Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov jurnalistlarga murojaat qilib, birgalikda o‘qituvchilaning obro‘sini oshirishga harakat qilishga chaqirdi.
Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi hududida tashkil etilgan «Amkodor-Agrotexmash» qo‘shma korxonasini ochdi.
AQSHning Kolumbiya universiteti ekspert-o‘qituvchisi Benjamin Arensteyn Namangan muhandislik-texnologiya institutida talabalarga ingliz tilidan dars mashg‘ulotlarni o‘tkazadi.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi bo‘lib ishlagan Bahrom Ashrafxonov «O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
Toshkentning Chilonzor tumanida quvur yorilishi natijasida issiq suv yo‘l qoplamasini yorib yubordi, asfalt bo‘laklari avtomobilga shikast yetkazdi.
52 yoshli L. qulog‘ida quloqchini bo‘lgan holda temir yo‘lni kesib o‘tayotganida elektropoyezd urib yuborishi natijasida vafot etdi.
Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Belarus Prezidentlarining keng doiradagi muzokaralari boshlandi.
2017 yilda shoshilinch tibbiy yordam tizimida 50 mingdan ziyod bemorga yuqori texnologiyali operatsiyalar muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko uchrashuvida siyosiy muloqotni mustahkamlashga kelishib olindi.
Dilshod Sultonov G‘aznachilik boshlig‘i — moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Apple yangi iPhone Xs, IPhone Xs Max va IPhone Xr smartfonlari va Watch soatlarining yangi avlodini namoyish qildi.
SamDU Malaka oshirish markazi xodimlari 16,7 mln so‘mlik byudjet mablag‘larini o‘zlashtirgani aniqlandi.
O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish orqali 2020 yilgacha paxta tolasini to‘liq qayta ishlashga o‘tishni rejalashtirmoqda.
2019 yildan Toshkent avtobus haydovchilarining kunlik rejasi bekor qilinadi.
Toshkentda birinchi KFC restorani ish boshladi. Xalqaro tarmoqning boshqa restoranlari ham ochilishga tayyorlanmoqda.
Bekobod tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida 237,7 mln so‘mlik talon-tarojliklar aniqlandi.
AQSHning xalqaro diniy erkinlik masalalari bo‘yicha elchisi Sem Braunbek O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu AQSH ma’muriyatining ushbu sohadagi vakilining so‘nggi o‘n yillikda mamlakatga ilk tashrifi.
Mamlakatdagi birinchi pulli trassa Toshkentdan Samarqandgacha masofani ikki soatgacha vaqtda bosib o‘tishga imkon beradi.
Prezident qarorida tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini ko‘rib chiqishda sansalorliklarga yo‘l qo‘yilayotgani tan olindi. Muammolarni hal qilish uchun hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash komissiyasi tashkil etildi.
Qurolli mojarolar va iqlim o‘zgarishlari sababli 821 mln kishi ochlikdan azob chekmoqda, 150 mln bola o‘sishdan ortda qolmoqda, deyiladi BMT hisobotida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting