Arxiv

27 avgust kuni 829 kishi koronavirusga chalindi, 8 nafar bemor vafot etdi
28 avgust 2021, 11:11

27 avgust kuni 829 kishi koronavirusga chalindi, 8 nafar bemor vafot etdi

Juma kuni O‘zbekistonda 829 kishi COVID-19 bilan kasallandi, 857 nafar bemor esa tuzaldi. Davolanayotgan bemorlarning 8 nafari olamdan o‘tdi. Qolaversa, shu kuni 334 kishida pnevmoniya aniqlangan, bemorlarning 4 nafari vafot etgan.

Nima tayyorlaymiz: maffinlar
28 avgust 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: maffinlar

Rezavor mevali, quyultirilgan sut va tvorogli, shokoladli — Zira.uz mazali maffinlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Paralimpiada-2020. O‘zbekistonlik sportchilar 2 ta oltin va bitta bronzani qo‘lga kiritdi
28 avgust 2021, 09:58

Paralimpiada-2020. O‘zbekistonlik sportchilar 2 ta oltin va bitta bronzani qo‘lga kiritdi

Tokio-2020 o‘yinlarida o‘zbekistonlik paralimpiadachilar 2 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Nayza uloqtirishda Nozimaxon Qayumova, disk uloqtirishda esa Mohigul Hamdamova chempion bo‘lgan bo‘lsa, yadro uloqtirish bahslarida Elbek Sultonov bronza medali sohibiga aylandi.

O‘zbekiston Kobuldagi teraktni qoraladi
28 avgust 2021, 01:25

O‘zbekiston Kobuldagi teraktni qoraladi

O‘zbekiston ko‘plab insonlarning hayotiga zomin bo‘lgan Afg‘oniston poytaxtidagi teraktni qoralaydi, deyiladi TIV bayonotida. Kobul aeroportida sodir bo‘lgan portlashlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 170 nafarga yetdi.

Prezident 215 nafar mahkumni afv etdi
28 avgust 2021, 01:00

Prezident 215 nafar mahkumni afv etdi

Shavkat Mirziyoyev mustaqillik arafasida 215 nafar mahkumni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ular orasida 69 nafar xorij fuqarosi, shuningdek, 15 nafar taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan shaxslar bor.

Jahon yangiliklari dayjesti
27 avgust 2021, 21:53

Jahon yangiliklari dayjesti

AQShda respublikachilarning Jo Bayden iste’fosini talab qilishayotgani, Efiopiyada separatistlarning 210 nafar tinch aholini o‘ldirgani, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Rasman: Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted” jamoasiga o‘tdi
27 avgust 2021, 21:52

Rasman: Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted” jamoasiga o‘tdi

Portugaliya terma jamoasi sardori va “Yuventus” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted” futbolchiga aylandi. Futbolchi angliya klubi bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Farg‘onada erkak kishi shifokor ayolning sochidan tortib, kuch ishlatdi
27 avgust 2021, 20:04

Farg‘onada erkak kishi shifokor ayolning sochidan tortib, kuch ishlatdi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida erkak tug‘uruqxona hamshirasining sochidan tortib, kuch ishlatdi. Mazkur holatga erkakning nevarasining o‘limi sabab bo‘lgani aniqlandi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

“Maqsadim — terma jamoa bilan g‘alaba qozonish”. Srechko Katanets ishtirokidagi matbuot anjumani
27 avgust 2021, 19:06

“Maqsadim — terma jamoa bilan g‘alaba qozonish”. Srechko Katanets ishtirokidagi matbuot anjumani

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets matbuot anjumanida maqsadi Jahon chempionatiga chiqish ekanligini, ammo ungacha qiladigan ishlar ko‘pligini ta’kidladi. “Men doim turli yoshdagi murabbiylar uchun ochiqman, ular bilan hamkorlikda ishlashimiz kerak. Sababi yosh terma jamoalar kelajakda aynan milliy terma jamoaga futbolchi yetkazib beradi”, — deydi u.

COVID-19 “Delta” shtammi O‘zbekistonda eng keng tarqalgan deb tan olindi
27 avgust 2021, 19:03

COVID-19 “Delta” shtammi O‘zbekistonda eng keng tarqalgan deb tan olindi

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazining ma’lum qilishicha, koronavirus holatlari ulushining 82% ini “delta” shtammi tashkil etadi. Bu butun kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Forish poligonida o‘tkazilayotgan ArMI-2021 musobaqalarida O‘zbekiston peshqadamlik qilmoqda
27 avgust 2021, 18:11

Forish poligonida o‘tkazilayotgan ArMI-2021 musobaqalarida O‘zbekiston peshqadamlik qilmoqda

Markaziy harbiy okrugning Forish poligonida Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida o‘tkazilgan «Harbiy tibbiy estafeta» va «Dala oshxonasi» musobaqalari davom etmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi vakillari boshqa mamlakatlarda o‘tkazilgan o‘yinlarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Dollarning rasmiy kursi biroz ko‘tarildi
27 avgust 2021, 17:58

Dollarning rasmiy kursi biroz ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 11,15 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 651,89 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.

Toshkent viloyati va poytaxt chegaralari o‘zgartirildi
27 avgust 2021, 17:51

Toshkent viloyati va poytaxt chegaralari o‘zgartirildi

Oliy Majlis Senatining qaroriga muvofiq, Toshkent viloyatining 7853,3 gektar yer maydoni Toshkent shahriga, poytaxtning 171,3 gektar yeri Toshkent viloyatiga o‘tkazilmoqda.

20% arzonroq: Uzbekistan Airways yangi aviatashuvlar modeli Uzbekistan Express`ni yo‘lga qo‘ymoqda
27 avgust 2021, 17:13

20% arzonroq: Uzbekistan Airways yangi aviatashuvlar modeli Uzbekistan Express`ni yo‘lga qo‘ymoqda

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Uzbekistan Express gibrid modelga asoslangan avitashuvlarga o‘tmoqda. Ushbu modeldagi aviaqatnovlar Airbus A320 samolyotlarida «to‘liq ekonom» sharoitida bo‘ladi. Tariflar 20%ga arzonlashadi. Ushbu model asosidagi aviaqatnovlar Rossiya va Qozog‘iston shaharlariga uchadi.

Mahkumlarning qisqa muddatli uchrashuvlariga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi
27 avgust 2021, 15:45

Mahkumlarning qisqa muddatli uchrashuvlariga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi

Mahkumlar va tergov hibsxonalarida saqlanayotganlarning qarindoshlari bilan qisqa muddatli uchrashuvlariga koronavirus tarqalishi sababli cheklovlar qo‘yilgan edi. Epidemik holat barqarorlashayotganini inobatga olib, qo‘yilgan vaqtinchalik taqiqlar bekor qilindi.

Srechko Katanets O‘zbekiston futbol terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi
27 avgust 2021, 15:39

Srechko Katanets O‘zbekiston futbol terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasiga sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanets murabiiylik qiladi. U bilan shartnoma 2025 yilga qadar mo‘ljallangan.

Ekologiya sohasida javobgarlikni kuchaytirish nuqtai nazaridan qonunlar qayta ko‘rib chiqiladi — Tanzila Narbayeva
27 avgust 2021, 15:19

Ekologiya sohasida javobgarlikni kuchaytirish nuqtai nazaridan qonunlar qayta ko‘rib chiqiladi — Tanzila Narbayeva

Tanzila Narbayeva ekologiya sohasida amaldagi qonunlar javobgarlikni kuchaytirish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqilishini ta’kidladi. Senat raisi ushbu sohada barcha mas’uliyatni kuchaytirib, natijaga ishlashi kerakligini ta’kidladi.

Germaniya Afg‘onistondan evakuatsiyani yakunladi
27 avgust 2021, 15:07

Germaniya Afg‘onistondan evakuatsiyani yakunladi

Germaniya Mudofaa vazirligi Afg‘onistondan evakuatsiya jarayonlarini yakunladi. 26 avgustda bundesverning oxirgi samolyotlari Kobuldan Toshkentga uchdi, u yerga mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer ham keldi. U «juda keskin vaziyatda» O‘zbekiston yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.

Paralimpiada-2020. O‘zbekiston birinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi
27 avgust 2021, 14:57

Paralimpiada-2020. O‘zbekiston birinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi

Para-dzyudochi Uchqun Quronboyev -66 kg vazn toifasida birinchi o‘rinni egallab, Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarining oltin medaliga ega chiqdi.

DXX xodimlari kuni 26 sentyabrda nishonlanadi
27 avgust 2021, 14:41

DXX xodimlari kuni 26 sentyabrda nishonlanadi

Senat Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kunini 26 sentyabrga belgilash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Oldinroq DXX kasbiy bayrami 5 aprel kuni nishonlanar edi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting