Toshkentda turar joy narxi yiliga 20 foizga oshmoqda. Aksariyat xaridorlarning fikricha, poytaxt ko‘chmas mulk bozorida pufak hosil bo‘lgan va u yorilish arafasida. O‘zi pufak qanday hosil bo‘ladi? U haqiqatan ham bormi? Uy sotib olishda nimalarga e’tibor berish kerak? Tahlilchi Denis Sokolov maqolasi shu haqda.
Toshkent ekologik zonalarga bo‘linadi. Ularga kirishni avtomobil chiqaradigan ifloslantiruvchi moddalar darajasiga qarab cheklash rejalashtirilgan. Bu darajani aniqlash va avtomobilni RFID stikerlari bilan belgilash Fayzoboddagi diagnostika markazida bo‘ladi. Prezident markaz faoliyati bilan tanishdi. Foto.
11-martdan boshlanadigan Ramazon oyi, benzin import qilishdagi muammolar, uchta tumanga tayinlangan hokimlar, 5 yil ichida taqiqlangan mingdan ortiq manba va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Jizzax viloyatining Zafarobod tumani hokimi yo‘l qo‘ygan kamchiliklari, Buxoro tumani hokimi esa sog‘lig‘idagi muammo tufayli lavozimidan ozod etildi. Ularning o‘rniga yangi hokimlar tasdiqlandi.
Prezident Oksana Chusovitina nomidagi gimnastika sport mahorati maktabiga tashrif buyurdi. Muassasa 1−11-sinflardagi 105 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan. Bu yerda 91 nafar bola tahsil olmoqda. Ular qo‘shni 175-maktabda umumiy ta’lim darslarida qatnashadi.
Italiya matbuoti mamlakat o‘smirlar terma jamoasining uch nafar a’zosi o‘zbekistonlik 17 yoshli qilichboz qizni zo‘rlaganlikda gumonlanayotgani haqida xabar berdi. O‘zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi raddiya e’lon qilib, Italiya qilichbozlik federatsiyasini “maxsus tayyorlangan yolg‘on xabar"da aybladi.
Seshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Boks bo‘yicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabiga bordi. U yerga ilk bor 2022-yilda yosh sportchilar qabul qilingan, hozir 50 nafar o‘quvchi saboq olmoqda. Boks maktabi 175 o‘ringa mo‘ljallangan, 5−11-sinflarga har yili 25 nafardan o‘quvchi olinadi.
Tojikistonda bo‘lib o‘tgan E-GATE konferensiyasi doirasida Uzum ekotizimi ekspertlari va Uzum Market marketpleysining sotuvchilari 19 ta davlat vakillari bilan E-commerce sohasidagi bilimlari bilan almashishdi.
Fransiya o‘z Konstitutsiyasida abort qilish huquqini mustahkamlab qo‘ygan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi. Asosiy qonunga kiritilgan o‘zgartirish ko‘pchilik deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Prezident Emmanuel Makron qarorni milliy g‘urur va butun dunyoga signal deb atadi.
Raqobat qo‘mitasi benzin importi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning yettita asosiy muammosini o‘rgandi. Ular orasida temir yo‘l logistikasining qimmatligi, kredit yuklamasining yuqoriligi, majburiy sertifikatlash talabi, katta hajmdagi benzinni saqlash uchun sig‘imlarning yo‘qligi va boshqalar bor.
Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasidagi 22-uyning buzilishi mumkinligi haqidagi xabarlar muhokamalarga sabab bo‘ldi. Tuman va shahar hokimliklari “snos” qarori yo‘qligini ma’lum qildi. Uyda hozircha odamlar yashab turibdi, bo‘shatilgan xonadonlarda esa derazalar demontaj qilinmoqda. Quruvchi kim ekani noma’lum.
O‘zbekistonda 2019-yildan beri Oliy sudning 80 dan ortiq qarori asosida 1000 dan ziyod manbaa taqiqlangan. Ulardagi materiallar diniy aqidaparastlik, ekstremistik va terroristik g‘oyalarini targ‘ib etishga yo‘naltirilgan deb topilgan.
Poytaxtning Yunus Rajabiy mahallasi aholisi, bir yarim yildirki, futbol maydoni va yashil hudud o‘rnida rejalashtirilgan besh qavatli bino qurilishiga qarshi kurashmoqda. Toshkent futbol assotsiatsiyasi bolalar mashg‘ulot o‘tkazadigan joyni saqlab qolishga urindi. Voqealar rivoji — “Gazeta.uz” materialida.
Jahon banki huquqiy sohada gender tenglikka erishish bo‘yicha “Ayollar, biznes va qonun 2024” yillik hisobotini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston beshta ilg‘or o‘zgarishlar qilgan davlatlar qatoriga kirdi. Bunda asosan 2 ko‘rsatkich: “mehnatga haq to‘lash” va “nikoh” doirasidagi holat hisobga olingan.
Toshkent shahridagi 9t-sonli avtobusining chiptachisi yo‘lovchi ayolga jinsiy aloqa qilishni taklif etib, shahvoniy shilqimlik qilib kelgan. Sud hukmiga ko‘ra ayblanuvchi 3 sutkaga qamaldi.
Toshkent viloyatida epitsentri Bo‘stonliq tumani bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 2 ballni tashkil etdi.
O‘zbekistonda 2024-yilgi Navro‘z umumxalq bayramida barcha hududlarda, xususan, “Yangi O‘zbekiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillari tashkil etiladi. Bayram munosabati bilan respublikada umumxalq hasharlari o‘tkaziladi.
Chilonzor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Jamoliddin Xodjimanov Guliston shahri hokimi etib tayinlandi. Shaharning avvali hokimi sog‘lig‘i tufayli lavozimidan ozod etilgandi.
28-fevral kuni Qatar da Uzbekistan Tech Conference bo‘lib o‘tdi. Unda Uzum va Raqamli Texnologiyalar Vaziriligi vakillari O‘zbekistonning raqamli xizmatlar sohasidagi yutuqlari haqida so‘zlab berishdi.
Andijon viloyatida Ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘linmasining sobiq xodimi, tuman prokurori o‘rinbosari va tuman o‘rinbosari pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting