O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Avstraliyada o‘tkaziladigan yig‘inda Livan va Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida qatnashadigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
IIBB va prokuratura o‘g‘lini 1000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayolni qo‘lga oldi.
O‘zbekiston elchisi Avstriya federal prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi.
22 noyabrdan Toshkent aholisi uchun sovuq suv tariflari oshiriladi.
O‘zbekistonda saylovlarni o‘tkazishda jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi, MSK a’zolari daxlsizligi maqomi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va senatorlarga tenglashtiriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev baliqchilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan qarorni imzoladi.
Toshkentdagi 236-maktabning 11-sinf o‘quvchilari va tarix fani o‘qituvchisi o‘rtasidagi kelishmovchilik tartibsizlikka aylandi, pedagog yengil tan jarohati oldi.
Qashqadaryo teleradiokompaniyasida ishlagan R.T. Kasbi tumanidagi maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan R.Y. ga direktor bo‘lishi uchun yordam berishini aytib, pul ta’ma qilganda qo‘lga olindi.
O‘zbekistonda o‘tkaziluvchi turistik festivalda Naqshbandiya so‘fiylik tariqatining 150 nafardan ortiq namoyondasi ishtirok etishi kutilmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan bilan uchrashuvda o‘zaro tajriba almashish istiqbollari muhokama qilindi.
Prezidentning 2018 yil 5 noyabrdagi qaroriga muvofiq Sarvarxon Buzrukxonov Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
«Toshshahartransxizmat» tizimida avtosaroylar tomonidan belgilangan iqtisodiy reja-topshiriqlarini asossiz bajarmaslik kabi holatlar yuz bergani tanqid qilindi.
XTV OAVdagi yil oxiriga qadar barcha maktablar o‘quvchilarni tashish uchun avtobuslar bilan ta’minlanishi haqidagi xabarlarni rad etdi.
Prezident qaroriga ko‘ra besh kishi Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshida tuzilgan Ishchi guruh alifbodagi o‘zgarishlar borasida ma’lumot berdi.
Xotin-qizlar akusher genekologiya masalalari bo‘yicha 1003 qisqa raqami orqali anonim maslahat va ko‘rsatmalar olishlari mumkin.
Farg‘onada 400 ming so‘m pora bilan qo‘lga tushgan ichki ishlar xodimiga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
1 noyabrdan Samarqand shahridagi barcha davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilar autsorsing tizimi orqali ovqatlantirilmoqda.
2022 yilgacha AIBA prezidenti sifatida faoliyat olib boradigan o‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov Toshkentga keldi.
Biznes vakillariga pulli magistrallari, avtoturargohlar va texnik xizmat ko‘rsatish ob’ektlariga investitsiya kiritish taklif etilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting