“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 7-iyundagi sudda Sardor Kariyev advokatlari Marion Biotech “bozorni yo‘qotmaslik uchun” tarkibida zaharli moddalar bo‘lgan arzon propilenglikoldan foydalangani haqidagi o‘rganishlarini taqdim etdi. Bolalar o‘limiga aynan zaharli propilenglikol sabab bo‘lgandi. “Gazeta.uz” reportaji.
Qirg‘izistonda soat 17:09 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi Namangan viloyati tumanlarida ham sezildi (2−3 ball). Shu vaqtda Toshkent shahri aholisi ham yer silkinishini sezgani haqida xabarlar berdi.
Chust tumanida sel vaqtida 16 va 14 yoshli qizlarni uy devori bosib qoldi. Ularning kichigi voqea joyida halok bo‘ldi, kattasi esa og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.
Saudiya Arabistonidagi Haj vaqtida jazirama tufayli kamida 550 nafar ziyoratchi halok bo‘ldi. 17-iyun kuni Makka shahrida havo harorati +52 darajagacha ko‘tarildi.
Qoraqalpog‘istonda profilaktika inspektori o‘ziga biriktirilgan mahallada istiqomat qiluvchi keksa yoshdagi fuqaroni majburan shifoxonaga joylashtirib, uning uyi va pulini o‘zlashtirib olgani aniqlandi.
Beruniy tumanida o‘nga yaqin bog‘cha bolasini olib ketayotgan Nexia YTHga uchradi. Ikki bola (6 va 3 yosh) tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgani va ularning sog‘lig‘i joyida ekani bildirildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan strategik sherikchilik to‘g‘risidagi shartnoma imzoladi. Hujjat ishtirokchilardan biriga tajovuz qilinganda o‘zaro yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi.
Prezident ta’lim sifati va pedagoglar malakasini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotda 2025-yil sentabrdan oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning oylik maoshini oshirish taklifi bildirildi.
Germaniya hukumati O‘zbekiston bilan Germaniyadan afg‘on qochqinlarini deportatsiya qilish imkonini beruvchi kelishuvni tuzish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb yozmoqda Bloomberg. Bunday kelishuv Berlinga “Tolibon” bilan bevosita kelishuvlardan tiyilish imkonini beradi.
Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev yangi o‘yinchilarning kirib kelishidagi to‘siqlarni olib tashlash orqali ichki bozorlarni ochishga chaqirdi. Uning aytishicha, samarasiz davlat korxonalarining ulushlari xususiy kompaniyalar qo‘liga o‘tganda, monopoliyaning yanada yomonroq versiyasi yuzaga kelishi mumkin.
“O‘zenergosotish” kompaniyasiga Jahongir Obidjonov rais, Shohruh Karabayev esa uning birinchi o‘rinbosari v.b. etib tayinlandi. Tashkilot o‘z ishini 1-iyuldan boshlaydi va elektr energiyasini markazlashgan tartibda xarid qilish hamda sotish funksiyasini bajaradi.
O‘zbekistonda ish haftasi oxirigacha issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi harorat 34−39 daraja, ba’zi hududlarda +41 darajagacha issiq bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, shuningdek, chang-to‘zonli shamollar esishi etimoli bor.
Jizzax shahrida fuqaroni 14 300 dollar evaziga AQShga yuborishini aytib, Janubiy Afrikaga jo‘natgan shaxs ushlandi. U Afrikada chorasiz qolib ketgan fuqaroning vaziyatini o‘nglash uchun yana 6700 dollar olayotgan paytda qo‘lga olingan.
Qozog‘istonda erkak o‘z vasiyligidagi o‘zbekistonlik qiz jiyanlariga jinsiy zo‘ravonlik qilgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qamoqqa olindi. Hozirda 12 va 17 yoshli qizlarga vasiy tayinlash va ularni O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi diplomatik vakolatxonasini umumiy hisobda 25 yil boshqargan Vitaliy Fen 77 yoshida vafot etdi.
Shirin shahrida Nexia 2 avtomobili Janubiy Mirzacho‘l kanaliga quladi. Oqibatda haydovchi va to‘rt nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi.
Yangiqo‘rg‘on tumanida 1995-yilda tug‘ilgan ayol oilada yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab o‘zini yoqib yubordi va vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Beeline Uzbekistan mobil abonentlari internet xizmatlari va boshqa xizmatlar ishida uzilishlarga duch kelmoqda. Kompaniya avariya-tiklash ishlari haqida xabar berdi.
O‘zbekistonda ayollarning erkaklar bilan bir xil darajada maosh olishini ta’minlash 700 mingdan ortiq odamni kambag‘allikdan chiqarishga yordam beradi. Bu Jahon banki tomonidan tayyorlangan “O‘zbekistonda gender tengligi tahlili” hisobotida keltiriladi.
Chilonzorda Chevrolet Menlo, Nexia-2 va ikki “Jiguli” ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Voqea oqibatida haydovchilardan biri jarohatlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting