Arxiv

Toshkent viloyatida gaz ta’minoti bosh muhandisi pora olishda gumonlanmoqda
10 iyul 2024, 09:22

Toshkent viloyatida gaz ta’minoti bosh muhandisi pora olishda gumonlanmoqda

“O‘rta Chirchiq tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi bosh muhandisi 8,5 ming dollar pora olishda gumonlanib ushlandi. U tadbirkorga sexni gaz tarmog‘iga ulashga ruxsat berishini va elektron hisoblagich o‘rnatib berishini aytgan.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Olimpiada-2024 uchun yakuniy tarkibi ma’lum bo‘ldi
10 iyul 2024, 08:12

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Olimpiada-2024 uchun yakuniy tarkibi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Parijdagi Olimpiya o‘yinlari uchun yakuniy tarkibni e’lon qildi. Unga 22 nafar futbolchi, jumladan, Eldor Shomurodov, Abbosbek Fayzullayev va boshqalar kirdi. Jamoa birinchi o‘yinini 24-iyulda Ispaniyaga qarshi o‘tkazadi.

9-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
9 iyul 2024, 23:02

9-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Endi xalq deputatlari kengashi raisi bo‘lolmaydigan hokimlar, JB vakolatxonasi rahbarining O‘zbekistonga tavsiyalari, jarimalar miqdorini ko‘rib chiqish taklifi, Afg‘oniston bilan yuk tashuvlar to‘lovini kamaytirish bo‘yicha muzokaralar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Agrippina Shin Toshkentdagi Puchon universiteti rektori bo‘ldi
9 iyul 2024, 21:32

Agrippina Shin Toshkentdagi Puchon universiteti rektori bo‘ldi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri birinchi o‘rinbosari, maktabgacha ta’lim vaziri lavozimlarida ishlagan Agrippina Shin Toshkentdagi Puchon universiteti rektori etib tayinlandi.

Bir oy Toshkentdan deyarli barcha poyezdlar Janubiy vokzal orqali jo‘naydi
9 iyul 2024, 21:04

Bir oy Toshkentdan deyarli barcha poyezdlar Janubiy vokzal orqali jo‘naydi

Toshkent Markaziy (Shimoliy) vokzali orqali harakatlanuvchi deyarli barcha poyezdlar 15-iyuldan 15-avgustgacha Janubiy vokzaldan jo‘naydi. Olmaota, Novosibirsk, Samara va Xo‘jakentga reyslar — istisno.

Yunusoboddagi quvur yorilishi oqibatida qariyb 85 ming kub metr ichimlik suvi yo‘qotilgan
9 iyul 2024, 20:39

Yunusoboddagi quvur yorilishi oqibatida qariyb 85 ming kub metr ichimlik suvi yo‘qotilgan

Yunusobodda suv quvuri yorilishi oqibatida 80−85 ming kub metr ichimlik suvi yo‘qotilgan. Bu poytaxtga bir kunda uzatiladigan ichimlik suvining 3,2 foizini tashkil qiladi. “Yo‘qotilgan suv zarari iste’molchilar tomonidan qoplanmaydi”, — dedi “O‘zsuvta'minot” vakili.

Toshkentda yosh bola suv quvuriga tushib ketib halok bo‘ldi
9 iyul 2024, 19:48

Toshkentda yosh bola suv quvuriga tushib ketib halok bo‘ldi

Poytaxtda 6 yoshli bola suv bilan to‘ldirilgan kanalizatsiya qudug‘iga tushib ketib halok bo‘ldi. Bosh prokuraturaning xabar berishicha, issiq suv quvurini ta’mirlayotgan ishchilar kovlagan chuqur ochiq va to‘siqsiz qoldirilgan.

Yevro-2024: Jo‘ja “sanaladigan” vaqt keldi
9 iyul 2024, 19:07

Yevro-2024: Jo‘ja “sanaladigan” vaqt keldi

Oson kechmagan chorak final bahslaridan so‘ng Yevropa chempionatida eng kuchli to‘rtta jamoa saralanib olindi. Ular yarim final uchrashuvlarida qanday ishtirok etadi? Siz bilan “Taktika” jamoasi taxminlarini bo‘lishamiz.

Toshkentdagi 1-shahar klinikasi binosiga zarar yetdi. Bemorlar boshqa tarafga ko‘chirildi
9 iyul 2024, 18:13

Toshkentdagi 1-shahar klinikasi binosiga zarar yetdi. Bemorlar boshqa tarafga ko‘chirildi

Poytaxtdagi Ibn Sino nomidagi 1-sonli shahar klinik shifoxonasi binosining to‘siniga darz ketdi. Bemorlarning bir qismi boshqa tarafga ko‘chirildi. Beton konstruksiyalar tushirib tashlandi, bosh shifokor “muassasa o‘z funksiyasini to‘liq bajarayotganini” bildirdi.

O‘zbekiston XMT bilan yangi dastur ishlab chiqadi
9 iyul 2024, 18:03

O‘zbekiston XMT bilan yangi dastur ishlab chiqadi

O‘zbekiston prezidenti Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Jilber Ungbo bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda 2026−2030-yillarga mo‘ljallangan yangi mamlakat dasturini ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib olindi.

Samarqandda ayiqlar chorvaga hujum qilib, 4 ta echkini yeb qo‘ydi
9 iyul 2024, 16:49

Samarqandda ayiqlar chorvaga hujum qilib, 4 ta echkini yeb qo‘ydi

Urgut tumanida 3 ta ayiq chorvaga hujum qilib, 4 bosh echkini yeb qo‘ydi. Cho‘ponlarga yoki ayiqlarga talafot yetmagan. Holat nazoratga olingan.

O‘zbekcha YouTube — 2024-yil iyunida: Telba Maks, Toshkent superqahramoni va yana Jahongir Ortiqxo‘jayev
9 iyul 2024, 16:47

O‘zbekcha YouTube — 2024-yil iyunida: Telba Maks, Toshkent superqahramoni va yana Jahongir Ortiqxo‘jayev

“Gazeta.uz” tahririyati YouTube’dagi o‘zbekistonlik mualliflar tomonidan tayyorlanayotgan kontentning oyma-oy sarhisobini berishda davom etadi. Iyun oyidagi ro‘yxatdan avvalgi sarhisoblarda bo‘lmagan yangi loyihalar o‘rin oldi, ba’zilarida esa o‘zgarish kuzatildi.

Ma’muriy jarimalarning huquqbuzarliklarga mutanosibligini qayta ko‘rib chiqish taklif etilmoqda
9 iyul 2024, 15:06

Ma’muriy jarimalarning huquqbuzarliklarga mutanosibligini qayta ko‘rib chiqish taklif etilmoqda

Strategik islohotlar agentligi ma’muriy jarimalar miqdorining huquqbuzarliklarga mutanosibligini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi. Masalan, avtomobil oynalarini ruxsatsiz qoraytirganlik uchun 8,5 mln so‘m, mashinalarning piyodalar yo‘laklarida harakatlangani uchun 170 ming so‘m jarima solinadi.

Qashqadaryoda mast haydovchi pichoqlagan IIB katta inspektori vafot etdi
9 iyul 2024, 14:56

Qashqadaryoda mast haydovchi pichoqlagan IIB katta inspektori vafot etdi

Ko‘kdala tumani IIB katta inspektori mast haydovchining pichoq bilan jarohat yetkazgani oqibatida vafot etdi. Holat yuzasidan Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, gumonlanuvchi ushlandi.

200 kVt soatgacha bo‘lgan me’yor miqdori oshirilishiga asos mavjud emas — Energetika vazirligi
9 iyul 2024, 14:43

200 kVt soatgacha bo‘lgan me’yor miqdori oshirilishiga asos mavjud emas — Energetika vazirligi

Energetika vazirligi yaqin istiqbolda elektr energiyasi uchun oylik 200 kVt soatgacha bo‘lgan bazaviy me’yor miqdori oshirilishiga asos mavjud emas deya ta’kidladi. Vazirlik ma’lum qilishicha, iyun oyida 71 foiz aholi 200 kVtgacha elektr energiyasi iste’mol qilgan.

Gruziyaning Yevropa Ittifoqiga a’zolik jarayoni to‘xtatildi
9 iyul 2024, 14:41

Gruziyaning Yevropa Ittifoqiga a’zolik jarayoni to‘xtatildi

Yevropa Ittifoqi Gruziyaning ittifoqqa qo‘shilish jarayonini to‘xtatdi. Mamlakatda “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi nomzodga ko‘rsatilgan qadamlardan chekinish deb baholandi. Yevrokengash, shuningdek, Tbilisini “kuzgi parlament saylovlari erkin va adolatli o‘tishini ta’minlashga” chaqirdi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston yuk tashuvlari to‘lovlarini kamaytirish va tranzit bitimini muhokama qildi
9 iyul 2024, 14:16

O‘zbekiston va Afg‘oniston yuk tashuvlari to‘lovlarini kamaytirish va tranzit bitimini muhokama qildi

Afg‘oniston delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifida yuk tashuvlar uchun to‘lov va yig‘imlarni kamaytirish hamda O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi tranzit bitimi muhokama qilindi. Tomonlar Hayraton-Mozori Sharif temiryo‘l liniyasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha shartnoma muddatini yana 6 oyga uzaytirdi.

Hokimlar bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashi raisi bo‘lishi taqiqlanmoqda
9 iyul 2024, 12:43

Hokimlar bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashi raisi bo‘lishi taqiqlanmoqda

Viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emasligini nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Toshkent viloyatida tog‘da jarohat olgan fuqaro qutqarildi
9 iyul 2024, 12:15

Toshkent viloyatida tog‘da jarohat olgan fuqaro qutqarildi

Bo‘stonliq tumanida “Qulosoy” sharsharasi yaqiniga sayohatga chiqqan uch fuqarodan biri oyog‘idan jarohatlandi. Ular FVB tomonidan xavfsiz hududga olib tushilib, jarohat olgan kishiga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda unga uyiga ruxsat berilgan.

Yandex Go Toshkent shahrida elektrosamokatlarni ijaraga bera boshladi
9 iyul 2024, 11:59

Yandex Go Toshkent shahrida elektrosamokatlarni ijaraga bera boshladi

Yandex Go Toshkentda elektrosamokatlarni ijaraga berish xizmatini ishga tushirdi. Odamlar gavjum joylarda skuterlar tezlikni avtomatik ravishda pasaytiradi. Ularni 18 yoshdan boshlab ijaraga olish mumkin. Sayohat paytida foydalanuvchilarning hayoti va sog‘lig‘i sug‘urtalanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting