Dollarning rasmiy kursi 7,02 so‘mga pasayli va jami 10 646,98 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa biroz ko‘tarildi.
YUNESKO Umumjahon merosi qo‘mitasi pandemiya sharoitida O‘zbekistonga Shahrisabzning tarixiy qismini qayta tiklashi uchun yana bir yil muddat berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Italiyaning “Roma” klubiga o‘tgan o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov haqida uning agenti hamda “Roma” klubi bosh direktori fikr bildirdi. Shuningdek, Shomurodov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi. “Vatanimni tanitishdan faxrlanaman”, — deydi u. Bundan tashqari Eldor Shomurodov klubdagi fotogalereyasini ham o‘tkazdi (foto, video).
Fransiyaning Veolia kompaniyasi Toshkent issiqlik ta’minoti tizimi boshqaruvini qo‘lga kiritadi. Kompaniya 30 yil ichida 315 mln yevro hamda loyiha davrida olinadigan daromad hisobidan 1 mlrd 80 mln yevro investitsiya kiritadi. 10 yil ichida Toshkentdagi barcha qozonxonalarni yopiq issiqlik ta’minoti tizimiga o‘tkazish ham reja qilingan. Sinov loyihalari ikkita tumanda amalga oshiriladi.
Poytaxt jamoat transportining real vaqtdagi harakatini kuzatishga mo‘ljallangan «Toshkent transporti» mobil ilovasi ishga tushirildi. Ilova orqali transport kartalarini sotish shahobchalarining joylashuvini ham ko‘rish mumkin.
Buxorodagi «Abdullaxon» madrasasi orqa tomon devorining bir bo‘lagi o‘pirilib tushdi. Qayd etilishicha, hodisa issiq va sovuq iqlim, yog‘ingarchiliklar va yer osti suvlarining ko‘tarilishi ta’sirida sodir bo‘lgan.
Toshkent viloyatida yana YPX xodimi Malibu haydovchisiga protokol tuzmoqchi bo‘lganida, u haydovchining telefonida “xo‘jayin” bilan gaplashdi. Yakunda xodim haydovchini “ogohlantirib”, qo‘yib yubordi. Mazkur jarayon Toshkent telekanali efirida uzatilgan.
Respublika bo‘ylab 2021−2022 o‘quv yili uchun test sinovlari o‘tkaziladigan xiyobon va stadionlarning manzillari ro‘yxati ma’lum qilindi.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 899 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 7 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, dushanba kuni 516 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Majburiy emlashni qonuniylashtirishga oid hujjat prezident tomonidan imzolandi. Qonun bilan karantinli va xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi bo‘lganda Bosh davlat sanitariya vrachining qarori bilan aholini profilaktik emlashdan o‘tkazish joriy etilishi belgilanmoqda. Qolaversa, Mehnat kodeksiga xodim emlashdan o‘tishni rad etgan holda ish beruvchi uni ishdan chetlatishiga haqli degan norma kiritildi.
Italiyaning «Roma» klubi «Jenoa» safida to‘p surgan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov transferi uchun 17,5 mln yevro to‘ladi. Futbolchi rimliklar bilan 2026 iyunining oxirigacha shartnoma imzoladi. Shomurodov «bo‘rilar» safida 14 raqam ostida harakat qiladi.
Poytaxtda 2 avgustdan 7 avgustgacha «Shahrimiz daraxtlarini birgalikda asraylik!» shiori ostida daraxtlarni sug‘orish aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Senat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Andijon filiali Rossiyaga ishga jo‘natgan 41 nafar o‘zbekistonliklar va’da qilingan maosh to‘lanmayotganligi haqidagi murojaatni o‘rganish natijalarini e’lon qildi. Aniqlanishicha, fuqarolarning pasportlari rasmiylashtirish uchun olingan va ular bir soatlik ish haqini bir kunlik deb «noto‘g‘ri tushunishgan». Ushbu voqealar ortidan agentlikning Andijon filiali rahbari Ulug‘bek Yuldoshev ishdan bo‘shatildi.
Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlarida «Olov bolalari» tashkilotining gumon qilinayotgani, Litva-Belarus chegara hududining noqonuniy muhojirlar bilan to‘lib ketgani, Eron sobiq prezidentining xalqdan kechirim so‘ragani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyevning koronavirusga qarshi vaksina olganligi, YPX xodimi Malibu haydovchisiga protokol tuzmoqchi bo‘lgani, lekin buyruq asosida uni qo‘yib yuborishi, davlat rahbarining haftalik ish grafiki — “Gazeta.uz"ning 2 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Andijonda viloyat hokimi qabuliga kira olmagan 17 kishidan iborat guruh hokimiyat yaqinidagi avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudi qarori bilan ularning 11 nafari 15 sutkagacha muddatga qamaldi, qolganlar jarimaga tortildi.
Samarqandda PSR-testi natijasini soxtalashtirib sotayotgan shaxs qo‘lga olindi. Uning ukasi «holatni rasmiylashtirmaslik va ishni ijobiy tomonga hal qilib berish» uchun IIB xodimiga 5 ming dollar bermoqchi bo‘lganida ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Xalq ta’limi vazirligi va AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan amalga oshirilayotgan English Speaking Nation yozgi treninglar dasturi doirasida respublikaning turli hududlarida 420 dan ortiq ingliz tili o‘qituvchilari intensiv mashg‘ulotlarda qatnashib, pedagogik va psixologik bilimlarini takomillashtirishadi.
DXX va prokuratura tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Farg‘onaning Beshariq tumanida 35 sotix, Oltiariqda 20 sotix, Bog‘dodda 4,75 gektar yerni, Namanganning Chortoq tumanida 8 gektar va Surxondaryoning Bandixon tumanida 2 gektar maydonni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Sentyabrdan yana 12 ta davlat aktivi, jumladan «Toshkent» va Hyatt Regency Tashkent mehmonxonalari, Premier Hall kinozali, Matbuot uyi, «Chotqol» dam olish zonasi, ikkita kichik sanoat zonasi va boshqalarni savdoga chiqarish rejalashtirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting