Iyulning katta qismida harorat +35…+40, janubda va cho‘l hududlarda +43 darajagacha bo‘ladi, ba’zi kunlari 2−3 darajaga yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Juda issiq (+40 va undan yuqori) kunlar soni 2−5, shimolda 6−8 kunni tashkil etishi mumkin.
Maktablar oldida fotoradarlar o‘rnatiladi, IT bo‘yicha 1 mlrd so‘mgacha grantlar ajratiladi, farmnazorat tizimi tashkil etiladi, 6 ta shaharda suv ta’minoti xususiy sektorga beriladi, ayrim bemorlar bepul davolanadi, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda Face ID joriy etiladi — 1-iyuldan nimalar o‘zgaradi?
Dushanba, seshanba kunlari Volgabo‘yidan kelgan salqin havo oqimi sababli harorat +30…+33 darajagacha pasayadi. Chorshanbadan salqin havo chekinadi, ammo kuchli issiq kutilmaydi: harorat +38, janubda +41 darajagacha isishi mumkin.
Endilikda avtomobilni tasarruf etish (sotish, hadya qilish, ayirboshlash, garovga qo‘yish) ishonchnomasini notariusga bormasdan ham tasdiqlatish mumkin. Qolaversa, yana ikkita notarial xizmat onlayn formatga o‘tkazildi.
Iyun oxirida O‘zbekistonda sabzavot va mevalar hamda deyarli barcha asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining mavsumiy pasayishi fonida 0,2 foizli deflyatsiya qayd etildi. Shu bilan birga, yillik inflyatsiya 10,6 foizgacha tezlashdi. Dori-darmonlar narxi oshishda davom etmoqda, davlat bog‘chalari to‘lovi esa oshdi.
Surxondaryo viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori 10 ming dollar pora olgani aytilmoqda. U tadbirkorga suv tejovchi texnologiyalarni o‘rnatish masalalarida ko‘maklashishini bildirgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi.
O‘zbekistonda birlamchi uy-joy uchun xalqaro amaliyotga muvofiq ipoteka mavjud emas. Kredit faqat obyekt foydalanishga topshirilgandan keyingina ajratiladi. Realting.uz ko‘chmas mulk platformasining sharhida ikkilamchi uy-joy uchun banklar qanday shartlarda ipoteka kreditlarini taklif qilishi haqida so‘z boradi.
Samarqandda fuqarolarni 18 ming dollar evaziga Angliyaga, Andijonda 3 ming evaziga Kanadaga noqonuniy ishga yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi. Qoraqalpog‘istonda esa 1,5 ming dollarga Serbiya yoki Bolgariyaga viza olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga tushdi.
Sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo-Okeaniya chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 8 ta oltin, 1 ta kumush va 10 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Ular bu natija bilan ikkinchi o‘rinni band qildi.
Bolalar maktablarda toza suv va munosib sanitariya sharoitlaridan foydalanish huquqiga ega. Ularning yo‘qligi bolalar sog‘ligi va davomatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi Natijalarga erishish ofisi muammo yuzasidan o‘tkazilgan tahlil natijalari bilan o‘rtoqlashdi.
Buxoro shahrida ko‘p qavatli uylar qurish bilan shug‘ullangan “Humo Aziya” MCHJ rahbari qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Shaharning Islom Karimov va Sadriddin Ayniy ko‘chalaridagi ko‘p qavatli uylarni sotib olish uchun shartnoma imzolagan fuqarolardan Tergov bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raldi.
Sirdaryo tumanida Isuzu yuk mashinasi ichida 14 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus bilan to‘qnashdi. Oqibatda avtobus ag‘anadi, bir kishi jarohatlandi.
Navoiy viloyatida bojxona xizmati xodimlari 1,2 mlrd so‘mlik soxta pullarni yoqib yubordi. Shuningdek, noqonuniy faoliyatdan olib qo‘yilgan 13,6 ming quti tamaki mahsulotlari, 30 ta elektron sigaret va tibbiy vositalar ham yoqib yuborildi. Foto.
Davaktiv agentligi radioelektron jihozlar uchun elektron texnika va integral mikrosxemalar ishlab chiqaruvchi “Foton” korxonasining 85,58 foiz davlat ulushi Havvo Group MCHJga 151 mlrd so‘mga sotilganini ma’lum qildi.
Antuan de Sent-Ekzyuperi tavalludiga 29-iyun kuni 124 yil to‘ldi. Aslida uchuvchi bo‘lgan Ekzyuperini dunyo yozuvchi, aniqrog‘i, “Kichkina shahzoda"ning muallifi sifatida biladi. Bu asar dunyoning 300 dan ortiq tiliga, xususan, o‘zbekchaga ham o‘girilgan. Sana munosabati bilan “Gazeta.uz” qissadan parchalar ulashadi.
IT-tadbirkor elektr ta’minotining tez-tez uzilishidan shikoyat qildi, shu sababli u xorijiy hamkorlari oldidagi majburiyatlarini buzmoqda. Tadbirkor elektr tarmoqlari korxonalariga nisbatan javobgarlik joriy etishni taklif qildi. Biznes-ombudsman hozirda shunday taklif ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda yoz oylarida 100 ming yoshni ish bilan ta’minlash uchun qurilish otryadlari tashkil etish rejalashtirilmoqda. Yangi o‘quv yilidan boshlab maktab, kollej va texnikum o‘quvchilarini kasbga o‘rgatib, ish berayotgan tadbirkorlarning xarajatlari soliq bazasidan chegirib tashlanadi.
Farzandlari bilimli, iste’dodli, o‘zining kuchi va salohiyatiga ishonib, oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning istiqboli, albatta, yorug‘ bo‘ladi, dedi prezident yoshlarga yo‘llagan tabrigida. Davlat rahbari yoshlarni shunday tarbiyalash uchun barcha imkoniyatlarni safarbar qilishga va’da berdi.
Tarmoqlarda Jizzaxdagi “Navro‘z” bog‘ida 5 mingta shar uchirilishi haqida e’lon tarqaldi. Ekologiya vazirligi sharlar yorilib, yaroqsiz holatga keltirilganini bildirdi. Bunday holatlarning oldini olish uchun vazirlik sharlarni O‘zbekistonga olib kirishda bojxona to‘lovlarini 10 baravarga oshirishni taklif qilmoqda.
Telegram asoschisi Pavel Durov O‘zbekistonga qilgan safari taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. U mamlakatda aholining 70 foizdan ortig‘i va deyarli barcha korxonalar foydalanadigan platformaning mashhurligidan faxrlanishini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting