Poytaxtning Yakkasaroy tumani hokimiyati huquqshunosi tumanda joylashgan maktabdagi basseynda cho‘milganda ahvoli yomonlashib vafot etdi. Bosh prokuratura o‘lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinladi.
1966-yilgi zilzila Toshkentdagi o‘nlab jamoat binolarini vayron qilgan. Ular orasida Toshkent xalq kutubxonasi ham bor edi. “Gazeta.uz” ushbu muassasa xodimlari qanday qilib vayronalar ostidan nodir kitoblar, qo‘lyozmalar, notalar va bosma nashrlarni olib chiqqani haqida hikoya qiladi.
Toshkent xalqaro aeroportida yiliga 120 ming tonna yuk tashish quvvatiga ega yangi yuk terminali quriladi. Hozirgi terminal 30 ming tonna sig‘imga ega, biroq 2024-yilda u ikki barobardan ko‘proq yuk va pochta jo‘natmalarini qabul qilishi kutilmoqda.
O‘zbek tilidagi “Jentlmencha bo‘lmagan ishlar vazirligi” va “Yakshanba” filmlari hamda yana 8 ta kinopremyera, spektakllar, ijodiy mahorat darslari, Xalqaro jaz festivali, konsertlar, ko‘rgazmalar, bolalar uchun shou-dasturlar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Tarmoqlarda Toshkent shahrida yosh bolalar orasida isitma va tomoq og‘rig‘i ortib, shifoxonalarga murojaatlar ko‘paygani haqida video tarqaldi. SSBB bu xabarlar asossiz ekani, bemorlar soni tunda birmuncha ko‘p bo‘lishi va ular boshqa kasalliklar bo‘yicha ham murojaat qilayotganini ma’lum qildi.
Dam olish kunlari respublikaning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat kunduzi +18…+25 daraja bo‘ladi, kechasi +8…+13 darajagacha pasayadi. Joylarda shamol tezligi kuchayib, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi.
Internetda Turkiyada bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev va qidiruvda bo‘lgan tadbirkor Sherali Sobirjanov o‘rtasidagi suhbat videosi tarqaldi. BP video yanvar oyida bosh prokuror o‘z mablag‘i hisobidan davolanayotgan turk klinikasida yozib olingani va amaldor bu tadbirkor bilan tanish bo‘lmaganini ma’lum qildi.
Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida fuqarolarga yer maydonlarini mansabdor tanishlari orqali noqonuniy ravishda sotishga uringan shaxslar aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Prezident davlat obyektlarini xususiylashtirishni jadallashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. 247 ta korxonaning davlat ulushlari, 1000 dan ortiq ko‘chmas mulk obyekti va 12 ta yirik korxona aksiyalari savdoga chiqariladi. Sotilmay qolgan yer uchastkalari narxi bosqichma-bosqich pasayadi.
Toshkent xalqaro aeroportida oltinchi marta rasmiy spotting-tur o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonning turli shaharlaridan, shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston va Belarusdan 30 dan ortiq spotter qatnashdi. Foto.
Qashqadaryoda yigit voyaga yetmagan qizni yechinishga majburlab, jinsiy tegajog‘lik qilgani va kaltaklagani videosi tarqaldi. Holat bolalar ombudsmani nazoratiga olinib, yigit va jarayonni videoga olgan shaxsga nisbatan jinoiy ish ochildi.
O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari yuk mashinalari tranzitini soddalashtirish va ruxsatnoma blankalarini bekor qilishga kelishib oldi. Bu yetkazib berish muddatini qisqartirishi va yuk xavfsizligini oshirishi kutilmoqda.
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan 1896-yil zarb qilingan Nikolay kumush tangasining xorijga olib chiqib ketilishi oldi olindi. Tanganing taxminiy qiymati 1,2 mln so‘mni tashkil etilishi aytilmoqda.
O‘zbekiston 2000-yildan beri ilk marta intellektual mulkning huquqiy muhofazasi bo‘yicha AQSh Savdo vakilligining (USTR) qora ro‘yxatiga kiritilmadi. Bunga mualliflik huquqlari masalasiga “yuqori darajada siyosiy” e’tibor qaratilgani, Bojxona kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar va boshqalar keltirilgan.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiyasiga autsorsing asosida xususiy sektor jalb qilinadi. Unga ko‘ra, 1-maydan boshlab uzunligi 20 kilometrgacha bo‘lgan yo‘llarni ekspluatatsiyasi uchun e’lonlar davlat xaridlarining maxsus axborot portaliga joylashtiriladi.
Yandex o‘quvchilar uchun ijtimoiy muammolarni hal etishda texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida ma’ruzalar tinglash imkonini taqdim etdi. Kompaniya xodimlari ilovadan nogironligi bo‘lganlar qanday foydalanishi, AI ijtimoiy va ekologik loyihalarda qanday yordam berishini so‘zlab beradi.
Fransiyaning Axens kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish doirasida qator qurilmalarni loyihalashtiradi. Loyiha “O‘zbekneftgaz”ga Ai-80 benzin ishlab chiqarishdan voz kechib, 1 mln tonnadan ortiq Yevro-5 sinfidagi Ai-92 va Ai-95 benzinlarini ishlab chiqarishga o‘tish imkonini beradi.
OpenCard yutuq Dyson multistayleri bo‘lgan aksiyani ishga tushirdi. 10-may kuni Open Instagram sahifasida g‘olib e’lon qilinadi.
Buxoro aeroporti orqali Rossiyaning Vnukovo tumaniga ketayotgan ikki fuqaro yonidan 1751-yilda Yekaterinburgda yasalgan 4 ta qadimiy tanga topildi. Numizmatik ashyolar doimiy saqlash uchun Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasiga topshirildi.
Yevropa parlamenti havo sifatining JSST tavsiyalariga yaqinroq bo‘lgan yangi standartlarini qabul qildi. Rasmiylar bu chora Yevropada bevaqt o‘limlar sonini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi, deb umid qilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting