Podpolkovnik Ikromjon Tursunov Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Ushbu lavozimda u 2023-yilning fevralida tayinlangan Mirjamol Miralimov o‘rnini egalladi.
Shanba kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi, harorat +19…+23 daraja atrofida bo‘ladi. Yakshanbada esa respublikaning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, harorat +28 darajagacha ko‘tariladi. Joylarda chang-to‘zonli shamollar kuzatilishi mumkin.
Apple o‘zining navbatdagi taqdimotida yangi modeldagi planshetlar — iPad Air va iPad Pro`ni namoyish etdi. Ularning yangi modellari diagonali 11 va 13 dyuymli bo‘ladi. 13 dyuymli model kompaniya tarixidagi eng ingichka qurilmaga aylandi — 5,1 mm. Batafsil.
Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan reydda veterinariya hujjatlarisiz 1015 kilogramm mol go‘shti aniqlandi. Ular iste’molga yaroqsiz ekani ma’lum bo‘lgach, belgilangan tartibda yo‘q qilindi.
O‘zbekistonda 2023-yil boshidan 2024-yil mayigacha samolyotlarga lazer nurlarining yo‘naltirilishi bilan bog‘liq 16 ta holat qayd etildi. Lazer nurlari odamni ko‘r qilishi, shuningdek, yo‘lovchilar va samolyot ekipaji a’zolarining hayoti hamda sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin.
O‘zbekiston prezidenti Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi boyovutlik otaxon bilan suhbatlashib, uning iltimosiga binoan otaxonga uy sovg‘a qilishni Sirdaryo viloyati hokimiga topshirgandi. Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev otaxonga Guliston shahridan uy sovg‘a qilib, kalitini topshirdi.
O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori rivojlanishning erta bosqichida, biroq “qimmatroqqa sotish uchun arzonroq sotib olish” tendensiyasi o‘zgarmoqda. Endilikda binolardan samarali foydalanishga bo‘lgan talab ortmoqda. Bu nega muhim va uni qanday o‘rganish mumkin — ko‘chmas mulk bo‘yicha ekspert Denis Sokolov ruknida.
O‘zbekiston elchixonasi Dehli aeroportida 5 kg oltin bilan qo‘lga olingan o‘zbekistonliklar tergovini nazoratga oldi. Diplomatik missiya vaqtincha hibsga olingan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazish choralarini ko‘rmoqda.
Sergeli tumanidagi avtotyuning ustaxonasi qarshisida yuqori tezlikda harakatlangan Kia haydovchisi 27 yoshli piyodani urib yubordi. Fuqaro shifoxonada vafot etdi. Tarmoqlarda piyoda ikki mashina o‘rtasida uyushtirilgan poyga yo‘lagiga tushib qolganini ko‘rish mumkin.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rossiya prezidenti bilan uchrashuvda “Krokus”dagi terakt tojik xalqi imijiga jiddiy zarba bo‘lganini bildirdi. Rahmon terrorizmning millati va dini yo‘qligini, bu global muammo ekanini ta’kidladi.
O‘zbekiston prezidenti Moskvada Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi. Davlat rahbari Vladimir Putin va boshqa davlatlar yetakchilari bilan birga Aleksandr bog‘idagi “Noma’lum askar” yodgorligiga gulchambar qo‘ydi. Foto.
Xitoyda 2024 Chery International Business Conference bo‘lib o‘tdi. Unda kompaniya vakillari yangi “Jamoatchilik farovonligi va ESG amaliyotlari” loyihasini taqdim etdi.
9-may kechqurun poytaxtdagi “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘ida mushakbozlik namoyishi bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari hamkorlik, jumladan, savdo-iqtisodiy sohalarni muhokama qildi. “O‘zbekistondan o‘tgan yilgidek meva-sabzavot kutyapmiz. Bu siz uchun ham, biz uchun ham yaxshi”, — dedi Putin. “Bizda Rossiya bozorini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘ldirish imkoni bor”, — dedi Mirziyoyev.
Armaniston 2023-yil noyabrida qabul qilingan KXSHTning 2024-yil uchun budjeti haqidagi qarorga qo‘shilmaydi. Shunga qaramay, mamlakat tashkilotning a’zosi bo‘lib qoladi.
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida fuqaro xonadoniga bir bosh dala echkiemari kirib qolgani aniqlandi. Jonivor Ekologiya vazirligi xodimlari tomonidan ochiq tabiatga qo‘yib yuborildi. Video.
Fransiyaning Suez kompaniyasi yetti yilda Toshkent suv ta’minoti tizimidagi 30 mingga yaqin suv sizib chiqishini bartaraf etishni rejalashtirmoqda, dedi kompaniya bosh direktori Pol Burdiyon. Kompaniya oqova suvlarni qayta ishlash va sanoat, qishloq xo‘jaligi, bog‘ va parklarni sug‘orishda foydalanishni taklif etmoqda.
YeI 600 ming yevro miqdorida grant ajratdi. Ushbu mablag‘lar hisobidan Fransiya taraqqiyot agentligi va BMTTD ko‘magida O‘zbekistonda yashil budjetlashtirish tamoyillari joriy etiladi. Bu budjetni shakllantirishda Barqaror rivojlanish maqsadlari va ekologik kun tartib hisobga olinishini anglatadi.
O‘zbekiston prezidenti YeOIIning yubiley sammitida ishtirok etib, O‘zbekiston amaliy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. U agrosanoat, “yashil” texnologiyalar, mehnat migrantlari uchun sharoitlar yaratish va turizm yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish zarurligini qayd etdi.
18-may kuni Toshkentdagi Botanika bog‘ida YeIning O‘zbekiston bilan hamkorlikning 30 yilligiga bag‘ishlangan festivali bo‘lib o‘tadi. Tadbir davomida YeI tomonidan moliyalashtirilgan 40 dan ortiq loyihalar taqdim etiladi. Ishtirokchilarni o‘yinlar va viktorinalar, shuningdek, gala-konsert kutmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting