Deputatlar kiberjinoyatlarga qarshi kurashish uchun elektron (raqamli) dalillar to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokama qildi. Hujjat avval 2 marta rad etilgandi, bu qonunni parlamentdan o‘tkazishga uchinchi urinish. Deputatlardan biri hujjatdagi kamchiliklarga to‘xtalib, “fojiaviy oqibatlar” haqida ogohlantirdi.
30-iyun kuni Toshkent xalqaro aeroportida Qanot Sharq aviakompaniyasining Toshkent-Budapesht-Toshkent yangi reyslari ishga tushirilishi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Toshkentning Yunusobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarning hovli va yerto‘lalari quvur yorilishi oqibatida suvga to‘ldi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin hodisa joyida bo‘lib, fotoreportaj tayyorladi.
Apellyatsiya sudi “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi. Farmatsevtika agentligining sudlangan sobiq rahbarining onasi tomonidan to‘langan 2,5 mlrd so‘m pul jabrlanuvchilar o‘rtasida taqsimlanadi.
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida diniy yig‘inda yuz bergan tiqilinchda kamida 121 kishi halok bo‘ldi, 30 dan ortiq kishi jarohat oldi. Qurbonlarning ko‘pchiligini ayollar tashkil etdi.
Parijda o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchilar delegatsiyasini kuzatish marosimida terma jamoa bayroqdorlariga davlat bayrog‘i topshirildi, shuningdek, jamoaning rasmiy libosi ham taqdim etildi. Foto.
Bag‘dod tumanida erkak Katta Farg‘ona kanaliga cho‘milish maqsadida tushib, cho‘kib ketdi. Uning jasadi oradan 3 kun o‘tib kanalning O‘zbekiston tumanidan o‘tgan qismida topildi.
Toshkentning Yunusobod tumanida suv quvuridagi nosozlik ortidan suv bosdi. FVVga ko‘ra, 13 ta ko‘p qavatli uy yerto‘lasi va ichki yo‘llarga suv kirgan. “Suvta’minot” holat qozonxonada elektr uzilgani uchun yuz berganini aytgandi, Energetika vazirligi buni rad etib, uzilish bo‘lmaganini ta’kidladi. Foto, video.
Toshkent viloyatining Qozog‘iston bilan chegara hududida yashirin tunnel aniqlanib, jinoiy guruh a’zolaridan Hindistonda chiqarilgan 1 mlrd so‘mlik dori vositalari olib qo‘yildi. Uzunligi 310 metr bo‘lgan tunnelda havo ventilyatsiyasi, yoritish tizimi, yuk arava va arqonlar borligi aniqlandi (+ video).
Toshkent shahri Yunusobod tumanining 6−7-dahalarida magistral suv quvurining yorilishi oqibatida ko‘chalarni suv bosdi. Hududning bir qismi suv ta’minotisiz qolmoqda. Yo‘l harakati vaqtincha to‘xtatildi.
O‘zbekistonda 1-sentabrdan har qanday yuridik shaxs tomonidan yo‘llar, trotuarlar va boshqa yo‘l infratuzilmasi obyektlarida qurilish ishlarini olib borish, ta’mirlash, buzish, qazish, o‘zgartirish yoki rekonstruksiya qilish faqatgina tegishli ruxsatnoma olingandan so‘ng amalga oshiriladi.
Yaponiya O‘zbekistonga qiymati 6 mln dollardan ortiq bo‘lgan yana to‘rtta tibbiy mobil konteyner yetkazib beradi. Ular kompyuter tomografiyasi, ultratovush, rentgen va boshqa uskunalar uchun skanerlar bilan jihozlangan va mamlakatning istalgan nuqtasiga joylashtirish mumkin.
Deputatlikka saylangan Toshkent hokimi, gazni subsidiyalash uchun ajratilgan 9,5 trln so‘m, kechasi shovqin ko‘targanlik uchun kuchaytirilayotgan choralar, Parij olimpiadasi sovrindorlari uchun mukofot pullari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Buxoroda oilalari kelishuvi asosida 16 yoshli bola va 17 yoshli qizning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tgani aniqlandi. Bolalar ombudsmani ularning ota-onalarini ma’muriy javobgarlikka tortish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi.
AQSh Mehnat vazirligi mamlakatda ilk bor ishchilarni anomal issiqdan himoya qilish bo‘yicha standartlarni taklif qildi. Agar u tasdiqlansa, ish beruvchilardan issiq harorat bilan kurashish rejalariga ega bo‘lish va ishchilarga soya hamda suvdan foydalanish imkoniyatini berish talab qilinadi.
Urganch hokimligi yerini berish komissiyasi mansabdorlari, xususan, qurilish bo‘limi sobiq boshlig‘iga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Ular 1,5 ga ekin maydonini savdo shoxobchasi qurish uchun ajratib bergan. Shuningdek, 15 ming kv. m. qishloq xo‘jaligi yerida turar joy qurishga ruxsat berib, 756 mln so‘m zarar yetkazgan.
Isroil harbiy rahbariyati snaryadlar taqchilligi sharoitida, hatto HAMAS hozircha hokimiyatda qolsa ham, G‘azoda sulh tuzish tarafdori, deb yozdi New York Times. Bu, harbiylarga ko‘ra, guruh qo‘lidagi garovga olinganlarni ozod qilishning eng yaxshi yo‘li bo‘ladi.
O‘zbekistonda endi yangi haydovchilik guvohnomalarini onlayn tarzda olish mumkin (ilgari faqat almashtirish mumkin edi). Hujjatni eng yaqin Davlat xizmatlari markazidan olish yoki pochta orqali uyga buyurtma qilish mumkin.
2024-yilda gaz subsidiyasiga 9,5 trln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan mablag‘ ajratilgan, biroq uning 85 foizi birinchi chorakda o‘zlashtirib bo‘lindi, dedi hukumat a’zolarining so‘zlariga tayangan deputat Doniyor G‘aniyev. Ammo unda subsidiyalar hajmi va ijtimoiy sohada o‘zlashtirilmagan xarajatlarga oid savollar tug‘ilgan.
Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida bokschi Abdumalik Xalokov va qilichboz Zaynab Dayibekova O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdorlari bo‘ladi. G‘oliblarga Tokiodagi kabi oltin medal uchun $200 ming, kumush uchun $100 ming, bronza sohibiga esa $50 ming beriladi. Sportchilar 7Saber brendi ostidagi formada qatnashadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting