Zangiota tumanida temiryo‘lni velosipedda kesib o‘tmoqchi bo‘lgan 10 yoshli bolani poyezd urib yubordi. Oqibatda u voqea joyida vafot etdi.
O‘zbekiston uglerod emissiyalarini 500 ming tonnaga kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Buning uchun Jahon banki mamlakatga 7,5 mln dollar grant ajratdi. Mablag‘ning bir qismi elektr energiyasi va gaz tariflari oshishidan eng ko‘p zarar ko‘rgan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishga yo‘naltiriladi.
O‘tgan yili ochilgan Zomin aeroportiga magistral samolyotlar ucha boshlaydi. Shanba kuni Uzbekistan Airways bu yo‘nalishda Airbus A320neo samolyotida texnik parvozni amalga oshirdi.
O‘zbekistonda davlat xizmatchilari (o‘qish ular uchun majburiy bo‘ladi) va aholining boshqa toifalari uchun mo‘ljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi ishga tushiriladi. Bazaviy kurslarda o‘qitish bepul, maxsus kurslarda malaka oshirish pulli bo‘ladi.
G‘allaorol tumanidagi bog‘chada bolalarning turli joylariga oyoq kiyim bilan urgan tarbiyachiga nisbatan qiynash moddasiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U avvalroq ishdan olingandi.
DXX Buxoroda xaritalar tuzish bilan shug‘ullanuvchi MCHJ direktorini 12,5 ming dollar olganida ushladi. Shuningdek, shu ish doirasida 5000 dollar olgan qurilish bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i ham qo‘lga tushdi. Samarqand, Buxoro viloyatlarida sud boshqaruvchilari, Jizzaxda esa advokatlik byurosi rahbari ushlandi.
Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi ilk elchisi, lavozimiga qayta tayinlangan bosh prokuror, PISA tadqiqotidagi past ko‘rsatkichlar, logotipini yangilagan Uzbekistan Airways va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Javlonbek Umarxodjayev Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi etib tasdiqlandi. U o‘tgan yilning avgust oyidan buyon kompaniyaning vaqtinchalik rahbari sifatida ishlab kelayotgandi.
Uzbekistan Airways yangilangan logotipini namoyish etdi. Kompaniya uni tubdan o‘zgartirmadi, balki zamonaviy tendensiyalarga muvofiq yangiladi. Tashuvchi, shuningdek, livreyasi — samolyotlar tashqi ko‘rinishini ham saqlab qolishga qaror qildi. Bundan tashqari, yangi shior — “Markaziy Osiyo qanotlari” taqdim etildi.
Chernogoriya, Bosniya, Albaniya hamda Xorvatiyaning Adriatika dengizi qirg‘oqlaridagi katta qismida keng masshtabli blekaut yuz berdi. OAV to‘rt mamlakatning barcha qismlarida elektr uzilishlari haqida yozmoqda.
Senatorlar bank sohasidagi bir qator qonunlarga kiberxavfsizlikni kuchaytirishga doir tuzatishlarni ma’qulladi. Ushbu tuzatishlar, xususan, Markaziy bankka kredit va to‘lov tashkilotlari, to‘lov tizimlari operatorlari va valyuta birjalari tomonidan kiberxavfsizlik tahdidlarini aniqlash vakolatini beradi.
Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning Toshkentga tashrifi arafasida Daadanxuu Batbaatar ushbu mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi.
Prezident qarori bilan “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi tashkil etilmoqda. Avvalroq sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida loyiha ofislari tashkil etilgan edi.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) Bekobodda “IIB binosiga majburiy olib ketilgan” aka-ukaga nisbatan kuch ishlatilganligi, ulardan birining vafoti holatini o‘rganmoqda. Vakil voqeaning barcha jihatlari qonun talablari doirasida ochiq va adolatli surishtirilishini so‘ramoqda.
Futbol bo‘yicha Yevro-2024 o‘yinlari Germaniyadagi 10 ta stadionda o‘tkazilmoqda. Ularning ayrimlari ishqibozlarga ancha tanish. “Taktika” jamoasi mazkur o‘yingohlar bo‘yicha jamlanmani taqdim etadi.
Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 23−26-iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Prezidentlar do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqadi. U, shuningdek, Xiva shahriga ham boradi.
15 yoshli maktab o‘quvchilarining kreativ (ijodiy) fikrlashini baholash bo‘yicha PISA-2022 xalqaro tadqiqoti natijalari e’lon qilindi. O‘zbekiston eng past ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan davlatlar qatoridan joy oldi.
Olmazor tumanida ayol ijtimoiy tarmoqda tanishgan boshqa ayolga ikki nafar farzandini tashlab ketib, 45 kun davomida xabar olmagani ma’lum bo‘ldi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Ona bilan aloqa o‘rnatilgan. U tashlab ketgan farzandlari bolalar uyiga joylashtirildi.
Armaniston Falastinni davlat sifatida tan olganini e’lon qildi. Mamlakat tashqi ishlar vazirligi “ikki davlat” tamoyilini Isroil-Falastin mojarosini hal qilishning yagona yo‘li deb atadi.
Bekobod tumanida ukasining sud majlisida janjal ko‘tarib, IIBga olib ketilgan erkak “binoga kirish yo‘lagida” hushini yo‘qotdi. Shifoxonaga olib borilganda uning vafot etgani aniqlangan. IIV buning favqulodda holat sifatida ko‘rilishi va har bir xodimning harakatlari sinchkovlik bilan o‘rganilishini bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting