milliy ID kartalarni o‘zaro tan olish, Xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish, Strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida ko‘p tomonlama bitim imzolash — Shavkat Mirziyoyev Ostonadagi uchrashuvda nimalarni taklif qildi?


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting