Arxiv

Metro bekatlarida savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari tashkil etiladi
20 oktabr 2021, 16:42

Metro bekatlarida savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari tashkil etiladi

Prezident qaroriga ko‘ra, metropoliten uchun yil oxirigacha 5 ta, 2022 yilda 14 ta to‘rt vagonli metro poyezdlari xarid qilinadi va poyezdlarning soni 80 taga yetkaziladi. Metro bekatlarida savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari tashkil etilib, tadbirkorlarga elektron auksion shartlarida ijaraga beriladi.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 1 mlrd dollarga qisqardi
20 oktabr 2021, 16:28

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 1 mlrd dollarga qisqardi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari oktabr oyida o‘tgan oyga nisbatan 1,02 mlrd dollarga qisqardi. Yo‘qotishlarning yarmi oltin-valyuta zaxirasiga to‘g‘ri kelsa, qolgan yarmi valyutadagi aktivlarning qisqarishi hisobiga yuz bergan.

«Madaniy meros obyektlarini saqlashning shaffof huquqiy mexanizmini yaratish kerak» — Tanzila Narbayeva
20 oktabr 2021, 16:22

«Madaniy meros obyektlarini saqlashning shaffof huquqiy mexanizmini yaratish kerak» — Tanzila Narbayeva

Senat madaniy meros obyektlarini saqlash va himoyasini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturi doirasidagi ishlar to‘liq bajarilmayotganligini ta’kidladi. Senat qo‘mitasi Toshkentda madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan ayrim obyektlar ko‘rsatilgan manzilda yo‘qligi, 4 ta obyekt mavjud emasligini, 56 ta obyektning kadastr hujjatlari bo‘lmaganligini aniqlagan. Senat raisi Tanzila Narbayeva madaniy meros obyektlarini saqlashning huquqiy mexanizmini yaratish kerakligini qayd etdi.

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik Janubiy Koreyadan ekstraditsiya qilindi
20 oktabr 2021, 15:45

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik Janubiy Koreyadan ekstraditsiya qilindi

Interpol O‘zbekistonda firibgarlik qilgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki fuqaroni Janubiy Koreyada qo‘lga olib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi. «Endi ular qilmishlari uchun sudda javob berishlariga to‘g‘ri keladi», — deyiladi xabarda.

Toshkent metrosiga xorijiy tajribaga ega konsultantlar jalb qilinadi
20 oktabr 2021, 14:55

Toshkent metrosiga xorijiy tajribaga ega konsultantlar jalb qilinadi

Toshkent metropoliteni boshlig‘iga raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosar lavozimiga chet ellik mutaxassis, yer osti yo‘llari samaradorligini oshirish strategiyasini ishlab chiqish uchun xorijiy tajribaga ega konsultantlar jalb qilinadi.

1869 yilda qurilgan Xo‘ja Porso jome masjidi buzib tashlandi
20 oktabr 2021, 14:49

1869 yilda qurilgan Xo‘ja Porso jome masjidi buzib tashlandi

Gid Jamil Qosimov 1869 yilda Marg‘ilonda qurilgan qadimiy Xo‘ja Porso jome masjidi buzib tashlanganini xabar qildi. U Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgandi. Madaniy meros agentligi bino bir necha joyidan yorilgani bois buzib, yangidan qurilayotganini ma’lum qildi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentning 12 ta qadimiy darvozasini tiklash bo‘yicha qarorni imzoladi
20 oktabr 2021, 13:36

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentning 12 ta qadimiy darvozasini tiklash bo‘yicha qarorni imzoladi

Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentning 12 ta qadimiy darvozasini tiklash va qurish bo‘yicha qarorni imzoladi. Darvozalarning joylashuvi Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan xaritalarni bog‘lash orqali aniqlangan. Oldinroq «Gazeta.uz» departamentning tadqiqoti qanday borganligi va darvozalarning aniq joylashuvi haqida yozgan edi.

O‘zbekistonliklardan pul talab qilib kelgan Qirg‘iziston chegarachilari ushlandi
20 oktabr 2021, 13:19

O‘zbekistonliklardan pul talab qilib kelgan Qirg‘iziston chegarachilari ushlandi

Chegarani kesib o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolari va katta yuk mashinalari haydovchilaridan muntazam ravishda pul talab qilib kelgan Qirg‘iziston chegara xizmati mansabdor shaxslari ushlandi.

O‘zbekistonga 864 ming doza Sinovac vaksinasi olib kelindi
20 oktabr 2021, 11:14

O‘zbekistonga 864 ming doza Sinovac vaksinasi olib kelindi

20 oktabr kuni O‘zbekistonga GAVI Xalqaro vaksinalar alyansining COVAX dasturi doirasida Sinovac vaksinasining 864 ming dozalik partiyasi olib kelindi. Mamlakatga keltirilgan va ishlab chiqarilgan vaksinalar miqdori 31 mln dozadan oshdi.

Gulruhbegim Tohirjonova AQSh milliy terma jamoasi tarkibiga kirdi
20 oktabr 2021, 10:38 1

Gulruhbegim Tohirjonova AQSh milliy terma jamoasi tarkibiga kirdi

O‘zbekistonlik shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova AQSh chempionatida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, AQSh milliy terma jamoasidan joy egalladi.

O‘zbekistonlik qiz San-Remodagi musiqa festivalida birinchi o‘rinni egalladi
20 oktabr 2021, 10:10

O‘zbekistonlik qiz San-Remodagi musiqa festivalida birinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekistonlik 6-sinf maktab o‘quvchisi Sofiya Singh Gill Italiyadagi Sanremo Junior bolalar xalqaro musiqa festivalida birinchi o‘rinni egalladi.

Sergelida yangi yo‘lning bir qismi ochildi (foto)
20 oktabr 2021, 10:07

Sergelida yangi yo‘lning bir qismi ochildi (foto)

Poytaxtda Yakkasaroy va Sergeli tumanlarini bog‘laydigan yangi yo‘l qurilishining birinchi bosqichi yakunlandi (foto).

19 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
19 oktabr 2021, 21:30

19 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvi, O‘zbekiston muftiysi va Toshkent shahri bosh imom-xatibi tayinlanishi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlarga hokimlar rais bo‘lishi — “Gazeta.uz"ning 19 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
19 oktabr 2021, 21:27

Jahon yangiliklari dayjesti

Turkiyalik xakerning Donald Tramp saytida Qur’on matnini qoldirgani, Yaponiyaga KXDR tomonidan raketalar otilgani, Vetnamda maktab o‘quvchisi telefon portlashidan vafot etgani, Gruziya bosh vazirining inqilob bo‘lmasligini ta’kidlagani, Chexiya prezidenti vakolatlari taqsimlanishi mumkinligi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Korrupsion jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning reyestri to‘g‘risidagi qonun qabul qilinadi
19 oktabr 2021, 19:21

Korrupsion jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning reyestri to‘g‘risidagi qonun qabul qilinadi

Antikorrupsiya agentligi rahbari Akmal Burxonov Korrupsion jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning reyestri to‘g‘risidagi qonun ishlab chiqilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasi yaqin kunlarda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.

Rahmatulloh Sayfuddinov Toshkent shahri bosh imom-xatibi bo‘ldi
19 oktabr 2021, 19:00

Rahmatulloh Sayfuddinov Toshkent shahri bosh imom-xatibi bo‘ldi

Yunusobod tumani va «Mirza Yusuf» jome masjidi imom-xatibi Rahmatulloh Sayfuddinov Toshkent shahri bosh imom-xatibi vazifasiga tayinlandi.

Nuriddin Xoliqnazarov O‘zbekiston muftiysi etib saylandi
19 oktabr 2021, 18:29

Nuriddin Xoliqnazarov O‘zbekiston muftiysi etib saylandi

Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy etib saylandi.

Foto: Toshkent saylovdan oldin
19 oktabr 2021, 18:13

Foto: Toshkent saylovdan oldin

Kelayotgan yakshanba, 24 oktabr kuni prezident saylovi o‘tkaziladi. Saylovdan oldingi poytaxt qiyofasi — «Gazeta.uz» fotoreportajida.

Jahongir Otajonov 3 nafar farzandidan aliment qarzdorligi sabab O‘zbekistondan chiqib ketolmadi
19 oktabr 2021, 18:11

Jahongir Otajonov 3 nafar farzandidan aliment qarzdorligi sabab O‘zbekistondan chiqib ketolmadi

Jahongir Otajonov O‘zbekistonni tark etishiga taqiq qo‘yilganini ma’lum qildi. MIBning ma’lum qilishicha, fuqaroda 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment undiruviga oid 3 ta ijro ishlari mavjudligi aniqlangan va uning O‘zbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklangan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlarga hokimlar rais bo‘ldi. Antikorrupsiya agentligi rahbari izoh berdi
19 oktabr 2021, 17:59

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlarga hokimlar rais bo‘ldi. Antikorrupsiya agentligi rahbari izoh berdi

Antikorrupsiya agentligi direktori Akmal Buxonov Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tashkil etilgan hududiy kengashlarga hokimlar rais bo‘lishi borasidagi xabarlarga izoh berdi. «Bu kengashlar korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organ emas, kollegial idora hisoblanadi», — dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar hokimlar mahalliy kengash raisligidan ozod qilinsa, unda Hududiy kengash raislari ham o‘zgarishini qo‘shimcha qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting