Arxiv

Markaziy bank O‘zbekiston aholisining ta’lim xarajatlari oshganini qayd etdi
13 noyabr 2023, 19:59

Markaziy bank O‘zbekiston aholisining ta’lim xarajatlari oshganini qayd etdi

O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari aholi bilim olish va sayohatga ko‘proq mablag‘ sarflay boshlaganini ko‘rsatdi. Respondentlarning kelajakdagi xarajatlari tarkibida ta’lim birinchi o‘rinni egalladi.

Oliy Majlis deputatlari Toshkentda kattalar uchun mo‘ljallangan hospis qurilishini nazoratga oldi
13 noyabr 2023, 19:43

Oliy Majlis deputatlari Toshkentda kattalar uchun mo‘ljallangan hospis qurilishini nazoratga oldi

“Gazeta.uz”ning O‘zbekistonda saraton bilan og‘riganlar qanday vafot etayotgani haqidagi maqolasidan so‘ng Qonunchilik palatasi deputatlari Toshkentdagi kattalar hospisi qurilishiga hamda Taskin bolalar hospisiga tashrif buyurdi. Ular hospis va palliativ yordam parlament nazoratiga olinishiga ishontirishdi.

O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etilmoqda
13 noyabr 2023, 18:34

O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etilmoqda

O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi vositalarni joriy etish maqsadida biznesni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etilmoqda. U kapitalni moliyalashtirish, xizmat ipotekasi va boshqa yordamlarni ko‘rsatadi. Kompaniya budjetdan 1,2 trln so‘m va 100 mln dollarlik kreditlar oladi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun faoliyat turlari ro‘yxati kengaytirildi
13 noyabr 2023, 17:34 2

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun faoliyat turlari ro‘yxati kengaytirildi

O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga 19 ta tur qo‘shildi. Milliy taqinchoqlar, atlas va adras ishlab chiqarish, qo‘ziqorinlarni yig‘ish, uyda yetishtirish va sotish va boshqalar shular jumlasidan.

Toshkentda avtobus yonib ketdi
13 noyabr 2023, 17:20

Toshkentda avtobus yonib ketdi

Yangihayot tumanida “12-Avtobus saroyi”ga tegishli MAN avtobusi yonib ketdi. Hodisaga elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.

Chexiya va O‘monning yangi tayinlangan elchilari O‘zbekistonda ish boshladi
13 noyabr 2023, 16:26

Chexiya va O‘monning yangi tayinlangan elchilari O‘zbekistonda ish boshladi

Chexiya va O‘monning O‘zbekistondagi yangi elchilari TIV rahbari Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Asakabank milliy valyutadagi omonat foiz stavkalari ko‘tarildi
13 noyabr 2023, 15:00

Asakabank milliy valyutadagi omonat foiz stavkalari ko‘tarildi

8-dekabrgacha Asakabank`da milliy valyutadagi depozitlarga oshirilgan foiz stavkalari amal qiladi.

Qashqadaryoda fuqaro 21 tup qayrag‘ochni kesib tashladi
13 noyabr 2023, 14:45

Qashqadaryoda fuqaro 21 tup qayrag‘ochni kesib tashladi

Kitob tumanida fuqaro 21 tup qayrag‘och daraxtini noqonuniy ravishda kesib tashlagani aniqlandi. Holat bo‘yicha 180 mln 840 ming so‘m zarar belgilandi.

“Bu inqirozning oxiri ko‘rinmayapti”. Abdulla Aripov Arab-islom sammitida G‘azodagi mojaroga to‘xtaldi
13 noyabr 2023, 14:35

“Bu inqirozning oxiri ko‘rinmayapti”. Abdulla Aripov Arab-islom sammitida G‘azodagi mojaroga to‘xtaldi

Saudiya Arabistonida o‘tgan Arab-islom sammitida G‘azodagi harbiy amaliyotlarni zudlik bilan to‘xtatish muhokama qilindi. Unda qatnashgan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov a’zo davlatlarni Al-Aqso masjidi va Quddusdagi boshqa maskanlar daxlsizligini ta’minlashda imkoniyatlarini safarbar etishga chaqirdi.

Qozog‘iston o‘zining g‘arbiy hududlarini O‘zbekiston bilan bog‘lash uchun Beyneu-Shalkar avtomobil yo‘lini quradi
13 noyabr 2023, 14:29

Qozog‘iston o‘zining g‘arbiy hududlarini O‘zbekiston bilan bog‘lash uchun Beyneu-Shalkar avtomobil yo‘lini quradi

Qozog‘iston bosh vaziri Alixon Smailov mamlakatning g‘arbiy viloyatlarini O‘zbekiston bilan bog‘lash uchun Beyneu-Shalkar avtomobil yo‘li qurilishini ma’lum qildi. Bu yo‘l Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yo‘lagi shakllantirishni yakunlashga xizmat qiladi.

O‘zbekiston delegatsiyasi BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha jahon sammitida qatnashadi
13 noyabr 2023, 14:15

O‘zbekiston delegatsiyasi BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha jahon sammitida qatnashadi

O‘zbekiston delegatsiyasi 1−2-dekabr kunlari Dubay shahrida o‘tkaziladigan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha jahon sammitida ishtirok etadi. Unda O‘zbekiston milliy, mintaqaviy va global darajada iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashni kuchaytirish yuzasidan qator taklif va tashabbuslarni ilgari suradi.

Toshkentda uchta tumanning ayrim qismlarida issiq suv va isitish tizimi vaqtincha o‘chiriladi
13 noyabr 2023, 12:03

Toshkentda uchta tumanning ayrim qismlarida issiq suv va isitish tizimi vaqtincha o‘chiriladi

Dushanba kuni Toshkentdagi “Chuqursoy” podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlik sababli Yunusobod, Olmazor va Shayxontohur tumanlarida issiq suv va isitish tizimi vaqtincha o‘chiriladi. Hokimlik ta’minot yarim tunga qadar tiklanishini bildirdi.

200 ga yaqin bola va ayollar hamon Suriyada va repatriatsiyani kutmoqda — UNICEF`ning O‘zbekistondagi sobiq rahbari
13 noyabr 2023, 11:09

200 ga yaqin bola va ayollar hamon Suriyada va repatriatsiyani kutmoqda — UNICEF`ning O‘zbekistondagi sobiq rahbari

UNICEF`ning O‘zbekistondagi sobiq rahbari Munir Mamedzadega ko‘ra, 200 ga yaqin o‘zbekistonlik bola va ayollar hamon Suriya lagerlarida va vataniga qaytishlarini kutmoqda. U o‘tgan “Mehr” operatsiyalari doirasida qaytarilganlarning reintegratsiya jarayoni uchun ijtimoiy soha xodimlari o‘rni muhimligini ta’kidladi.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi yarim marafon chempionatida 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi
13 noyabr 2023, 10:49

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi yarim marafon chempionatida 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi

Dubayda (BAA) yengil atletikaning yarim marafon yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar yakkalik va jamoaviy bahslarda ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Ish haftasi juda iliq bo‘ladi
13 noyabr 2023, 10:46

Ish haftasi juda iliq bo‘ladi

Bu hafta havo harorati kundan-kunga ko‘tarilib, ish haftasining yarmida kunduzi +27 darajagacha yetadi. Bunday harorat foni noyabr o‘rtalari uchun iqlim qiymatlaridan +5…+8 daraja yuqori.

O‘zbekiston Falastinning bosib olingan hududlaridagi Isroil aholi punktlarini noqonuniy deb topishni yoqladi
13 noyabr 2023, 10:30

O‘zbekiston Falastinning bosib olingan hududlaridagi Isroil aholi punktlarini noqonuniy deb topishni yoqladi

BMT Isroilning Falastin va Suriyadagi bosib olingan hududlarida qurilgan aholi punktlarini noqonuniy deb topdi. Bu bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini 145 ta mamlakat orasida O‘zbekiston ham ma’qulladi.

Namangan va Farg‘onada aholiga tarqatilishi kerak bo‘lgan salkam 2 ming tonna ko‘mirni o‘zlashtirganlar aniqlandi
13 noyabr 2023, 09:57

Namangan va Farg‘onada aholiga tarqatilishi kerak bo‘lgan salkam 2 ming tonna ko‘mirni o‘zlashtirganlar aniqlandi

Namangan va Farg‘ona viloyatlarida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga mo‘ljallangan 1988 tonna ko‘mirni sotib yuborgan ko‘mir ombor mudirlari aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekiston Afg‘onistondagi temiryo‘lni “qulay narxda” ta’mirlab beradi
13 noyabr 2023, 09:56

O‘zbekiston Afg‘onistondagi temiryo‘lni “qulay narxda” ta’mirlab beradi

O‘zbekiston va Afg‘oniston temiryo‘l kompaniyalari rahbarlari Hayraton — Naybobod — Mozori Sharif temiryo‘lining bir qismini ta’mirlashga kelishib oldi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbari Zufar Narzullayev ta’mirlash ishlarini “sifatli, qulay narxda va 50 foizlik chegirma bilan amalga oshirishga” va’da berdi.

Toshkent “skver”iga marsiya. Guvohlar ko‘rsatmasi
13 noyabr 2023, 07:00

Toshkent “skver"iga marsiya. Guvohlar ko‘rsatmasi

Roppa-rosa 14 yil avval Toshkentning Amir Temur xiyobonida daraxtlarni kesish boshlangan edi. “Gazeta.uz” guvohlar bilan “skver qirg‘ini” haqida gaplashdi va rasmiylar buni qanday izohlaganiga doir OAVdagi chiqishlar arxivini o‘rgandi.

"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting