Arxiv

Adliya vazirligi qarg‘ish uchun jazo joriy qilinayotganini rad etdi
5 dekabr 2023, 13:33

Adliya vazirligi qarg‘ish uchun jazo joriy qilinayotganini rad etdi

Adliya vazirligi qarg‘ish uchun jarima va 15 sutkagacha qamoq tarzidagi ma’muriy javobgarlik joriy etilishi rejalashtirilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bunday hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmagan, dedi vazirlik.

Toshkentda qalbaki 20 ming dollarni sotishda gumonlanganlar ushlandi
5 dekabr 2023, 13:12

Toshkentda qalbaki 20 ming dollarni sotishda gumonlanganlar ushlandi

Chilonzor tumanida qalbaki 20 ming dollarni sotishda gumonlangan shaxslar ushlandi. Ular fuqaroga pullarni 10 ming dollarga sotgan.

Andijonda uch nafar jinoyat olami vakillari ushlandi
5 dekabr 2023, 13:11

Andijonda uch nafar jinoyat olami vakillari ushlandi

Andijon viloyatidagi profilaktik tadbirlarda jinoyat olami vakillari, tovlamachilar, “o‘zidan yetakchi yasab olganlar” hamda ularga yaqin bo‘lgan shaxslar qo‘lga olinmoqda. Xususan, bezorilik, tovlamachilik va giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etishda gumonlanib 3 nafar shaxs hibsga olindi.

Jizzaxda boshqaruvi yo‘qotilgan “Jiguli” 5 ta avtomobilga borib urildi
5 dekabr 2023, 11:27

Jizzaxda boshqaruvi yo‘qotilgan “Jiguli” 5 ta avtomobilga borib urildi

Jizzax shahrida “VAZ-2107” haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan 5 ta avtomobilga borib urildi. Oqibatda uch kishi jarohatlandi.

Noyabrda O‘zbekistonda inflyatsiya 1,1 foizni tashkil etdi. Bu — so‘nggi 7 yildagi minimal ko‘rsatkich
5 dekabr 2023, 10:58

Noyabrda O‘zbekistonda inflyatsiya 1,1 foizni tashkil etdi. Bu — so‘nggi 7 yildagi minimal ko‘rsatkich

Noyabr oyi yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda 1,1 foizlik inflyatsiya qayd etildi, yillik inflyatsiya 8,8 foizdan pasaydi — bu so‘nggi 7 yildagi eng past ko‘rsatkich. O‘tgan oyda tuxum va shakar narxi oshgan, mol go‘shti, un va sariyog‘ esa arzonlashgan. Benzin va propan narxi oshib bormoqda, poyezd chiptalari ham qimmatladi.

Urganch va Xiva o‘rtasida trolleybus harakati tiklandi
5 dekabr 2023, 10:46

Urganch va Xiva o‘rtasida trolleybus harakati tiklandi

Urganch-Xiva-Urganch yo‘nalishidagi trolleybus harakati tiklandi. Qatnov yuqori kuchlanishli elektr simlari va transformatorlarida ta’mirlash ishlari olib borilgani hamda elektr energiyasi bo‘yicha yuzaga kelgan muammolar sababli 20-noyabrda to‘xtatilgandi.

“Go‘yo shaharni bulut qoplagandek”. Urganchdagi tuman — Azamat Matkarimov obyektivida
5 dekabr 2023, 10:22

“Go‘yo shaharni bulut qoplagandek”. Urganchdagi tuman — Azamat Matkarimov obyektivida

4-dekabr kuni ertalab Urganchni qalin tuman qopladi. Bunday ob-havo tufayli ikkita aviareys kechiktirildi. Soat 10 ga kelib, tuman tarqadi. Fotograf Azamat Matkarimov tongda tumanli shaharni aylandi.

Farg‘onada mayning ferma davlatga 2,8 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgani aniqlandi
5 dekabr 2023, 10:16

Farg‘onada mayning ferma davlatga 2,8 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgani aniqlandi

Uchko‘prik tumanida davlatga 2,8 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgan mayning ferma faoliyati to‘xtatildi.

S&P O‘zbekiston reytingini barqaror prognoz bilan “BB-” darajasida tasdiqladi
5 dekabr 2023, 09:57

S&P O‘zbekiston reytingini barqaror prognoz bilan “BB-” darajasida tasdiqladi

S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning xorijiy valyutadagi suveren kredit reytingini barqaror prognoz bilan “BB-” darajasida tasdiqladi. Agentlik 2023-yil oxirigacha O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning real o‘sishini 5,6 foiz darajasida prognoz qilmoqda.

Yangihayot, Bektemir, Yashnobod tumanlarining ayrim hududlarida gaz o‘chiriladi
5 dekabr 2023, 09:52

Yangihayot, Bektemir, Yashnobod tumanlarining ayrim hududlarida gaz o‘chiriladi

Toshkentning Yangihayot, Bektemir, Yashnobod tumanlaridagi ba’zi mahalla va ko‘chalarda 5−6-dekabr kunlari tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Oliygohlarda ayrim talabalarning kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
5 dekabr 2023, 09:44

Oliygohlarda ayrim talabalarning kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Davlat OTMlarida 1-kurs va o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 25-dekabrga qadar uzaytirildi. Yuqori bosqichdagilarning kontraktni to‘lash muddati esa oliygoh rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Andijon viloyatidagi gaz quyish shoxobchalarida cheklovlar joriy etildi
5 dekabr 2023, 09:44

Andijon viloyatidagi gaz quyish shoxobchalarida cheklovlar joriy etildi

4-dekabrdan Andijon viloyatidagi gaz to‘ldirish shoxobchalarida gaz jadvalga muvofiq — soat 06:00 dan 15:00 gacha berila boshladi. Gaz bilan, birinchi navbatda, turar joy binolari, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar va ijtimoiy soha obyektlari ta’minlanadi.

Toshkentda jinoiy faoliyatda gumonlangan yana 10 kishi qo‘lga olindi
5 dekabr 2023, 09:33

Toshkentda jinoiy faoliyatda gumonlangan yana 10 kishi qo‘lga olindi

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan juda ko‘p miqdorda tovlamachilik moddasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida jinoiy faoliyatda gumonlangan yana 10 kishi qo‘lga olindi. “Ular tahdid va kuch ishlatish yo‘li bilan pul mablag‘larini noqonuniy qo‘lga kiritish bilan shug‘ullangan”, — deyiladi xabarda.

Doston Xalilov O‘zbekistondan qochishga uringan vaqtda qo‘lga olindi
5 dekabr 2023, 09:22

Doston Xalilov O‘zbekistondan qochishga uringan vaqtda qo‘lga olindi

O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari Doston Xalilovni Qirg‘izistonga qochishga uringan vaqtda qo‘lga oldi. Uning Baxtiyor Qudratullayev (“Baxti Tashkentskiy”) bilan yaqin jinoiy aloqasi bo‘lgani qayd etilgan.

UzAuto Motors 2024-yil yanvaridan Gentra/Lacetti ishlab chiqarishni to‘xtatadi
4 dekabr 2023, 20:10 2

UzAuto Motors 2024-yil yanvaridan Gentra/Lacetti ishlab chiqarishni to‘xtatadi

2024-yil yanvaridan UzAuto Motors Gentra/Lacetti avtomobillarini ishlab chiqarishni to‘xtatmoqchi. Gentra uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning quvvati yangi modellarga yo‘naltiriladi, deya ta’kidladi kompaniya.

Prezident qisqa muddatli ta’tilga chiqdi
4 dekabr 2023, 19:27 1

Prezident qisqa muddatli ta’tilga chiqdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-dekabrdan qisqa muddatli ta’tilga chiqdi.

11 mln mahsulot va 10 ta shaharda 100 ta tarqatish punkti: Uzum Market kuzgi sarhisobni e’lon qildi
4 dekabr 2023, 17:00

11 mln mahsulot va 10 ta shaharda 100 ta tarqatish punkti: Uzum Market kuzgi sarhisobni e’lon qildi

Milliy marketpleys Uzum Market kuz faslining uch oyi sarhisoblar bilan o‘rtoqlashdi. Unga ko‘ra, platformada 11 mln mahsulot rasmilashtirildi, O‘zbekistonning 10 ta shahrida 100 ta yangi tarqatish punkti ochildi.

O‘zbekistonda mavsumiy kasalliklar sabab o‘quv muassasalarini vaqtincha yopishga asos yo‘q — SES
4 dekabr 2023, 16:44

O‘zbekistonda mavsumiy kasalliklar sabab o‘quv muassasalarini vaqtincha yopishga asos yo‘q — SES

O‘zbekistonda mavsumiy kasalliklar sabab o‘quv muassasalarini vaqtincha yopishga asos yo‘q, dedi Sanepidqo‘m raisi birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov. Tarmoqlarda vaziyatni yaxshilash uchun muassasalarni yopish taklif qilingandi. Mutaxassis yangi pandemiya va epidemiya boshlangani haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

O‘zbekiston aholisining yarmi og‘ir vaznli ekani ma’lum qilindi
4 dekabr 2023, 16:26

O‘zbekiston aholisining yarmi og‘ir vaznli ekani ma’lum qilindi

18−64 yoshdagilar orasida o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining yarmi og‘ir vaznli, 20 foizi semiz hisoblanadi. 46 foizining qonida esa xolesterin miqdori oshgan.

“Aybsizlik prezumpsiyasi buzilgani yo‘q”. Marg‘ilonda qora Gentra haydovchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi
4 dekabr 2023, 16:09

“Aybsizlik prezumpsiyasi buzilgani yo‘q”. Marg‘ilonda qora Gentra haydovchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi

Marg‘ilon shahrida qora rangdagi o‘nlab Gentra mashinalari haydovchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi. Bu aynan shu rangdagi Gentra avtomobillarining davlat raqami belgisini yechib harakatlanish ko‘paygani bilan izohlandi. Farg‘ona viloyati IIB jarayon profilaktik ishlarning bir qismi ekanini ta’kidladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting