Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol o‘z xavfsizligidan xavotirlanib, impichment ishi bo‘yicha seshanba kuni o‘tadigan birinchi rasmiy sud majlisida qatnashmaydi. Uning advokati prezidentning sudga borishi uchun shaxsiy himoya va xavfsizlik masalasi hal qilinishi kerakligini aytdi.
Paxtachi tumanida 5 kishi tarkibida oltin moddasi bo‘lgan toshlarni kavlab olish uchun shaxtaga tushdi. Ulardan 2 nafari generatordan chiqqan is gazidan zaharlanib voqea joyida halok bo‘ldi.
Kaliforniya shtatida o‘rmon yong‘inlari oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi. 180 mingga yaqin odam o‘z uylarini tark etdi. Aholi punktlari va 12 mingdan ortiq bino yonib ketdi. Yong‘inlardan ko‘rilgan zarar 135−150 mlrd dollarga yetdi. Tabiiy ofatga oid suratlar va yangilangan ma’lumotlar.
Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ga o‘tyapti. Aytishlaricha, yosh futbolchi uchun inglizlar 40 mln yevro to‘laydi. Shu bahona “Gazeta.uz” Husanovning 2024-yil yozida bergan intervyusini eslatadi. Unda Abduqodir qanday qilib “Bunyodkor” o‘rinbosarlari tarkibiga kirolmay, oxiri “Lans”ga o‘tgani haqida so‘z boradi.
“Gazeta.uz” poytaxt ko‘chalarida odamlardan O‘zbekistonda alohida Erkaklar kuni bo‘lishi kerakmi yoki yo‘q, bo‘lsa, uni qaysi sanada nishonlash va qanday sovg‘alar berish mumkinligi haqida fikrlarini so‘radi.
Jismoniy shaxslarning o‘zini o‘zi band qilgan holda taksichilik bilan shug‘ullanishiga doimiy ruxsat beriladi. Boshida bu tartib 2024-yil oxirigacha joriy etilgandi. Taksi bozoridagi agregatorlar faoliyati tartibga solinadi, ularning davlat, haydovchi va yo‘lovchilar oldidagi majburiyati aniq belgilab qo‘yiladi.
“O‘zavtosanoat” o‘qituvchilarga imtiyozli avtokredit bilan avtomobillarni sotishdan bosh tortgani haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi. Kompaniya avtomobil xarid qilish uchun qator banklarda turli mexanizmlar, jumladan, imtiyozli shartlarda joriy etilganini qo‘shimcha qildi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston Ostona-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Tomonlar sayyohlik poyezdlari qatnovi to‘g‘risidagi bitimni imzoladi va ishchi guruh tuzdi.
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharifning fevral oxirida O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda. U tranzit savdosi uchun Karachi portidan foydalanishni taklif qilishi va muhim savdo kelishuvlariga imzo chekishi rejalashtirilgani xabar qilindi.
O‘zbekiston Harbiy sudi Prezident administratsiyasi departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovga suiqasd bo‘yicha jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshladi. Mahkama mutlaqo maxfiy boshlandi, deydi huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov.
Toshkent shahrida tergovga gumonlanuvchi sifatida jalb qilingan shaxsga nisbatan pora evaziga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llamaslik masalasida yordam bermoqchi bo‘lgan tergovchi ushlandi. U va uning sherigi fuqarodan 20 ming AQSh dollari olganlikda gumonlanmoqda.
O‘zbekiston texnologik metallar kombinati va Kolorado konlar maktabi vakillari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Hamkorlikda Texnologik metallar oliy maktabini ham tashkil etib, qo‘shma o‘quv rejalar ishlab chiqish, mutaxassislarni tayyorlash uchun moslashtirilgan dasturlarni joriy etish ko‘zda tutilgan.
2025-yilning yanvar oyi, prognozlarga ko‘ra, yog‘ingarchilik va harorat rejimi bo‘yicha me’yor atrofida o‘tadi. Ammo oyning uchinchi o‘n kunligi sovuqroq kelishi kutilmoqda. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov “Gazeta.uz” uchun yanvar ob-havosi bo‘yicha sharh tayyorladi. Video.
Toshkentda yigirma yildan buyon bo‘sh turgan “Chorsu” mehmonxonasini buzish ishlari boshlandi. Mashhur binoning o‘rnida yangi baland qavatli mehmonxona quriladi. Yevgeniy Sorochin fotoreportaji.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida 2 yoshli qizchaning qornidan 135 dona magnit sharcha chiqarib olindi. Bungacha qayt qildirish yo‘li bilan 14 ta sharcha olingan. Qizchaning ahvoli qoniqarli.
Toshkent metropoliteni to‘rt vagonli yangi 3 ta metro poyezdlariga ega bo‘ldi. Poyezdlar 9−10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, yo‘nalishlarga chiqariladi.
O‘zbekiston prezidenti 13−16-yanvar kunlari BAAga tashrif buyuradi. Shavkat Mirziyoyev u yerda prezident Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon va Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan uchrashuv o‘tkazadi. Shuningdek, “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” xalqaro sammitida ishtirok etadi.
Mashhur futbol jurnalisti Fabritsio Romano “Lans” klubi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov “Manchester Siti” klubiga transfer qilinganini e’lon qildi. O‘zbekistonlik futbolchi APL jamoasiga 40 mln yevroga sotilgan.
Pomidorli qaylada pishgan pishloqli teftellar, frikadelkali zapekanka, lapshali frikadelkalar va boshqa teftel hamda frikadelkalar retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.
Qayta ochilayotgan elektr zapravkalar, qisqa ta’tildan qaytgan prezident, O‘zbekiston pasportining dunyo reytingidagi o‘rni, bolalarni yagona taomnoma bilan ovqatlantirish rejasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting