Rossiya termasi jahon chempionati-2018 da penaltilar seriyasida Ispaniya jamoasini mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi.
Gollarga boy kechgan uchrashuvda Fransiya Argentinadan ustun keldi va chorak finalning ilk ishtirokchisiga aylandi.
Toshkentning Muqimiy ko‘chasida loyiha mualliflarining xatolarini to‘g‘irlash davom etmoqda. Shu doirada yana bir chorraha ochildi.
Xotin-qizlar qo‘mitasi Toshkentda mardikor ayollar muammosini o‘rganish, ularni doimiy ish va uy-joy bilan ta’minlash choralarini ko‘rmoqda.
Prezident Yoshlar kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida yoshlar hayotda o‘z mustahkam o‘rnini topishi uchun bor kuch va imkoniyatlar safarbar etilishiga ishonch bildirdi.
Pamela Spratlen O‘zbekiston AQSHning Toshkentdagi elchisi bo‘lib ishlashni boshlagan vaqtdagidan ancha farq qilishini aytdi.
Prezident O‘zbekistonning soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqladi. O‘zgarishlar 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Iyun oyida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari umumiy darajasida pasayish 0,4 foizni tashkil etdi.
O‘zbekistonning Latviyadagi yangi elchisi Badriddin Obidov Rigaga jo‘nab ketdi.
Uchinchi bor London birjasiga chiqarilgan Samarkand Bonds obligatsiyasining hajmi yana 80 milliard so‘mni tashkil etdi.
Davlat tashkilotlarning ko‘plab rahbarlari va xodimlari hali hamon eskicha ish uslubini qo‘llamoqda hamda eskicha fikrlashdan to‘xtagani yo‘q, deb aytib o‘tdi bosh prokuror Otabek Murodov.
30 iyun kuni ertalab marafon o‘tkazilishi munosabati bilan Temiryo‘lchilar va Haydar Aliyev ko‘chalari avtotransportlar uchun yopiladi.
Transport vositalarining oynalarini qoraytirishga pul to‘lanishi (yiliga 15,5 million so‘m) evaziga ruxsat berilishi rejalashtirilmoqda.
Sardor Rustamboyev O‘zbekistonning Fransiyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.
Prezident Olmazor tumanida Olmazor city markazi qurilishi bo‘yicha loyihani ma’qulladi.
Shavkat Mirziyoyev eshitishida muammosi bor fuqarolar savodxonligi, tarbiyasi, ishlashi, dam olish va davolanish sharoitlarini yaxshilash maqsadida alohida qaror tayyorlash bo‘yicha topshiriq berdi.
Barcha hududlarda xalq fikrini o‘rgangan Senat to‘ylar, oilaviy tadbirlar va boshqa marosimlarni cheklamaslikka qaror qildi.
Toshkent o‘yinchoqlari fabrikasi negizida beshta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi, Shavkat Mirziyoyev ulardan birida ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.
Prezident Samarqandda «Ipak yo‘li» xalqaro turizm universitetini ochish haqidagi qarorga imzo chekdi.
Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Gurbanguli Berdimuhamedovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting