Arxiv

Keng ko‘lamli hamkorlik: Bokuda “Harakat” xalqaro ko‘chmas mulk sammiti bo‘lib o‘tadi
10 yanvar 2025, 11:00

Keng ko‘lamli hamkorlik: Bokuda “Harakat” xalqaro ko‘chmas mulk sammiti bo‘lib o‘tadi

27−28-fevralda Bokuda bo‘lib o‘tadigan “Harakat” xalqaro ko‘chmas mulk sammitining birinchi spikerlari ma’lum bo‘ldi. Tadbirda Rossiya, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlardan 500 ga yaqin top menejerlar, developerlik kompaniyalari egalari va ko‘chmas mulk ekspertlari ishtirok etadi.

2025-yilda soliqlarda qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
10 yanvar 2025, 10:35

2025-yilda soliqlarda qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?

O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kirdi. Asosiy soliq stavkalari saqlanib qoldi, biroq bir qator mahsulotlar uchun aksiz solig‘i va qat’iy belgilangan soliq stavkalari o‘zgardi. Ayrim soliq imtiyozlari bekor qilindi.

Samarqandda IIB katta tezkor xodimi 10 ming dollar bilan ushlangani aytilmoqda
10 yanvar 2025, 09:39

Samarqandda IIB katta tezkor xodimi 10 ming dollar bilan ushlangani aytilmoqda

Samarqand viloyati IIB katta tezkor xodimi 10 ming dollar bilan ushlangani aytilmoqda. U buning uchun ikki fuqarodan biriga jinoyat ishini tugatib berishni, ikkinchisiga esa uy qamog‘i bilan ozodlikda qoldirishni va’da qilgan.

“Meksika Amerikasi — yomon eshitilmayapti”. Meksika prezidenti Trampga uning uslubida javob qaytardi
10 yanvar 2025, 00:01

“Meksika Amerikasi — yomon eshitilmayapti”. Meksika prezidenti Trampga uning uslubida javob qaytardi

Tramp Meksika ko‘rfazi nomini Amerika ko‘rfazi deya o‘zgartirish kerakligini aytgach, Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum unga javob qaytardi. “Meksika Amerikasi — yomon eshitilmayapti”, — degan prezident hozirgi AQSh hududining bir qismi Meksika bilan birlashtirilgan 1607-yilgi eski xaritaga ishora qildi.

Armiya qo‘mondoni Jozef Aun Livan prezidenti bo‘ldi
9 yanvar 2025, 23:44

Armiya qo‘mondoni Jozef Aun Livan prezidenti bo‘ldi

Armiya bosh qo‘mondoni Jozef Aun ikkinchi turda mamlakat prezidenti lavozimiga saylandi. Uni AQSh va Saudiya Arabistoni qo‘llab-quvvatlaydi, deb yozdi CNN. Reuters bo‘lsa Aunning saylanishi Saudiya Arabistoni ta’sirining mamlakatda qayta tiklanishi va Eron ta’sirining zaiflashishini ko‘rsatishini ta’kidladi.

O‘zbekistonda bolalarga nisbatan uyatsiz harakatlar ba’zan ma’muriy huquqbuzarlik sifatida baholanmoqda — Nemolchi.uz
9 yanvar 2025, 21:16

O‘zbekistonda bolalarga nisbatan uyatsiz harakatlar ba’zan ma’muriy huquqbuzarlik sifatida baholanmoqda — Nemolchi.uz

Agar tergov va sudyalar bolalarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlarni jinsiy zo‘ravonlik ko‘rinishidagi ma’muriy huquqbuzarlik deb hisoblasa, jinoyatni sodir etgan shaxslar jinoiy jazodan qutulib qolishi mumkin, deb yozdi Nemolchi.uz. Faollar Bosh prokuraturadan holatga aralashishni so‘ramoqda.

Human House galereyasi egasi O‘zbekiston kreativ iqtisodiyoti uchun soliq rejimini qayta ko‘rib chiqishni so‘ramoqda
9 yanvar 2025, 20:39

Human House galereyasi egasi O‘zbekiston kreativ iqtisodiyoti uchun soliq rejimini qayta ko‘rib chiqishni so‘ramoqda

Human House galereyasi egasi Lola Sayfining aytishicha, uning O‘zbekistonni xorijliklarga namoyon etuvchi biznesi QQS to‘lashga o‘tish majburiyati tufayli yopilishi mumkin. U Saida Mirziyoyevadan kreativ iqtisodiyot loyihalari uchun soliq rejimini qayta ko‘rib chiqishga ko‘maklashishni so‘radi.

Toshkentda yana ikkita ekobozor quriladi. O‘zi nima u?
9 yanvar 2025, 20:31

Toshkentda yana ikkita ekobozor quriladi. O‘zi nima u?

Toshkentdagi ikkita an’anaviy bozor o‘rnida ekobozorlar qurilishi ma’lum qilindi. “Gazeta.uz” tijoriy ko‘chmas mulk sohasi mutaxassisi va sotuvchilar bilan suhbatlashib, jahon amaliyotida ekobozor nimaligi va O‘zbekistondagi ekobozorlar xalqaro standartlarga qay darajada mosligini o‘rgandi.

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Yevropaning top klublari e’tiborini tortmoqda
9 yanvar 2025, 20:05

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Yevropaning top klublari e’tiborini tortmoqda

O‘zbekiston milliy terma jamoasining 20 yoshli himoyachisi Abduqodir Husanov qishki transferlar oynasida Fransiyaning “Lans” klubini tark etishi mumkin. Unga Yevropaning yetakchi klublari, jumladan, “Manchester Siti” va “Real” qiziqish bildirmoqda. Ingliz klubi bilan muzokaralar hal qiluvchi bosqichda.

O‘zbekistonda uy-joy qurilishi jarayonida avtoturargohlar tashkil etish majburiy bo‘lishi mumkin
9 yanvar 2025, 19:23

O‘zbekistonda uy-joy qurilishi jarayonida avtoturargohlar tashkil etish majburiy bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda turar joy binolarini loyihalash va qurishda yerusti yoki yerosti to‘xtash joylari tashkil etishni majburiy qilish taklif qilinmoqda. Shuningdek, uy-joylarni bazalt materiallari bilan qoplash va uglerod oksidi signalizatori bilan jihozlash rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston aholisining raqamli savodxonlik darajasi tadqiq qilinadi
9 yanvar 2025, 18:39

O‘zbekiston aholisining raqamli savodxonlik darajasi tadqiq qilinadi

O‘zbekiston aholisining raqamli savodxonlik darajasi tadqiqot qilinadi. Ushbu maqsadlar uchun Shveysariya hamkorlik va taraqqiyot agentligi tomonidan 2 mlrd so‘mlik grant mablag‘i ajratildi.

Gulbahor Izentayeva yana Savitskiy nomidagi muzey rahbari etib tayinlandi
9 yanvar 2025, 16:49

Gulbahor Izentayeva yana Savitskiy nomidagi muzey rahbari etib tayinlandi

2017−2020-yillarda Savitskiy nomidagi muzeyni boshqargan Gulbahor Izentayeva yana muassasa rahbari etib tayinlandi. Sobiq direktor Tigran Mkrtichevning shartnomasi o‘tgan yilning dekabr oyida yakunlangandi.

Yaponiya O‘zbekistondagi shifoxonalarni 215 ming dollarlik tibbiy uskunalar bilan ta’minlaydi
9 yanvar 2025, 16:12

Yaponiya O‘zbekistondagi shifoxonalarni 215 ming dollarlik tibbiy uskunalar bilan ta’minlaydi

Yaponiya hukumati O‘zbekistondagi shifoxonalar uchun tibbiy uskunalar to‘plamini xarid qilish bo‘yicha 215 ming dollarlik grantlar ajratdi. Jihozlar bolalar onkologiya markazi, perinatal markaz va shoshilinch tibbiy yordam markazining Buxoro filiali uchun olinadi.

“Ochiq budjet” doirasida o‘tkaziladigan jarayonlar taqvimi e’lon qilindi
9 yanvar 2025, 15:53

“Ochiq budjet” doirasida o‘tkaziladigan jarayonlar taqvimi e’lon qilindi

2025-yil uchun “Ochiq budjet” portalida jamoatchilik ishtirokida o‘tkaziladigan loyihalar taqvimi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, “Tashabbusli budjet” g‘oliblari Navro‘z va Mustaqillik bayramlarida e’lon qilinadi.

Qamchiq dovonida ikki kishi qor uyumi ostida qolib halok bo‘ldi
9 yanvar 2025, 15:32

Qamchiq dovonida ikki kishi qor uyumi ostida qolib halok bo‘ldi

Qamchiq dovonida 31 yoshli sayyoh selfiga tushish uchun taqiqlangan hududga kirib, pastga sirpanib ketdi. Biroq unga yordam bermoqchi bo‘lgan sherigi bilan qor uyumi ostida qolib, halok bo‘ldi.

O‘tgan dekabr sovuq va bulutli bo‘ldi — O‘zgidromet
9 yanvar 2025, 15:09

O‘tgan dekabr sovuq va bulutli bo‘ldi — O‘zgidromet

2024-yilning dekabr oyi O‘zbekistonda bulutli kunlari ko‘p bo‘lgan quruq va sovuq oy bo‘ldi. Sovuq havoning eng yuqori cho‘qqisida harorat kechalari -8−13 darajagacha tushdi, yog‘ingarchilik esa oylik me’yorning 70 foizidan kamroq bo‘ldi.

O‘zbekistonda 2027-yildan plastik paketlar taqiqlanishi mumkin
9 yanvar 2025, 14:38

O‘zbekistonda 2027-yildan plastik paketlar taqiqlanishi mumkin

O‘zbekistonda 2027-yildan polietilen paketlarni ishlab chiqarish, olib kirish va ulardan foydalanishni taqiqlash taklif qilinmoqda. Plastik qadoqdagi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilardan ularni yig‘ish va utilizatsiya qilish uchun maxsus joylarni talab qilish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda 2028-yilgacha ov qilishga moratoriy joriy qilinishi mumkin
9 yanvar 2025, 14:34

O‘zbekistonda 2028-yilgacha ov qilishga moratoriy joriy qilinishi mumkin

O‘zbekistonda 2025-yil 1-sentabrdan 2028-yil 1-yanvarga qadar ov qilishga moratoriy joriy qilinishi rejalashtirilmoqda. Ovchilarga muqobil mashg‘ulot sifatida o‘q otish sportiga ixtisoslashtirilgan poligonlarda xizmat ko‘rsatiladi. Bular 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan.

Rossiyaning Zaporojega bergan zarbasi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi
9 yanvar 2025, 14:31

Rossiyaning Zaporojega bergan zarbasi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi

Zaporojega Rossiya qo‘shinlari tomonidan qilingan havo hujumi oqibatida 10 dan ortiq odam halok bo‘ldi, 113 kishi jarohat oldi. Ukraina rasmiylariga ko‘ra, shaharga ikkita aviabomba tashlangan.

Armaniston hukumati YeIga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi
9 yanvar 2025, 12:51

Armaniston hukumati YeIga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

Armaniston hukumati Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish jarayonini boshlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Endi hujjat parlamentga yuboriladi. Bosh vazir Nikol Pashinyan bunday qaror faqat umumxalq referendumi orqali qabul qilinishi mumkinligini aytdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting