Google Developers Group (GDG)ning asosiy tadbirlaridan biri bo‘lgan GDG-DevFest dasturchilar festivali ilk bor O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.
Prezident mamlakat bo‘ylab navbatdagi safarlarini Qoraqalpog‘istondan boshladi.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo bilan suhbatlashdi.
«Malika» savdo majmuasida noqonuniy savdo bilan shug‘ullanayotgan 13 fuqarodan 66 dona maishiy texnika, 7800 ta mobil uskuna va 308 mln so‘mlik aksesuarlar olib qo‘yildi, deya xabar qildi DSQ.
Chirchiq va Olma Ota shaharlari o‘rtasida doimiy avtobus qatnovi ochildi.
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekistondagi uchta muzey muammolarini hal etish bo‘yicha taklif va mulohazalarni yuborishni so‘ramoqda.
O‘zbekistonda qurilishga zamonaviy texnologiyalar joriy etilishi ko‘zda tutilgan hujjat loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.
Bo‘stonliq tumanidagi 1-maktabning 10-sinfida tahsil oluvchi o‘quvchilar talonchilik qilgani sababli ushlandi.
Toshkentdagi Xalqaro savdo markazida ekologik siyosiy partiya tuzish bo‘yicha tashabbuskorlar majlisi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va Italiya tashqi siyosat mahkamalari ikki davlat rahbarlarining muntazam uchrashuvlari o‘zaro manfaatli barcha sohalardagi sa’y-harakatlarni faollashtirish imkonini berishini qayd etdi.
Toshkentdagi «Chig‘atoy» sport bazasida OFK dasturi asosida PRO diplomi uchun xalqaro murabbiylik kurslari boshlandi.
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan shifokor retseptisiz beriladigan dori vositalarining yangi ro‘yxati tasdiqlandi.
Poytaxtdagi sintepon ishlab chiqaruvchi korxonada chiqqan yong‘inni o‘chirish uchun uch soat sarflandi, 23 ta texnika ish jalb qilindi.
Kattaqo‘rg‘on IIBning sobiq tezkor xodimi mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, jinoyatni yashirish va g‘ayriinsoniy muomala to‘g‘risidagi moddalar bo‘yicha sud qilinmoqda.
«O‘zbekko‘mir» korxonasining 45 foiz aksiyalarini Rossiya kompaniyasi ishonchli boshqaruviga topshirish rejalashtirilmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida 2030-yilgi yozgi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilish imkoniyatlari o‘rganib chiqilayotgani aytildi.
Yana bir partiya — O‘zbekiston ekologik partiyasi tashkil etiladi.
Nukusda 3 ta oliy ta’lim muassasasining filiali tashkil etildi.
TIV maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi bo‘lib ishlagan Ilhom Ne’matov tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
Toshkent viloyatining Angren shahrida piyoda U.A.ni urib, o‘limiga sababchi bo‘lgan va voqea joyidan ketib qolgan noma’lum haydovchi qidirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting