Bekobod tumanida ukasining sud majlisida janjal ko‘tarib, IIBga olib ketilgan erkak “binoga kirish yo‘lagida” hushini yo‘qotdi. Shifoxonaga olib borilganda uning vafot etgani aniqlangan. IIV buning favqulodda holat sifatida ko‘rilishi va har bir xodimning harakatlari sinchkovlik bilan o‘rganilishini bildirdi.
To‘qqizta kinopremyera, ochiq osmon ostida kinonamoyishlar, noyob buyumlar yarmarkasi, rumin va o‘zbek kostyumlari ko‘rgazmasi, teatr namoyishlari va ijodiy mahorat darslari hamda dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Asialuxe Travel kompaniyasi mijozlarga sayohatlar va aviachiptalarni band qilishga, shuningdek, kecha-yu kunduz istalgan masalani operativ hal qilishga yordam beradigan yagona tarmoq raqamini ishga tushirdi.
Xalilillo To‘raxo‘jayev Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi etib saylandi. U bunga qadar Oliy sud raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
2019-yildan beri bosh prokuror lavozimida ishlab kelayotgan Nig‘matilla Yo‘ldoshev yana 5 yil muddatga lavozimiga qayta tayinlandi.
O‘zbekistonda internet orqali giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarini tarqatganlik, reklama qilganlik hamda namoyish etganlik uchun ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilamoqda. Tegishli qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Axmad Suvonqulov “O‘zsuvta’minot” boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U bungacha Surxondaryo viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi direktori bo‘lib ishlab kelayotgandi.
22−23-iyun kunlari O‘zbekiston bo‘yicha harorat foni o‘zgarmaydi, kechalari 20−25 daraja, kunduzi 34−39 daraja issiq atrofida bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol kuchayishi ehtimoli bor.
Olimjon Umarov O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U avvalroq ushbu lavozimda va bosh vazirning AKTni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ham ishlagan.
Raqobat qo‘mitasi 6 ta korxona turli tovar va xizmatlar bo‘yicha ustun mavqega ega deb e’tirof etilganini ma’lum qildi. Ular orasida “Farg‘onaazot” (superfosfat bo‘yicha), Gazli Gas Storage (tabiiy gazni yer ostiga quyish, saqlash va tortib olish bo‘yicha) va boshqalar bor.
JIB Shayxontohur tumani sudi jamoat joyida yuzini tanib bo‘lmas darajada yopib yurgan yigitga nisbatan 15 sutka qamoq va 3,4 mln so‘m jarima belgiladi. Unga qo‘yilgan 3 ta huquqbuzarlik ayblovining bittasi ortiqcha rasmiylashtirilgan deb topildi.
G‘allaorol tumanidagi 16-bog‘chada tarbiyachi bolalarni haqoratlab, ularni oyoq kiyim bilan kaltakladi. Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganini bildirdi.
Poytaxtdagi Temur Malik ko‘chasining (Toshkent halqa yo‘li) Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi bilan kesishmasidagi ko‘prik o‘rnida vaqtincha aylanma yo‘l tashkil etildi. Hududda 1 avgutsga qadar rekontsruksiya ishlari olib boriladi.
Bosh prokuratura va Raqobat qo‘mitasi rahbarligi uchun nomzodlar, notkoin savdosi noqonuniyligini aytgan ILMA, Qashqadaryo shifoxonalariga tibbiy jihozlar bergan Yaponiya, ratifikatsiya qilingan XTM konvensiyasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Senatda kiberxavfsizlik va intellektual mulkni himoya qilish, shuningdek, narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunlarga qo‘shimchalar ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, bosh prokuror lavozimiga nomzod ko‘riladi va Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi rahbari saylanadi.
Prezidentga 10 ta OTM huzurida oliy muhandislik maktablari ochish rejalari taqdim etildi. Ularda ikki yillik amaliy magistratura dasturlari yo‘lga qo‘yiladi — birinchi kursda talabalar korxonalar buyurtmasi asosida yangi mahsulotlarni loyihalashtirsa, ikkinchi kursda ularni korxonalarda sinovdan o‘tkazadi.
O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkilotining oilaviy majburiyatlarga ega ishchilar — erkaklar va ayollar — uchun teng imkoniyatlar to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qildi.
Saudiya Arabistonida haj vaqti jazirama issiqda halok bo‘lganlar soni 1000 nafardan oshdi, ularning yarmidan ko‘pi ro‘yxatdan o‘tmagan ziyoratchilardir, deya xabar bermoqda France-Presse (AFP) agentligi.
Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlarini aniqladi. Xususan, bir holatda Sayxunobod tumani hokimi o‘rinbosari tadbirkordan 25 ming dollar pora olishda gumonlanib ushlandi.
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 14-sanksiya paketi yuzasidan kelishib oldi. Yangi cheklovlar Rossiya energetika sektoriga ta’sir qiladi hamda uchinchi mamlakatlar, jumladan, Xitoy, Turkiya va Hindistondagi o‘nlab kompaniyalar bilan savdoni cheklaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting