O‘zbekiston prezidenti 5−6-iyul kunlari Ostonaning 20 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda ishtirok etadi.
Barcha Mehribonlik uylari va maktab-internetlarga videokuzatuv kameralari o‘rnatiladi.
Sud O‘zbekiston konstitutsion tuzumiga qarshi tajovuz qilganlikda ayblangan Zokir Aliyevga jarima ko‘rinishidagi jazo turini tayinladi.
Davlat boshqaruvida blokcheynni joriy etish, kriptobozor, mayning, smart-shartnomalarni rivojlantirish — prezident raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
15 iyuldan O‘zbekistonda 101 davlat fuqarolari uchun besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda vizasiz tartib joriy etilmoqda.
O‘zbekistonda 15 iyuldan elektron vizalar joriy etiladi.
Sinoptiklar 7−10-iyul kunlari ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan 5−7 daraja baland haroratli anomal issiq havo bo‘lishini bashorat qilmoqda.
Ichki ishlar vazirligi markaziy apparatida ikki yangi tayinlov amalga oshirildi.
Toshkentdagi Ohangaron shossesida joylashgan Rohat aylanma yo‘lini yangilash ishlari boshlandi.
O‘zbekiston prezidenti o‘zbek-tojik chegarasidagi alohida uchastkalari bo‘yicha bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Tashqi internet hajmi sekundiga 140,034 Gbitga yetdi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bu ko‘rsatkichni 8−10 barobarga oshirmoqchi.
Toshkentda Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Maxtumquli ko‘chasiga o‘tish yo‘lini ochish rejalashtirilmoqda.
1 oktyabrdan sanoat korxonalari va avtomobil yuvish shoxobchalari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq miqdori oshiriladi.
O‘zbekistonda fuqarolik-huquqiy nizolarni sudga qadar hal etishning muqobil usullaridan biri — mediatsiya institutini joriy etish ko‘zda tutilgan qonun qabul qilindi.
Kamida bir yil namunali faoliyat olib borgan «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi rahbari Ichki ishlar akademiyasi va ichki ishlar organlariga ustunlik asosida qabul qilinadi.
Musulmonlari idorasi huzurida tabarruk maskanlarga ziyoratlar uyushtiruvchi «Muslim-tour» sayyohlik firmasi ochildi.
O‘zbekistonda choy yetishtirishni rivojlantirish markazi tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi choy urug‘lari va ko‘chatlarini tayyorlashga ko‘maklashishdan iborat.
O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari avgustda Malayziyaga boradi. Malayziya vakillari esa oktyabrda Toshkent sayyohlik yarmarkasida ishtirok etadi.
MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rahbari Tomas Bax bilan uchrashdi.
Qahramon Shokirov O‘zbekistonning Singapurdagi elchisi etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting