Arxiv

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarga cheklardagi summalarni tahrirlashga ruxsat berdi
11 iyul 2024, 17:35

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarga cheklardagi summalarni tahrirlashga ruxsat berdi

O‘zbekistonda tadbirkorlarga 2023-yil 1-yanvardan 2024-yil 30-iyungacha berilgan cheklar summasiga tuzatishlar kiritishga ruxsat berildi. Soliq organlari cheklar bo‘yicha so‘rovlarni 25-iyulgacha qabul qiladi.

Ukraina noyabrga qadar Rossiya ishtirokidagi ikkinchi tinchlik sammitini o‘tkazmoqchi — Bloomberg
11 iyul 2024, 17:35

Ukraina noyabrga qadar Rossiya ishtirokidagi ikkinchi tinchlik sammitini o‘tkazmoqchi — Bloomberg

Ukraina hukumati Donald Trampning Oq uyga qaytishidan xavotirlanib, Rossiyani ikkinchi tinchlik sammitiga taklif qilmoqchi va uni noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan AQShdagi prezidentlik saylovlari oldidan o‘tkazmoqchi, deb yozmoqda Bloomberg.

Prezident Farg‘onada qator loyihalar qurilishi va ishga tushirilishiga start berdi
11 iyul 2024, 17:12

Prezident Farg‘onada qator loyihalar qurilishi va ishga tushirilishiga start berdi

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida yangi loyihalarning qurilishi va ishga tushirilishini boshlab berdi. Ular orasida “Qo‘qon” EIZdagi 370 mln dollarlik korxonalar va Farg‘ona tumanining chekka hududlaridagi kichik gidroelektr stansiyalari ham bor.

“Kitobga munosabat mamlakatdagi kutubxonalar va ularning a’zolari soniga qarab belgilanishi kerak” — Xurshid Davron
11 iyul 2024, 17:07

“Kitobga munosabat mamlakatdagi kutubxonalar va ularning a’zolari soniga qarab belgilanishi kerak” — Xurshid Davron

“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida “Kutubxona” nomli loyiha boshladi. Unda o‘z xonadonida kutubxona tashkil qilgan mutolaa ishqibozlari bilan kitobxonlik va kutubxonachilik haqida suhbatlar uyushtiriladi. Loyihaning ilk mehmoni — O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron.

Bolalar bog‘chasiga yo‘llanma olish osonlashadi
11 iyul 2024, 15:18

Bolalar bog‘chasiga yo‘llanma olish osonlashadi

O‘zbekistonda endi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish davlat tashkilotlarining aybi bilan kechikkanda yo‘llanma o‘z kuchida qoladi.

Uchtepa hokimi Texnologik metallar kombinati raisi bo‘ldi
11 iyul 2024, 14:41

Uchtepa hokimi Texnologik metallar kombinati raisi bo‘ldi

2019-yildan buyon poytaxtning Uchtepa tumani hokimligini boshqarib kelgan Farxod Abdullayev “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” boshqaruv raisi bo‘ldi. Tumanni birinchi o‘rinbosar Jamshid Alimjonov vaqtincha boshqarib turadi.

Sirdaryoda 13 yoshli qiz yashash uyida qotillik alomatlari bilan topildi
11 iyul 2024, 14:24

Sirdaryoda 13 yoshli qiz yashash uyida qotillik alomatlari bilan topildi

Yangiyer shahrida 2011-yilda tug‘ilgan qizning jasadi yashash uyida jonsiz holatda topildi. Uning tanasida jarohatlar borligi aniqlangan. Gumonlanuvchini qidirib topish bo‘yicha viloyat IIBga alohida topshiriq berilgan.

Prezident qayta ochilgan Qo‘qon aeroportiga bordi (foto)
11 iyul 2024, 13:04

Prezident qayta ochilgan Qo‘qon aeroportiga bordi (foto)

Aprel oyida qayta ishga tushgan Qo‘qon aeroportiga ilk bor yirik havo kemasi qo‘ndi: Shavkat Mirziyoyev bu aeroportga bordi. U narx va xizmatlarni qulaylashtirish, parvozlarni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi. Foto.

Termiz aeroportida rekonstruksiya ishlari to‘liq yakunlandi
11 iyul 2024, 11:57

Termiz aeroportida rekonstruksiya ishlari to‘liq yakunlandi

Termiz aeroportida ikkinchi yurish yo‘lagi va asosiy yo‘lak uchastkasi hamda perronda uchta samolyotlar turar joylarini qurish va yoritish moslamalarini o‘rnatish ishlari yakunlandi. 2019-yilda rekonstruksiyadan chiqqan terminal, 2022-yilda esa betondan qilingan uchish-qo‘nish yo‘lagi ochilgandi.

DXX 3 ta viloyatda korrupsiyada gumonlanayotganlarni qo‘lga oldi
11 iyul 2024, 11:37

DXX 3 ta viloyatda korrupsiyada gumonlanayotganlarni qo‘lga oldi

Gulistonda elektr korxonasi muhandisi qarzdorlikni hisobdan chiqarish evaziga pora olishda gumonlanib ushlandi. Qibrayda xususiy korxona rahbari tenderda yutib berish evaziga tadbirkordan 4 mlrd so‘m talab qilgani, Navoiy viloyatida kiberxavfsizlik bo‘linmasi xodimi fuqarodan 600 dollar olgani aytilmoqda.

Ayrim turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish soddalashtirildi
11 iyul 2024, 11:37

Ayrim turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish soddalashtirildi

O‘zbekistonda ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish soddalashtirildi. Xususan, ERI kalitini berishda Face-ID qilinadi va kalit avtomatik tarzda rasmiylashtirib beriladi. Shuningdek, bolalarni bog‘chaga qabul qilish uchun rasmiylashtirilgan yo‘llanmalarni maxsus axborot tizimi orqali yuborish tartibi joriy etildi.

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga boradi
11 iyul 2024, 10:38

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga boradi

Prezident payshanba kuni Farg‘ona viloyatiga borib, yirik loyihalarga start beradi. Viloyatni rivojlantirishga oid yig‘ilish o‘tkaziladi.

Toshkentda erkak o‘zi bilan yashagan ayolning 3 yoshli bolasini pichoqlab o‘ldirdi
11 iyul 2024, 10:04

Toshkentda erkak o‘zi bilan yashagan ayolning 3 yoshli bolasini pichoqlab o‘ldirdi

Yashnobod tumanida erkak u bilan birga yashab kelayotgan ayolning 3 yoshli bolasini pichoqladi. Bola shifoxonaga olib kelingunga qadar vafot etdi, gumonlanuvchi ushlandi.

Pensiya tizimini qanday takomillashtirish kerak? Strategik islohotlar agentligi tahlili
11 iyul 2024, 09:47

Pensiya tizimini qanday takomillashtirish kerak? Strategik islohotlar agentligi tahlili

O‘zbekistonda pensiya ta’minoti qamrovi yuqori norasmiy bandlik tufayli atigi 38 foizni tashkil etadi. Boshqa davlatlarga nisbatan pensiya badallari yuqori darajada (12−25 foiz), to‘lovlar esa o‘rtacha darajada. Strategik islohotlar agentligi mamlakatning pensiya tizimini takomillashtirish yo‘lini o‘rgandi.

Daniya, Niderlandiya va AQSh Ukrainaga F-16 qiruvchilarini topshirish jarayonini boshladi
10 iyul 2024, 23:48

Daniya, Niderlandiya va AQSh Ukrainaga F-16 qiruvchilarini topshirish jarayonini boshladi

Daniya va Niderlandiya AQSh ko‘magida Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini jo‘natish jarayonini boshladi. Kiyev shu yilning yozida ulardan foydalanishni boshlashi kutilmoqda.

Kopengagenda ekologik mas’uliyatli sayyohlar mukofotlanadi
10 iyul 2024, 23:32

Kopengagenda ekologik mas’uliyatli sayyohlar mukofotlanadi

Daniya poytaxti Kopengagen velosiped haydagan yoki chiqindi yiqqan sayyohlarni bepul tushlik yoki tadbir chiptalari bilan taqdirlashga qaror qildi. Rasmiylar shu tarzda sayyohlarning ekologiyaga zararini qoplashni istamoqda.

Samarqandda tanishini AQShga ishga yuborish uchun 10 ming dollar olgan shaxs ushlandi
10 iyul 2024, 23:09

Samarqandda tanishini AQShga ishga yuborish uchun 10 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura departamenti o‘tkazgan tadbirlarda Payariqda fuqaroni AQShga yuborish uchun 10 ming dollar, Qo‘rg‘ontepada Janubiy Koreyaga ishga jo‘natish uchun 1900 dollar olgan shaxslar qo‘lga olindi.

10-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
10 iyul 2024, 22:47

10-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Toshkent va Yangiyo‘lda yo‘lga qo‘yilayotgan “ijtimoiy karta”, O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan BYD`ning budjet modellari, xususiy universitetlardagi ta’limning sifatsizligi haqida gapirgan vazir, 14-iyuldan boshlanadigan OTMga kirish imtihonlari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Jizzaxda 10 ta tuman hokimining raqobatga zid qarorlari bekor qilindi
10 iyul 2024, 22:39

Jizzaxda 10 ta tuman hokimining raqobatga zid qarorlari bekor qilindi

Raqobat qo‘mitasining Jizzax viloyati boshqarmasi o‘tkazgan tekshiruvda 10 ta tuman hokimligi va 9 ta tashkilotning 124 ta hujjatida qonun talablari buzilgani aniqlandi. Ushbu holatlar yuzasidan hokimliklarga tegishli taqdimnoma va ko‘rsatmalar yuborilib, imzolangan qarorlar bekor qilindi.

“Qo‘qon” EIZ hududi kengaytiriladi
10 iyul 2024, 21:38

“Qo‘qon” EIZ hududi kengaytiriladi

Prezident qarori bilan, Quvasoy shahri hokimligi zaxirasidagi 210 gektar yer hisobiga “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi hududi kengaytiriladi. Yangi hududda 2026-yilgacha kamida 1 mlrd dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirish, 11,7 mingta ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting