Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 19 ta holatda 8,1 mlrd so‘mlik davlat xaridlarining qonunchilikka zid amalga oshirilishi oldi olinganini ma’lum qildi. Eng ko‘p qonun buzilishi holatlari ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida aniqlangan.
AQSh prezidenti Jo Bayden bo‘lajak saylovlardagi raqibi Donald Trampni teledebatga chaqirdi va uning sudlardan bo‘shamayotganiga, faqat chorshanba kunlari vaqti bo‘lishiga sha’ma qildi. Tramp debat bo‘yicha chorlovni qabul qildi. Bayden jamoasi debatlar oldindan ovoz berish boshlanishidan avval o‘tishini istamoqda.
Shavkat Mirziyoyev 16-may kuni Toshkentda O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochilish marosimida ishtirok etadi. Shuningdek, madaniyat va san’at sohasidagi yangi obyekt va loyihalar bilan tanishiladi.
Kunning birinchi yarmida Toshkent shahrida yog‘ib o‘tgan qisqa va shiddatli yomg‘ir ko‘chalarni suvga to‘ldirdi. Tarqalgan videolarda mahallalar, avtomobil yo‘llari va bozorlarni suv bosganini ko‘rish mumkin. Video.
Uzum Market Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda reabilitatsiya vositalarini yetkazib berish loyihasini ishga tushirdi.
Paxtaobod tumanida 21 yoshli Lacetti haydovchisi svetoforning yashil chirog‘ida piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi. YTH oqibatida 41 yoshli piyoda oyoq sinishi bilan bog‘liq jarohat oldi.
Xotin-qizlar ko‘proq ruhiy, shuningdek, jismoniy va iqtisodiy zo‘ravonlikka uchramoqda, dedi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Umida Abdullayeva. Uning aytishicha, 86−87 foiz zo‘ravonlik oilalarda kuzatilyapti. 2024-yilning uch oyida ayollarga 10 mingdan ziyod himoya orderi berilgan.
Yakkasaroy tumanidagi Bobur ko‘chasining ayrim qismlarida yo‘l bir tomonlama noma’lum muddatga yopildi. U yerda 15-may kuni soat 22:00 dan boshlab ta’mirlash ishlari boshlandi. Haydovchilardan yondosh ko‘chalardan harakatlanish so‘ralgan.
Pastdarg‘om tumanida qulab tushgan uy egasi IIBga murojaat qilib, unga 300 ming dollar miqdorida moddiy zarar yetkazilganini bildirdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Qurilish vazirligi uning qo‘shnisi loyiha hujjatlariga amal qilmasdan yer qazish ishlarini olib borganini ma’lum qildi.
Rehina Mariya Kastijio BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bo‘ldi. Bungacha u fondning Xorvatiya va Paragvaydagi vakolatxonalarini boshqargan.
Toshkent shahri Yashnobod tumanida MAN va Yutong avtobuslari to‘qnashdi. YTHda jarohat olganlar yo‘q, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yoshlarni terrorizm ta’siridan himoya qilish choralari, O‘zbekistonda ochiladigan beshinchi Coca Cola zavodi, XVJning daromadlar deklaratsiyasi bo‘yicha tavsiyasi, aholi yashash hududiga kirib qolgan ayiq va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
O‘zbekistonda gaz va elektr energiyasiga yangi tariflarni belgilashda xarajatlarning bir qismini qoplash, shuningdek, tabiiy gazni import qilish xarajatlari hisobga olingan, dedi energetika vaziri. Hozircha ijtimoiy me’yorlarni qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmayapti.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston YAIMi 2024-yilda 6,5 foizga, 2025-yilda esa 6 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda. Tahlilchilarning fikricha, investitsiyalar va sof eksport o‘sish omillari, energiya va suv resurslari taqchilligi esa cheklovchi omillar bo‘ladi.
Oq uy Rossiya Ukrainadagi urush trayektoriyasini o‘zgartirish uchun kuch olayotganidan xavotirda. Ular yaqin oylar tomonlar uchun hal qiluvchi bo‘lishi mumkinligini kutmoqda, deb yozdi New York Times.
Prezident va BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbari Toshkentda yoshlarni ekstremizm va terrorizm g‘oyalari ta’siridan himoya qilish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar, shuningdek, yosh mutaxassislarning tashkilot institutlarida stajirovka o‘tashini tashkil etish masalalarini muhokama qildi.
Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsoning hayotiga suiqasd uyushtirildi — unga hukumat majlisidan chiqqan payti o‘q uzildi. Siyosatchining ahvoli og‘ir, hujumchi qo‘lga olindi.
Prezident qarori bilan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida ulgurji va chakana savdo uchun to‘lov sifatida AQSh dollari, yevro, Rossiya rubli va yuan valyutalarini qabul qilishga ruxsat berildi.
Monitoring DXMlarning nogironligi bo‘lgan shaxslarga xizmat ko‘rsatishga shaylik darajasi turlicha ekanini ko‘rsatdi. Nima uchun bir shaharda davlat xizmatlari turlicha taqdim etiladi? “Gazeta.uz” kolumnisti Dilmurod Yusupov yagona standartlarni joriy etish orqali muammoni hal qilish mumkin, deb hisoblaydi.
Prezident Coca Cola kompaniyasi raisi va bosh direktori Jeyms Kuinsini qabul qildi. Investitsiyalar hajmini kengaytirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish va kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Chorshanba kuni kompaniya mamlakatdagi to‘rtinchi zavodini ochdi. Beshinchisi kelasi yili ochilishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting