Arxiv

“O‘zbektelekom” AKda IPO joylashtirish doirasida biznes-uchrashuv o‘tkazildi
3 noyabr 2023, 13:00

“O‘zbektelekom” AKda IPO joylashtirish doirasida biznes-uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbektelekom aksiyadorlik kompaniyasi bo‘lajak IPO doirasida potensial investorlar bilan biznes-uchrashuv tashkil etdi. Imzolash kampaniyasini 2023-yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Fransiyadan 10 ta tibbiy vertolyot xarid qilishni rejalashtirmoqda
3 noyabr 2023, 12:45

O‘zbekiston Fransiyadan 10 ta tibbiy vertolyot xarid qilishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston Fransiyaning Airbus Helicopters kompaniyasidan 10 ta tibbiy vertolyot xarid qilishni rejalashtirmoqda. SSV rahbari Amrillo Inoyatov kompaniya rahbariyati bilan Yevropa standartlariga mos tibbiy aviatsiya xizmatini tashkil etish hamda soha mutaxassislarini tayyorlash kabi masalalarni muhokama qildi.

Toshkentdagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi
3 noyabr 2023, 12:36

Toshkentdagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Poytaxtning Yashnobod tumanidagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in ro‘y berdi. Uni o‘chirishga 1 soatdan ortiq vaqt sarflandi. Hodisa oqibatida fuqarolar jarohat olgani va halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar kelib tushmadi, deyiladi FVV xabarida.

O‘zbekiston BMTning AQShni Kuba blokadasini to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi
3 noyabr 2023, 12:30

O‘zbekiston BMTning AQShni Kuba blokadasini to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi

BMT Bosh Assambleyasi 31 marta AQShni Kubaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi. Hujjatni 187 davlat, jumladan, O‘zbekiston ham qo‘llab-quvvatladi. Delegatlar Kubaga qarshi embargo noqonuniy ekanini ta’kidlab, bu “BMT Nizomini ochiqdan-ochiq va tizimli ravishda buzish” ekanligini ta’kidladi.

Xorazmda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini zo‘rlagan mansabdorlar 3 yilga qamaldi
3 noyabr 2023, 12:25

Xorazmda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini zo‘rlagan mansabdorlar 3 yilga qamaldi

Urganchdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqada bo‘lib kelgan ikki sobiq amaldorga sud hukmi o‘qildi. Xorazm viloyati adliya boshqarmasi va Yangiariq tumani FVBning sobiq boshliqlari uzil-kesil 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi — 2024-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti va budjeti uchun xavflar haqida
3 noyabr 2023, 11:33

Iqtisodiyot va moliya vazirligi — 2024-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti va budjeti uchun xavflar haqida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024-yilgi budjet barqarorligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan omillar va xavflarni sanab o‘tdi. Ular qatorida so‘mning qadrsizlanishi, oltin va mis narxining pasayishi, energiya tariflari oshirilmasligi, oziq-ovqat mahsulotlari jahon narxlarining oshishi va boshqalar bor.

AQSh O‘zbekistonning Mvizion kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi
3 noyabr 2023, 11:24

AQSh O‘zbekistonning Mvizion kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi

AQSh “Rossiya armiyasi uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini sotib olish va yaratish kabi faoliyat bilan shug‘ullangan” 13 ta kompaniyaga nisbatan sanksiyalar e’lon qildi. Ular orasida O‘zbekistondan Mvizion kompaniyasi ham bor.

Perfectum yangi “O‘quvchi” tarifi va telefon uchun Cashback taklif qiladi
3 noyabr 2023, 11:00

Perfectum yangi “O‘quvchi” tarifi va telefon uchun Cashback taklif qiladi

Perfectum kompaniyasi maktab o‘quvchilari va ta’lim muassasalari, kollej va litseylarda ta’lim oluvchilar uchun yangi “O‘quvchi” tarifini ishga tushirdi.

Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz o‘tadi
3 noyabr 2023, 10:48

Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz o‘tadi

O‘zgidromet O‘zbekistonga yana “oltin kuz” qaytgani, dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘lishi, yog‘ingarchilik kutilmasligi, shamol esa o‘rtacha tezlikda esishini ma’lum qildi. Harorat kechalari +5…+10 daraja, kunduzi +19…+24 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
3 noyabr 2023, 10:47

Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Komiljon Komilov Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Surxondaryodagi 4 ta arxeologik yodgorlikka 7 mlrd so‘mlik zarar yetdi. U yerlarda uy, hojatxona va molxona qurilgan
3 noyabr 2023, 10:38

Surxondaryodagi 4 ta arxeologik yodgorlikka 7 mlrd so‘mlik zarar yetdi. U yerlarda uy, hojatxona va molxona qurilgan

Bosh prokuratura Sherobod tumanidagi “Tallagan tepa”, “G‘o‘rintepa”, “Xushvaqtepa” va “Toshtepa” yodgorliklariga zarar yetkazilganini aniqladi. Bu manzillarda yo‘l, uy-joy, hojatxona va molxona qurilgan. 7 mlrd so‘mlik zarar yetgan ushbu holatlar bo‘yicha hokimlik mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Urganch aeroportida 50 dona qadimiy tanga olib chiqilishining oldi olindi
3 noyabr 2023, 10:06

Urganch aeroportida 50 dona qadimiy tanga olib chiqilishining oldi olindi

Urganch xalqaro aeroportida xorij fuqarosi 50 dona qadimiy tangani O‘zbekistondan olib chiqib ketishining oldi olindi. Misdan yasalgan tangalar orasida temuriylar davriga oidlari ham bo‘lgan. Hozirda ular “Xiva Ichan-qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasiga topshirilgan.

Damas, Labo, Cobalt va Captiva 5 uchun shartnoma tuzish ochildi
3 noyabr 2023, 09:57

Damas, Labo, Cobalt va Captiva 5 uchun shartnoma tuzish ochildi

UzAuto Motors Chevrolet rasmiy dilerlik markazlarida Damas, Labo, Cobalt va Captiva 5 sotuvi boshlanganini e’lon qildi.

Isroil armiyasi G‘azo qurshab olinganini e’lon qildi
3 noyabr 2023, 09:48

Isroil armiyasi G‘azo qurshab olinganini e’lon qildi

Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati rahbari qo‘shinlar G‘azo shahrini qurshab olganini e’lon qildi. Uning aytishicha, sulh tuzish masalasi “kun tartibida emas”.

Toshkent aeroportida kutib olish hududi ochildi (foto)
3 noyabr 2023, 09:42

Toshkent aeroportida kutib olish hududi ochildi (foto)

Toshkent xalqaro aeroportida kutib oluvchilar uchun kutish zali ochildi. Pavilonni bahorda qurib bitkazish rejalashtirilgandi, lekin boshlangan ish birdan to‘xtatilgan. Uzbekistan Airports kompaniyasi bu terminal kengaytirilgunga qadar vaqtinchalik yechim ekanini qayd etdi.

Pokiston hujjatsiz afg‘onlarni ommaviy deportatsiya qilishni boshladi
2 noyabr 2023, 20:50

Pokiston hujjatsiz afg‘onlarni ommaviy deportatsiya qilishni boshladi

Pokiston mamlakatda noqonuniy yashayotgan xorijliklarni deportatsiya qilishni boshladi. Ularning aksariyati Afg‘onistondan. BMT mamlakat hukumatini “inson huquqlari sohasidagi halokat”ning oldini olish uchun afg‘onlarni majburan chiqarib yuborishdan voz kechishga chaqirdi.

Xitoy va AQSh yadroviy qurol ustidan nazorat bo‘yicha uchrashuv o‘tkazadi
2 noyabr 2023, 20:17

Xitoy va AQSh yadroviy qurol ustidan nazorat bo‘yicha uchrashuv o‘tkazadi

Xitoy va AQSh rasmiylari uzoq vaqtdan buyon ilk bor yadroviy qurol ustidan nazorat bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqchi. Qo‘shma Shtatlar Rossiya va Xitoy bilan “beqarorlashtiruvchi uch tomonlama qurollanish poygasi”ning oldini olishga intilmoqda, deb yozadi WSJ.

O‘zbekistonning ikki viloyatida sovuq suv uchun tariflar oshiriladi
2 noyabr 2023, 19:26

O‘zbekistonning ikki viloyatida sovuq suv uchun tariflar oshiriladi

Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida 15 va 16-noyabrdan sovuq suv va kanalizatsiya xizmatlari narxlari oshadi.

Gaz, elektr va boshqa sohalarga subsidiyalar uchun davlat budjetidan qancha mablag‘ ajratiladi?
2 noyabr 2023, 18:12

Gaz, elektr va boshqa sohalarga subsidiyalar uchun davlat budjetidan qancha mablag‘ ajratiladi?

2023-yilda davlat budjetidan aholiga gaz, elektr, issiqlik ta’minoti va jamoat transporti narxlarini subsidiyalash uchun 31 trln so‘mdan ortiq (2,53 mlrd dollar) ajratish rejalashtirilgan. Bu nafaqa, moddiy yordam, ilm-fan, sport va madaniyat uchun ajratilgan jami mablag‘dan ko‘proq.

SHHT yangi transport yo‘laklari izlamoqda. Toshkentda tashkilotga a’zo davlatlarining birinchi transport forumi bo‘lib o‘tdi
2 noyabr 2023, 18:11

SHHT yangi transport yo‘laklari izlamoqda. Toshkentda tashkilotga a’zo davlatlarining birinchi transport forumi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda SHHT davlatlarining birinchi transport forumi bo‘lib o‘tdi. Uning doirasida “Belarus — Rossiya — Qozog‘iston — O‘zbekiston — Afg‘oniston — Pokiston” va “Rossiya — Kaspiy dengizi — Turkmaniston — O‘zbekiston — Qirg‘iziston” yangi xalqaro transport yo‘laklarini yaratish bo‘yicha memorandumlar imzolandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting