Arxiv

“Tez yordam”ga 3 oyda 3,1 mln murojaat kelib tushdi
10 aprel 2024, 12:52

“Tez yordam”ga 3 oyda 3,1 mln murojaat kelib tushdi

2024-yilning dastlabki 3 oyi davomida “Tez yordam” xizmatiga 3,1 millionta murojaat kelib tushgan. Ularning 812 247 tasi surunkali kasalliklar, 19 114 tasi esa tug‘ruqlar uchun chaqirilgan.

G‘allaoroldagi qishloqda iftorlik. Xolida Musulmon fotohikoyasi
10 aprel 2024, 11:38

G‘allaoroldagi qishloqda iftorlik. Xolida Musulmon fotohikoyasi

Ro‘zadorlarga iftorlik berish savobli amallardan hisoblanadi. Shuningdek, bu eski gina-kuduratlarni unutish, xursandchilikni birga baham ko‘rish uchun yaxshi bir bahona ham. Fotosuratchi Xolida Musulmon Chuvilloq qishlog‘idagi oila iftorlikka qanday tayyorgarlik ko‘rishi va ramazonchi bolalar haqida hikoya tayyorladi.

Toshkent viloyatida xizmat vazifasini bajarayotgan IIB xodimi pichoqlandi
10 aprel 2024, 03:09

Toshkent viloyatida xizmat vazifasini bajarayotgan IIB xodimi pichoqlandi

Toshkent tumanida oilaviy janjal bo‘yicha chaqiruv olgan IIB xodimi pichoqlandi. U oshxona pichog‘i ushlagan shaxsdan qurolsizlanishni so‘ragan, ammo 56 yoshli fuqaro unga faol qarshilik ko‘rsatib, chap bel qismini jarohatlagan. Xodim IIV markaziy gospitaliga yotqizildi, fuqaro esa besh yilgacha qamalishi mumkin.

Jizzaxda 7-sinf bolani urgan o‘qituvchi ishdan olindi
10 aprel 2024, 02:43

Jizzaxda 7-sinf bolani urgan o‘qituvchi ishdan olindi

Bolalar ombudsmaniga kelgan murojaat o‘rganilganda Jizzax viloyati Zomin tumanida maktab o‘qituvchisi voyaga yetmagan o‘quvchining yuziga bir necha bor tarsaki urib, uni haqorat qilgani ma’lum bo‘ldi. Maktab direktori buyrug‘iga asosan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Shveysariya aholisi hukumat iqlimga beparvoligi sabab Yevropa sudiga arz qilib, yutib chiqdi
9 aprel 2024, 23:51

Shveysariya aholisi hukumat iqlimga beparvoligi sabab Yevropa sudiga arz qilib, yutib chiqdi

Shveysariyaning keksa aholisi mamlakat hukumatining iqlim bo‘yicha harakatsizligiga doir inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi ishida g‘olib chiqdi. Haddan tashqari issiq havo ularning sog‘lig‘iga ziyon yetkazib, o‘lim xavfini yuzaga keltirmoqda. Bu — iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tarixdagi birinchi qaror.

2024-yil mart oyi ham kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi
9 aprel 2024, 23:26

2024-yil mart oyi ham kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi

O‘tgan mart oyi butun dunyo bo‘ylab kuzatuvlar tarixidagi eng issiq mart bo‘ldi. Meteorologlar ketma-ket o‘ninchi oy oylik harorat rekordini qayd etmoqda.

9-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
9 aprel 2024, 22:50

9-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Toshkent tumanlarini aylanib chiqqan hokim, UzAuto Motors`ning avtomobil bozoridagi ulushi, ilk bor o‘tkaziladigan mudofaa sanoati ko‘rgazmasi, 20 yoshga to‘lgan “Ziyouz.com” va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev xalqni Ramazon hayiti bayrami bilan tabrikladi
9 aprel 2024, 22:38

Shavkat Mirziyoyev xalqni Ramazon hayiti bayrami bilan tabrikladi

Prezident Ramazon hayiti munosabati bilan yo‘llagan tabrigida mamlakatdagi islohotlar islom dinining mohiyati va g‘oyalari bilan uyg‘un ekanini aytdi. U vijdon erkinligini ta’minlash, milliy va diniy qadriyatlarni tiklash yo‘lidagi ishlar davom etishini ta’kidladi.

O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari bir-birini Ramazon hayiti bilan tabrikladi
9 aprel 2024, 22:09

O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari bir-birini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdog‘an telefon orqali muloqotda bir-birini Ramazon hayiti bayrami bilan qutladi. Davlat rahbarlari “qardosh O‘zbekiston va Turkiya xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq” tilab, ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik masalalarini ham muhokama qildi.

Prezident — Jizzax viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish imkoniyatlari haqida
9 aprel 2024, 21:47

Prezident — Jizzax viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish imkoniyatlari haqida

Jizzax viloyatidagi mahallalarga eksportchi liderlar biriktiriladi, dedi prezident. Bundan tashqari, Irjar — Do‘stlik — Jizzax yo‘nalishida yangi yo‘lovchi poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yish, Aydar-Arnasoy ko‘li atrofida “turizm halqasi” yaratish va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish rejalashtirilgan.

“Ziyouz.com” 20 yoshga to‘ldi
9 aprel 2024, 21:10

“Ziyouz.com” 20 yoshga to‘ldi

O‘zbek tilidagi eng yirik onlayn-kutubxona — “Ziyouz.com” ishga tushganiga 20 yil to‘ldi. Portalda minglab nasriy, o‘n minglab she’riy asar, minglarcha ilmiy-ma'rifiy maqola to‘plangan. “„Ziyouz.com“ xalqimizning ziyoli bo‘lmog‘iga […] hissa qo‘shayotganidan baxtliman”, deydi loyiha asoschisi Davronbek Tojialiyev.

“Sharlar charxpalakdan emas, 5 metr balandlikdagi temirlardan yog‘diriladi”. Ekologiya boshqarmasi — “Ashxobod” sayilgohida 20 mingta pufak tushirilishi haqida
9 aprel 2024, 20:05

“Sharlar charxpalakdan emas, 5 metr balandlikdagi temirlardan yog‘diriladi”. Ekologiya boshqarmasi — “Ashxobod” sayilgohida 20 mingta pufak tushirilishi haqida

Toshkent shahri Ekologiya boshqarmasi 10-aprel kuni “Ashxobod” sayilgohidagi charxpalakdan 20 mingta shar yog‘dirilishi haqidagi xabarga munosabat bildirib, sharlar 5 metr balandlikdagi balkalardan tushirilishini bildirdi. Tashkilotchilar ekologiyaga zarar yetkazmaslik to‘g‘risida ogohlantirildi, deb yozdi boshqarma.

Amir Temur — antikorrupsioner, motivator, ilg‘or soliqchi, “Napoleonning ustozi”, “Otaturkning kumiri”
9 aprel 2024, 19:56

Amir Temur — antikorrupsioner, motivator, ilg‘or soliqchi, “Napoleonning ustozi”, “Otaturkning kumiri”

Har yili Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan 9-aprelda va uning arafasi OAVda buyuk sarkarda hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ko‘plab materiallar e’lon qilinadi. “Gazeta.uz” hafta davomida davlat gazetalarida chop etilgan shu mavzudagi maqolalar asosida dayjest tayyorladi.

Toshkent shahri hokimligiga matbuot kotib tayinlandi
9 aprel 2024, 19:24

Toshkent shahri hokimligiga matbuot kotib tayinlandi

Bungacha poytaxt hokimligi matbuot xizmatida ishlab kelgan Gulnoza Kasimova Toshkent shahri hokimining matbuot kotibi va axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Shavkat Umurzoqov hokim etib tasdiqlanganidan so‘ng Toshkentdagi barcha tumanlarni aylanib chiqdi (foto, video)
9 aprel 2024, 18:01

Shavkat Umurzoqov hokim etib tasdiqlanganidan so‘ng Toshkentdagi barcha tumanlarni aylanib chiqdi (foto, video)

O‘tgan haftada Toshkent shahri hokimligiga tasdiqlangan Shavkat Umurzoqov tayinlovdan so‘ng poytaxtdagi barcha tumanni aylanib chiqdi. U ishchi guruh bilan mahallalarga borib, kamchilik va muammolarni muhokama qildi. “Gazeta.uz” hokimning 4 kunlik o‘rganishlari aks etgan video va suratlarni jamladi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (10−14-aprel)
9 aprel 2024, 17:49

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (10−14-aprel)

Bog‘lar va savdo markazlaridagi shou-dasturlar hamda konsertlar, ochiq osmon ostidagi kinonamoyishlar, Humo Bahor Fest, ko‘rgazmalar, art-bozor, spektakllar, bolalar uchun tadbirlar va ketma-ket dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Qoraqalpog‘istonda fuqaroni 11 ming dollarga DXXga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
9 aprel 2024, 17:47

Qoraqalpog‘istonda fuqaroni 11 ming dollarga DXXga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Nukusda fuqaroning ishonchiga kirib, 11 ming dollarga DXX organlariga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlangani aytilmoqda. Aniqlanishicha, u avval ham 4 kishini firibgarlik bilan DXXga ishga joylash evaziga 65 ming dollar olgan. Besh marta sudlangan fuqaroga yana firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

Ro‘zadorlar uchun suv va xurmo, bolalarga velosiped hamda iftor dasturxoni. “Sen dunyoga keraksan” jamoasining Ramazondagi faoliyati haqida
9 aprel 2024, 17:40

Ro‘zadorlar uchun suv va xurmo, bolalarga velosiped hamda iftor dasturxoni. “Sen dunyoga keraksan” jamoasining Ramazondagi faoliyati haqida

“Sen dunyoga keraksan” ko‘ngillilar jamoasi Ramazon oyida Toshkent shahrida “Yo‘lda iftorlik” loyihasini o‘tkazib, 21 mingdan ziyod ro‘zadorga suv va xurmo tarqatdi. Shuningdek, Toshkent viloyatida kam ta’minlangan oilalar uchun 100 kishilik iftor dasturxoni yozildi, 20 nafar bolaga velosiped taqdim etildi. Foto.

Saudiya Arabistoni Neom loyihasidan kutilmalarini pasaytirdi — Bloomberg
9 aprel 2024, 17:31

Saudiya Arabistoni Neom loyihasidan kutilmalarini pasaytirdi — Bloomberg

Saudiya Arabistoni rasmiylari yirik Neom loyihasi doirasida barpo etilayotgan The Line shaharchacida avval rejalashtirilganidek 1,5 mln kishi emas, balki 300 mingdan kam odam istiqomat qilishini kutmoqda. Moliyaviy muammolar tufayli The Line shahri xarajatlari qisqartirilmoqda, deb yozmoqda Bloomberg.

UzAuto Motors`ning O‘zbekiston avtomobil bozoridagi ulushi 81 foizni, ADM Jizzakh`niki 5,5 foizini tashkil etmoqda
9 aprel 2024, 17:13

UzAuto Motors`ning O‘zbekiston avtomobil bozoridagi ulushi 81 foizni, ADM Jizzakh`niki 5,5 foizini tashkil etmoqda

2023-yilda UzAuto Motors 4,85 mlrd dollarlik 369,99 ming dona avtomobil ishlab chiqarib, O‘zbekiston avtomobil bozorining 81 foizini egalladi. ADM Jizzakh ulushi 5,5 foizni tashkil etgan, bozorning qolgan ulushi import, jumladan, 291 mln dollarlik 8948 ta BYD avtomobili hissasiga to‘g‘ri keldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting